API nima!
https://t.me/iteachstudyAPI abbereviaturasi "Application Programming Interface" so'zlarining bosh harflaridan olingan bo'lib, dasturlarni dasturlash interfeysi yoki dastularni dasturiy interfeysi deb tarjima qilinadi. Ko'plab katta kompaniyalar ma'lum darajaga yetishganda, o'z mijozlari yoki kompaniya ichida qo'lanilishi uchun, API yaratishadi. API'ni dastur yaratishda yoki biznesda qanday qo'llanilishi tushunish uchun avvalo "butunjahon o'rgimchak to'ri" qanday ishlashi bilan tanishib chiqish kerak bo'ladi.
Butunjahon o'rgimchak to'ri va uzoqdagi(boshqa joydagi) serverlar
WWW'ni bir-biri bilan bog'langan, serverlarning katta tarmog'i sifatida tasavvur qilish mumkin va ularda har bitta sahifa saqlanadi. Oddiy noutbukni tarmoqda butun bir sayt ishlashini ta'minlaydigan serverga aylantirish ham mumkin. Lokal serverlar esa, dasturchilarga ular sayt yaratishlari uchun vaqtincha server vazifasini bajarishi mumkin. Brauzerning manzil qatorida www.facebook.com yozilganda, boshqa joydagi facebook serveriga kerakli so'rov yuboriladi. Brauzer serverdan javob olish bilanoq u kodni interpretatsiya qiladi("chizadi") va foydalanuvchiga sahifani ko'rsatadi.
Foydalanuvchi har gal tarmoqdagi qaysidir sahifaga tashrif buyurganda u boshqa joydagi server API'si bilan bog'lanadi. API - serverning asosiy qismi bo'lib, u so'rovlar qabul qiladi va ularga javoblar qaytaradi.
API - mijozlarga xizmat ko'rsatish usuli
Ko'plab kompaniyalar API'ni tayyor mahsulot sifatida taqdim etishadi. Masalan, Weather Underground metereologik ma'lumotlar olish uchun API sotadi.
Google Kalendarning API'sini tarmoqdagi boshqa serverlarning API'sidan qanday farqi bor?
Bu savolga texnik yondashadigan bo'lsak, so'rov va javobning formatida. Brauzer butun web sahifani generatsiya qilish uchun javobni HTML ifodalash tilida kutadi. Google Kalendarning API'si esa ma'lumotlarni JSON formatda qaytaradi.
Agar API'ga so'rovni kompaniyasi veb sayti serveri yuborsa, kompaniya serveri mijoz bo'ladi(huddi foydalanuvchi saytni tashrif buyurganda brauzer mijoz bo'lgani kabi).
API yordamida faydalanuvchi saytni tark etmagan holda har xil harakatlar qilish imkoniga ega bo'ladi.