APELSIN
t.me/ykfoundation
Apelsinning ahamiyati: Ser suv, xushbo‘y, qimmatbaho meva-lari butun dunyoga mashhur. Apelsin mevasi tarkibida 6-8 foiz shakar, 1,0-1,4 foiz turli kis-lotalar, 1,0 foizgacha pektin mod-dalar. 60-100 mg/% C vitamini, ma’lum miqdorda A, V1, V2, RR vitaminlar bor. Po‘sti qalin va sharbati kislotali bo‘lganligidan tarkibidagi vitaminlar yaxshi saqlanadi. Apelsin juda qadimdan eng yaxshi desert mevalardan biri hisoblanadi. Apelsin mevalarining ta’m sifatlari - qand va kislotaning uyg‘unligi, kuchli xushbo‘y hidi uni faqatgina sitruslar orasida emas, balki boshka barcha mevalar oldida ham birinchi o‘rinlardan biriga ko‘yadi.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlari:Suxumi, Gamlin, Per-venets va.h.k.
Ekish sxemasi: Apelsin to‘g‘ri burchakli sxemada 4x2-2,5 va shaxmat tartibida ekilganda 3x2-2,5 m sxemada ekiladi.
Tuproqqa ishlov berish: Tuproqni tayyorlashga sarflanadigan mehnat va moddiy xarajatlar ko‘p jihatdan issiqxona maydonining to‘g‘ri tanlanganligi, tuproqning mexanik tarkibi va fizik xususi-yatlari, unumdorligi va rN muhiti, sizot suvlarining joylashuvi va boshqa omillarga bog‘liq.
Agar issiqxona avvaldan foydalanilib kelinayotgan bo‘lsa, yer dastlab o‘tmishdosh ekin va boshqa qoldiqlardan puxta tozalana-di. Maydonni puxta tekislab olish sitrus ko‘chatlarini o‘tqazishdan oldin bajariladigan muhim tadbirlardandir. Maydon tekislangach,
tuproq unumdorligiga bog‘liq ravishda organo-mineral o‘g‘itlar so-linadi va 30-45 sm chuqurlikda shudgorlanadi.
O‘g‘itlar chuqurcha tubidagi tuproq bilan yaxshilab aralash tiriladi. O‘simlik ildizi mineral o‘g‘itlarga bevosita tegib qolmasligi (bunda ildiz kuyib qolishi mumkin) uchun aralashma ustiga yupqa qatlam toza tuproq sepilib, uning ustiga ko‘chat joylashtiriladi va ildiz atrofi issiqxonaning unumdor tuprog‘i bilan to‘ldiriladi
Ko‘chatlarni ekish: Apelsin ko‘chatlarini ekish chuqurligiga jiddiy e’tibor berish talab etiladi. Uyaning keyinchalik cho‘kishi-ni hisobga olgan holda ekilgan ko‘chatlarning ildiz bo‘gzi tuproq sathidan 2-3 sm yuqorida turishi lozim. Ko‘chat o‘tqazish paytida har qaysi chuqurga yana 10-15 kg chirigan go‘ng, 100-150 g super-fosfat va 50 g dan kaliy o‘g‘itlari solinadi. Ekishdan so‘ng sugorish o‘tkaziladi, sug‘orish me’yori har bir o‘simlik uchun 10 l dan kam emas. Namlikning o‘simliklar tomonidan bug‘lantirib yuborilishi-ni kamaytirish va ko‘chatlarning yaxshi tutib ketishini ta’minlash uchun ularning 1/3 uzunligi kirqib tashlanadi.
Ko‘chatlar o‘tqazilgandan keyingi dastlabki yillarda o‘g‘itlar ko‘chat atrofiga, to‘rt yoshidan boshlab o‘simlik tanasidan 15 sm masofada qatorning har ikki tomonidan 1 m kenglikdagi polosa bo‘ylab beriladi. Daraxtlar 7-8 yoshga yetganda ularning umumiy rivojlanish hajmiga bog‘liq ravishda o‘g‘itlar qator oralig‘ining bu-tun erkin kengligi bo‘ylab beriladi.
Parvarishlash: O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida apelsin uch marta o‘sadi. O‘suv davri mart oxiri - aprelda boshlanadi va ob-havo sharoitlariga bog‘liq ravishda 195-210 kungacha davom etadi.
Payvandtag sifatida apelsin uchun trifoliatadan, toshloq yerlar-da bigaradiyadan, yengil tuproqlarda apelsin urug‘ko‘chatlaridan, tuvak va oranjereyalarda apelsin va limon urug‘ko‘chaglaridan foydalaniladi. Payvand qilingan ko‘chatlar ekilgandan so‘ng 3-4-yili hosilga kiradi. Har yili hosil beradi, hosildorligi sharoit yaxshi kelgan yillarda 20—25 t/ga gacha.
Usish davrida (dastlabki 3 yil) asosiy e’tibor daraxtlarnish mu-vaffaqiyatli o‘sish asosi sifatida kuchli assimilyasion yuzani hosil qilishga qaratiladi. To‘rtinchi yildan boshlab shox-shabbasini shakl lantirishda ortiqcha bo‘lgan (kesishgan, tana markazini soyalovchi) shoxlar kesib gashlanadi. Qoldirilgan har bir skelet shoxning o‘si-shi uchun erkin bo‘shliq mavjud bo‘lishi lozim. Boshqa adabiyot-larda esa shakl berishni to‘rtinchi yilga qoldirmaslik va uni har yili o‘tkazib, keraksiz shoxlarni qirqish yoki qisqartirib turish lozimligi ta’kidlanadi. O‘sish va hosil berish davrida (5-10 yil) ham qirqish gana va skelet shoxlardagi g‘ovlab o‘suvchi novdalarni qirqib tur-ish bilan cheklanadi. Mazkur tadbir har yili aprel-mayda o‘tkazila-di, u shox-shabbaning qalinlashib ketishi va ozuqa moddalarnish ortiqcha sarflanishiga barham beradi.
Hosilni yig‘ib terib olish: Apelsin sifatining standartlari quyi dagi qator ko‘rsatkichlarga tayanadi: mevaning rangi, uning ser-suvligi, sharbati tarkibida eruvchan quruq moddalar va kislotalar mikdori hamda ularning o‘zaro nisbati. Mazkur talablarga javob bermaydigan mevalar sotish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Hosilni kech yig‘ib olish keyingi yilgi hosildorlikni pasaytiri-shi hamda msva berishdagi davriylikni kuchaytirib yuborishi ham mumkin.
Mevalar maxsus meva qirquvchi qaychilarda aynan gulkosa-ga taqab kesiladi, chunki bandi bilan uzilgan mevalar yashik yoki boshqa idishlarga joylanganda qo‘shni mevalarning po‘stini teshib yuborishi mumkin. Uzilgan mevalar maxsus xalta va chelaklarga solinadi, so‘ngra qadoqlash punktida ehtiyotkorlik bilan yashiklar-ga yoki qutilarga teriladi.
Iqtisodiy samaradorligi:Apelsin10 sotix issiqxonaga 4x2 m sxemada ekiladigan bo‘lsa, 125 dona ko‘chat ketadi. 125 dona ko‘chatimiz 3-5 yildan so‘ng hosilga kirib, 1 dona apelsin darax-tidan o‘rtacha naviga qarab 25 kg hosil olinadigan bo‘lsa, jami 3125 kg hosil olishimiz mumkin. 3125 kg apelsinni o‘rtacha 20 000 so‘mdan sotadigan bo‘lsak, 62 500 000 so‘m daromad kel tiradi. Issiqxona qurish va issiqxonadagi haroratni bir me’yorda ushlab turish katta xarajat talab etadi. O‘zbekiston Respublikasiga chet davlatlardan kirib kelayotgan apelsin mevalari tannarxi arzon shuning uchun iqtisodiy tomondan samaradorligi past hisoblanadi.