ANKOSLink anjumani davom etmoqda
https://t.me/natlibuz"Turkiya Respublikasi kutubxonalarining 100 yillik yubileyi” doirasidagi ANKOSLink 2023 konferensiyasida ko’plab xalqaro xorijiy bazalarning ekspertlari o’zlarining ko’rgazmalari hamda xizmatlarini namoyish etmoqdalar. Unda EBSCO information services, JSTOR, SPRINGER Nature, IEEE explore, ELSEVIER, WILEY, IOP Publishing, DE Gryuter kabi yirik agregator kompaniya vakillari tomonidan taklif etilayotgan elektron kutubxona xizmatlari, shuningdek, ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish, obuna bo’lish shartlari kabi masalalarda suhbatlar olib borilmoqda.
Yana bir alohida ta’kidlash mumkin bo’lgan asosiy voqealardan biri bu bugun 22-noyabr kuni soat 14:30 da ANKOSLink prezidenti ISMAIL CATINKAYA va EIFL xalqaro konsortsiumi doirasida hamkorlik qilayotgan Davlatlar kutubxonalaridan tashrif buyurgan litsenzion koordinatorlar ishtirokida tahliliy hisobot bo’lishi rejalashtirilgan. Hisobotda tahlil qilingan ma’lumotlar asosida kelgusida konsortsiumni yanada rivojlantirish, EIFL konsortsiumi doirasidagi 10 dan ortiq elektron bazalardan foydalanuvchi universitetlar, ta’lim markazlar sonini ko’paytirish va ularga ko’rsatiladigan elektron bazalar xizmatlari sifatini yuqoriga ko’tarish maqsad qilingan.









