AMERIKA va CANADAdagi ORZULAR

AMERIKA va CANADAdagi ORZULAR

@StudyServiceUZ

Amerika qit’asi 16-asrdan beri o’ziga ko’plab odamlarni jalb qilib keladi. Aynan yevropa davlatlari (xususan Angliya, Portugaliya, Ispaniya davlatlari) bu yangi qit’ani tezroq egallash va ko’proq boylikka ega bo’lish ilinjida bo’lishgan. Buning natijasi biz bugungi kunga kelib Amerika qit’asida ingliz, ispan, portugal va qisman fransuz tillari asosiy davlat tili deb hisoblanadi. Ko’pchilik Amerika qit’asiga “ummon ortidagi jannat” sifatini berishadi. Buning asosiy sababi esa qisqa muddat ichida katta miqdordagi daromad topish bilan izohlanadi.



Amerika qit’asifa Kanada va AQSh iqitisodiy jihatdan o’zining ajralmas o’rniga ega. O’z o’zidan bu ikki davlatda ishlaydigan ishchilarning oladigan daromadi ham sezilarli miqdorda.

AQSh statistikasi ko’ra bitta ishchining yillik o’rtacha daromadi $44.564 hisoblanadi. Haftasiga 5kun va 8soatdan ishlash orqali har hafta $857 dan daromad olish mumkin(AQShda oylik maoshlar haftalik to’lanadi).

Qiziqmi?

AQShda bo’lib qolishni orzu qilmoqdamisiz? Ozgina shoshmang.

Yana bir statistikaga e’tibor bering. (2017-yil statistikasi keltirilgan. 2018-yil hali tugamaganligi sababli 2018-yil uchun statistika mavjud emas)

1.    No high school degree(Yuqori maktab ta’limiga ya’ni kollej diplomiga ega bo’lmaganlar) yillik daromadi $27.612

2.    High school degree(Yuqori maktab ta’limiga ya’ni kollej diplomiga ega bo’lganlar) yillik daromadi $37.128

3.    Bachelor’s degree (Bakalavrlik darajasiga ega bo’lganlar) yillik daromadi $66.456

4.    Advanced degree(Magistratura darajadiga ega bo’lganlar) yillik daromadi $77.324


Statistikadan shu narsa ko’rinib turibdiki bakalavrlik darajasiga ega bo’la turib AQShda o’rtacha miqdorda $66.456 daromad qilsa bo’ladi. Magistrlik darajasi bo’lsa esa juda ham zo’r natijaga erisha olasiz.

AQSh davlatidagi O’zbekiston fuqarolari soni ko’pmi?

O’zbekiston Respublikasi iqtisodi, salohiyati, jahon maydonidagi ta’siri brogan sari ortib bormoqda. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida siz albatta o’zbeklarni uchratasiz. AQSh ko’chalarini kezganingizda siz albatta biror bir hamyurtimizni uchratasiz.


Hozirgi statistikaga ko’ra AQShda istiqomat qilayotgan o’zbeklar (O’zbekiston fuqarosi bo’lganlar) soni 54.000kishini tashkil qiladi.

        AQShda yasahyotgan hamyurtlarimiz doim o’z tili madaniyati dunyoqarashi va urf odatlari bilan ajralib turishadi. Ular doimo o’zbekliklarini yodlarida saqlashadi. Hattoki AQShda o’tkaziladigan to’y marosimlarida ham yor – yor ohanglarini eshitishingiz mumkin. Inkor etishga shoshilmang: Quyidagi videolarni tomosha qiling. Keyin esa suhbatimizni yana davom ettiramiz!



Qanday qilib AQSh vizasini shuncha kishi qo’lga kiritdi ???

O’zbekiston fuqarolari asosan quyidagi yo’llar orqali AQShga tashrif buyurishadi:

-        Biznes sayohat: Katta nufuzga ega bo’lgan tashkilotlar rasmiy xodimi sifatida xizmat safarlari

-        Yevropa va Osiyoning rivojlangan va shu jumladan AQSh bilan diplomatik aloqalari ancha mustahkam davlatlardan shartnoma asosida

-        Green Card lotoreyasi yordamida

-        Bakalavrlik va magistratura o’qishi uchun talaba viza orqali AQShga tashrif buyurish


Birinchi va ikkinchi yo’llar ko’pchilik uchun muammo hisoblanadi. Chunki nufuzli kompaniyada ishlash yoki rivojlangan yetakchi davlatga borish oson ish emas.


3 – usul sifatida ko’rsatilgan Green Card lotoreyasiga alohida to’xtalib o’tamiz


Green Card lotoreyasi har yil dunyo bo’ylab o’ynaladigan o’yin hisoblanadi. Yutgan ishtirokchilar bemalol AQSh elchixonasidan viza olishi mumkin. 2018-yilgi e’lon qilingan o’yin natijalariga ko’ra O’zbekistonning 4.500 atrofidagi fuqarosi AQShga borish imkoniga ega bo’ldi. Bu ko’rsatkich juda ham yuqori hisoblanadi. Albatta ularni tabriklab qolamiz.

Green Card lotoreyasi sharti juda ham oson: Anketa to’ldirasiz, Rasm topshirasiz, Natijasini kutasiz. Green Card lotoreyasida g’olib bo’lgan ishtirokchilar kerakli hujjatlarni elchixonaga taqdim etish orqali visage ega bo’ladilar.

(Ma’lumot sifatida: ISS Agency kompaniyasi Green Card o’yiniga sizni mutlaqo bepul a’zo qiladi. Ofisga kelasiz, anketa to’ldirasiz, rasm topshirasiz va siz Green Card lotoreyasida qatnashish imkoniyatiga ega bo’lasiz.)



AQShga borishning yana bir imkoni bu talaba sifatida tashrif buyurish. Bu usul ham ancha samarali yo’l hisoblandi. AQShda jahonning yetakchi universitetlari joylashgan. Dunyoning eng yetakchi dastlabki 30ta universitetidan 20tasi aynan AQSHfa joylashgan(Statistikaga ko’ra). Demak AQShda nafaqat pul ishlash balki yetarlicha bilim ko’nikmalarga ega bo’lish ham mumkin ekan. Kuchli universitetlar ta’limini o’rganib yurtimizda qo’llash, bu juda ham samarali hisoblanadi. Bu millatimiz taraqqiyotiga o’zining sezilarli hissasini qo’shadi

AQSHda ta’lim 3 qismga bo‘linadi: boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim. Ular ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: davlat va xususiy ta’lim muassasalari. Massachusets shtati Oliy ta’lim departamenti aynan davlat ta’lim muassasalarini boshqarish, ta’lim tizimi uchun strategik rejalar tuzishda yordam beradi.

Shtatda jami 29 ta davlat ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib (maktablar bunga kirmaydi), ularning 15 tasi kommuniti kolleji, 9 tasi davlat universiteti va 5 tasi tadqiqot instituti hisoblanadi.

Massachusetsda AQSHdagi eng yirik va kuchli universitetlar joylashgan bo‘lib, Amerikaning ta’lim poytaxti hisoblanadi. Massachusets shtatining bog‘cha ta’limidan 12 yoshgacha bo‘lgan ta’limi nafaqat AQSH, balki butun dunyodagi eng yaxshi ta’lim tizimlaridan biri hisoblanadi. Nima uchun shunday, desak, geografik jihatdan Massachusets Amerika tarixida birinchi bo‘lib kashf etilgan shtatlardan biri hisoblanadi. Amerikaning mamlakat sifatida taraqqiy etishi shu shtatdan boshlangan. Shtatda har doim ilm-fanni juda qadrli deb bilishgan.

Xususiy universitetmi yoki davlat?

Massachusets shtati asosan xususiy ta’limi bilan butun dunyoga mashhur. Massachusets texnologiyalar instituti, Harvard universiteti — xususiy OTMlardir. Davlat ta’limini unchalik mashhur deb bo‘lmaydi. Biroq shtatda ham xususiy, ham davlat ta’lim muassasalari kuchli hisoblanadi. Massachusetsliklarning ko‘pchiligi esa davlat ta’lim muassasalariga borishni qulay deb hisoblashadi. Chunki ularda o‘qish nisbatan arzonga tushadi. Shu bois davlat oliy ta’lim muassasalarida 250 mingdan oshiq talabalar tahsil olmoqda.

Xususiy institutlarni esa ko‘proq global ta’lim muassasalari deb ataymiz. Chunki xususiy universitetlarga asosan xalqaro talabalar o‘qish uchun keladi.

 

 

Universitetlar qanday boshqariladi?

Massachusets ta’lim tizimi markazlashmagan. Nyu-York, Viskonsin shtatlarida bir necha ta’lim muassasalari faoliyati bitta kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi. Bizning shtatda esa 29 ta kampus (ta’lim muassasasi) bo‘lsa, 25 ta kengash faoliyat ko‘rsatadi. Deyarli barcha universitetlar o‘z boshqaruv kengashiga ega. Har birining o‘z strategik maqsadlari mavjud.

 

 

To‘lov miqdori qancha?

Xususiy va davlat universitetlarida o‘qish uchun to‘lov miqdorida katta farq bor. 30 ming dollar evaziga davlat universitetida oliy ta’lim darajasini olsa bo‘ladi. Bu summa xususiy universitetlarda bir yillik o‘qish puli bo‘lishi ham mumkin. Ba’zilarida hatto bir yil uchun 50 ming dollar to‘lashadi. Xususiy universitetlar juda ham qimmat.

Shu boisdan hukumat hozirda maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Unga ko‘ra kommuniti kollejlarida o‘qigan talabalar oliy ta’lim muassasalarida bepul o‘qishlari mumkin. Bu moliyaviy ko‘mak dasturi orqali amalga oshiriladi.

 


(Bugungi postni tayyorlash uchun ajratilgan vaqt kamligi sababli suhbatni keyingi e’lon qilinadigan postda davom ettiramiz)

Keyingi postda quyidagilar haqida ma’lumotga ega bo’lasiz

Katta miqdordagi kontrakt to’lovi bilan qanday o’qish mumkin?

AQSh universitetlariga kirish uchun Scholarship dasturlarini yutsa bo’ladimi?

Elchixondan visa olish osonmi?

O’qish davomida nimalarga e’tibor berish kerak?

Kanada davlati haqida

Yangi post e’lon qilinadigan vaqt kanalda e’lon qilinadi.

ISS Agency(telegram kanalimiz @StudyServiceUZ)ni kuzatib boring!








Report Page