ALYUMIN KOMPOZIT PANELLAR TAYYORLASH LINIYASI

ALYUMIN KOMPOZIT PANELLAR TAYYORLASH LINIYASI

PX SERVIS

Alyumin kompozit panellar ishlab chiqarish liniyasi yangi, yuqori-texnologik uskuna hisoblanib, alyumin-plastmass plitalar ishlab chiqarishga mo'ljallangan.

Bu liniyada ishlab chiqarilgan alyumin kompozitlar juda yaxshi termoizolyatsiya, olovga chidamlilik, umumiy chidamlilik, oson payvandlash va dekorativlik xossalariga ega bo'ladi.

Liniya kengligi 1220 - 1300mm bo'lgan panellar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Panellar qalinligi 2 - 5 mm;
(Alyumin list - 0,1 - 0,5 mm);
Ishlab chiqarish tezligi - 0,8 - 2,5 m/min;
Energiya sarfi - 410 kVa
Suv sarfi 10 ton/kun
Havo sarfi 1,0 - 1,5 m3/min

Texnologik jarayonlar ketma-ketligi

  1. Rulonni tarqatish
  2. Rulonli qismlarni ulash
  3. Yog'sizlantirish
  4. Yuzani tozalash
  5. Toza suv bilan yuvish
  6. Quritish
  7. Rulonni o'rash

Yuqori qatlamdan turli yog'lar va qoldiqlarni tozalash uchun kislotali yog'sizlantiruvchi, yuvuvchi eritma - Aluetch dan foydalaniladi. Alyumin usti qatlamini yuvish tozalikni ta'minlaydi.

Kimyoviy ishlov berishning keyingi bosqichi Aiodine 5200 aralashmasi bilan yuvish. Bundan keyin alyumin usti qatlami suv bilan yuvib tashlanadi.

Keyingi bosqich qatlam ustini quritish. Quritish temperaturasi 100 darajadan kam bo'lmasligi kerak.

Report Page