AMERIKADA TA'LIM

AMERIKADA TA'LIM

@yourchanceuz

Amerika - dunyoda eng ko’p xalqaro talabalarni o’ziga jalb etadigan davlatlardan biri. Qariyb 1 million 100 ming xorijlik student bu yurtda tahsil olmoqda. AQShning Toshkentdagi elchixonasi bergan ma'lumotlarga ko’ra, ayni paytda 570 nafar o’zbekistonlik talaba Amerikada o’qiyotgan ekan, aslida bundan-da ko’p bo’lishi ham mumkin.

Amerika ta'lim tizimi xalqaro talabalar uchun keng tanlov imkoniyatlarini taklif etadi. Shunday maktablar, dasturlar va joylar mavjudki, ular hatto Amerika fuqarolarini ham hayratda qoldiradi.

Amerika ta'lim tizimi ancha erkin.

O'zbekistonda siz o'qituvchining doskaga nima yozganini o'qiysiz, daftarga ko'chirasiz. Amerikada siz mavzu doirasidagi muammolarni muhokama qilasiz, fikrlashga ko'proq e'tibor qaratasiz. Universitetda litsey/kollej/11 yillik maktabdan so'ng o'qiyotgan talaba bakalavr darajasini qo'lga kiritish uchun tahsil oladi. Odatda bakalavr darajasini olish uchun to'rt yil ketadi.

Amerikalik bitiruvchilar 500 dan ortiq oliy ta'lim muassasalarini o'z ichiga oladigan va barchasiga yagona tizim orqali topshirishga yordam beradigan Common App dan foydalanadilar: https://apply.commonapp.org/login

Bu sayt orqali deyarli barcha AQSh universitetlari talab qiladigan "Personal statement essay" topshirishingiz, TOEFL va SAT test natijalarini yuklab, barcha o'zingiz xohlagan universitetlarga 1ta tugmachani bosish orqali jo'natishingiz mumkin.

Sizning birinchi ikki yillik o'qishingiz, odatda, umumiy kurslar deb nomlanuvchi turli fanlar (adabiyot, ilm-fan, ijtimoiy fanlar, san'at, tarix va hokazolar) bo'yicha keng qamrovli mashg'ulotlarni o'z ichiga oladi. Shunday qilib, siz ma'lum bir ta'lim sohasini tanlashdan oldin turli xil fanlardan umumiy bilim, asosga ega bo'lasiz. Bu orqali siz kelajakdagi sohangizni tanlashda aniq to'xtamga kelishingiz, nimani chin dildan xohlaysiz-u, nima o'tkinchi qiziqish ekanligini anglab yetishingiz mumkin.

Ko'plab talabalar dastlabki ikki yillik shartli kurslarni tugatish uchun jamoat kolleji(https://www.internationalstudent.com/study_usa/community-colleges/what-is/)da o'qishni tanlaydilar. Ular biror fanni tanlab, 2 yil davomida o'sha fanning nomzodi ilmiy darajasiga ega bo'ladilar va keyin to'rt yillik universitet o'tadilar.

Odatda bunday kollejlar oddiy oliy ta'lim muassasalaridan ancha arzon bo'ladi. Masalan, oddiy bir universitet $30 000 bo'lsa, bu jamoat kolleji Amerikaliklar uchun $7000, chet elliklar uchun $14 000 bo'lishi mumkin.

Bunday kollejlarda asosan qiyin ahvoldagi oilalar tahsil olishadi.

“Mutaxassislik” - bu sizning ilmiy sohangizga yo'naltirilgan aniq o'qish yo'nalishidir. Masalan, agar biror kishining ixtisosligi jurnalistikasi bo'lsa, 4 yillik ta'lim orqali u kishi jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida bakalavr unvoniga ega bo'ladi. Mutaxassislikning talablariga javob berish uchun sizdan ushbu sohada ma'lum miqdordagi kurslarni o'tash talab qilinadi.

Uchinchi o'quv yilining boshida siz mutaxassisligingizni tanlashingiz kerak bo'ladi. Biznes administratsiyasi (Business Administration) sohasida har xil mutaxassisliklar bor: marketing, xalqaro biznes, tadbirkorlik, inson omillarini boshqarish va hokazo.

Amerika oliy ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyati shundaki, agar xohlasangiz, mutaxassisligingizni bir necha bor o'zgartirishingiz mumkin.

Amerikalik talabalar uchun bakalavr ta'limi paytida mutaxassisliklarni almashtirish odatiy holdir. Ko'pincha talabalar o'qish va o'rganish davomida o'zlari yoqtiradigan boshqa sohani kashf etadilar. Kimdir doktor bo'lishni xohlab shu sohani boshlasa-yu, keyin injiner bo'lishga qiziqib qolsa, buni hech yomon tarafi yo'q. Student mutaxassislikni o'zgartirish uchun kerakli hujjatlarni tayyorlab topshiradi va keyingi semestrdan o'ziga yoqadigan yo'nalishda tahsil oladi.

Amerika ta'lim tizimi juda moslashuvchan.

Shuni yodda tutish kerakki, mutaxassisliklarni almashtirish yanada ko'proq kurslarni o'qishga olib kelishi mumkin, bu ko'proq vaqt va pul demakdir. Ayrim o'zbeklar Amerikada ko'proq qolish, yaxshiroq oylik olish maqsadida mutaxassisliklarini tez-tez o'zgartirishga urinadilar, ammo bu hol qayta qayta takrorlanavergach, ularda ham shubha uyg'onishi mumkin.

Amerikada qonunlarga qattiq rioya qilinadi.

Birovga sal qattiq gapirish, so'kinish, qo'l ko'tarish jinoyat hisoblanadi. Odatda o'zbek oilalar Amerikaga borganlaridan keyin ham bu qoidalarni unutib, o'sha yerda ozgina jahlini chiqarganlarga ham qo'l ko'tarishadi. Bunday holatlarga guvoh bo'lgan fuqarolar istalgan payt xavfsizlik xizmatlari hodimlari bilan bog'lanishadi va agressiv odamlar o'zini sudma-sud yurganini anglab yetishadi.

Amerikada o'qishni istasangiz, avvalo sohangizni yaxshi o'rganib chiqing.

Universitetga 100% grant asosida kirib, elchixonadan viza ololmay sarson bo'lganlar qancha...

Universitetingiz qayerda joylashgan? Qaysi shtatda? U shtatga qo'shni shtatlar qaysilar? Siz nega aynan shu universitetni tanladingiz? Bundan tashqari yana qaysi universitetlarga topshirgansiz? Nima uchun? Qachon qaytib kelmoqchisiz?

Elchixonadagi barcha berilishi mumkin bo'lgan savollarga o'zingizni tayyorlang va eng asosiysi, vizaga kirganda o'zingizga ishoning va o'zingizni erkin tuting. Ularda "Amerika konsulini oldida o'zini yo'qotib qo'yadigan inson - Amerikada qiynalib qoladi", degan fikrni uyg'onishiga yo'l qo'ymang!

Sizlar bilan, Your Chance jamoasi! Bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring!

@yourchanceuz

Telegram: https://t.me/joinchat/AAAAAE95nP8wQHlpzWEL4g

Facebook: https://m.facebook.com/Your-Chance-Sening-Imkoniyating-110415927102952/

Instagram:

https://www.instagram.com/yourchance.uz/

Report Page