AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINIB, GALDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINIB, GALDAGI VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining joriy yilda amalga oshirgan ishlari sarhisobi hamda kelgusi 2024-yildagi rejalari taqdimotiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddi rahbarlari, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbar xodimlari, vazirlik boshqarma boshliqlari, departament boshliqlari hamda agentlikning hududiy bo‘linma vakillari videokanferensaloqa shaklida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Agentlik direktori Ibrohim Ergashev tomonidan joriy yilda 3,2 mln.gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, mevali bog‘-tokzorlar va issiqxonalarda jami 1,7 marotaba (5,7 mln.gektar) fitosanitar dala nazorati o‘tkazilishiga erishilgani va uzagrolab.uz elektron platformasi joriy qilinib, 521 ta agroklaster va fermer xo‘jaliklariga 80 ming gektar maydonlar uchun elektron agrokimyoviy xaritanomalar tayyorlangani va jami 480 ming gektarga yetkazilishi haqida axborot berildi.

Shuningdek, Agentlik tomonidan 6 ta xalqaro hujjat imzolanib tadbirkorlar uchun eksport geofgrafiyasi kengaytirilishiga zamin yaratilishi va agentlikning “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi halqaro Konvensiyaga a’zo davlatlarning “e-Phyto Solutions” axborot tizimiga integratsiya qilinishi hisobiga 80 dan ortiq davlat bilan elektron fitosanitar sertifikat to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi haqida videoslaydlar orqali ma’lumot berib o‘tildi.

Vazir Ibrohim Abdurahmonov yig‘ilish kun tartibida tizim tashkilotlarni integratsiya qilishda agrokimyoviy va tuproq tahlili, pestitsidlardan foydalanish tartibi, biolaboratoriyalar yo‘nalishi, tizimni raqamlashtirish, agromexanika nazorati, jarima va choralar ko‘rish, hududlarlarda o‘simliklar kilinikasini tashkil etish, shaharlardagi o‘simliklar kasalliklariga qarshi kurashda yangi dastur yaratish, eksport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikr-mulohaza va tavsiyalarni berdi.

Yig‘ilish davomida, shuningdek, tizim tashkilotlarining integratsiya jarayonlaridan koʻzlangan maqsadlar, ushbu tizim orqali sohadagi muammolar yechimini ishlab chiqish chora-tadbirlari haqida ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda vazirlik huzuridagi tizim tashkilotlarini integratsiyasini ilm-fan metodikasi bilan o‘zaro bog‘lash natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning yuqori samarodorligini oshirish uchun yangi islohotlar o‘tkazilishi maqsad qilingani aytib o‘tdi.

Shuningdek, vazir qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu integratsiyalashuv jarayonida tizim tashkilotlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozimligi va barcha tashkilotlar tizimini raqamlashtirish lozimligi borasida mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalarini berdi.




Report Page