APKOSUL kapsula
TTA talabasi
Mallayev Ulmas

Narxi -- 100 donasi 22 000 so'm .
#Apkosul kapsula
#Апкосул капсула
💊DORI SHAKLI : kapsula
💊TARKIBI : 👇
Tabiiy tarkibga ega va qo'shimcha magniy stearat, laktoza, sellyuloza , kremniy dioksid kabi tarkibga ega.
Asosiy ta'sir etuvchi moddalar tabiat o'simliklaridan olingan tabiiy mahsulotlar hisoblanadi.
💊TA'SIRIGA KO'RA 👇
Gepatotrop preparati. Jigar faoliyatini yaxshilab , jigar hujayralarini himoya qiluvchi vosita.
💊QO'LLANILISHI 👇
-- Jigar faoliyati buzilganda , buzilgan faoliyatni normallashtiruvchi vosita.
-- Jigar hujayralarini himoya qilib , jigarning tiklanish xususiyatini oshiradi.
-- Gepatotsit hujayralarning faoliyatini oshiradi.
-- Jigarning yog'li infiltratsiya bilan to'yinishini kamaytiradi.
-- Ishtahani ochadi va jigar modda almashinuvini normallashtiradi.
-- Jigar sirrozida yordamchi preparat sifatida qo'llaniladi.
-- Gepatitdan keyingi reabilitatsiya holatlarida.
-- Antibiotiklar bilan davolangandan keyingi holatlarda qabul qilish mumkin.
-- Jigar bilan bog'liq bo'lgan tana vazni pasayib ketish xolatlarida qabul qilinadi.
💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇
1 - 2 kapsuladan kuniga 2 - 3 mahal ovqatlanishdan keyin qabul qilinadi.
🚫NOJO'YA TA'SIRI 👇
Allergik reaksiya berishi mumkin.
Preparat tarkibi tabiiy bo'lganligi sabab nojo'ya ta'siri kam.
❌QO'LLASH MUMKINMAS HOLATLAR 👇
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- 10 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
-- Homilador va emizikli davrda mumkin emas.
💉Qo'llash -- retsept bilan.
💉Ishlab chiqaruvchi -- Hindiston.