AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHIGA START BERILDI

AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHIGA START BERILDI

https://t.me/Xorazm_XTB

 Bugun Urganch shahridagi 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Al-Xorazmiy olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiadaning viloyat bosqichida jami 171 nafar, har bir fan bo‘yicha 2021-yil dekabr oyida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpidasining tuman bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli ta’lim muassasalarining 3 nafardan 7-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Olimpiadada ishtirokchilari matematika, fizika, biologiya, kimyo fanlaridan o‘zaro bellashmoqdalar.

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qahramon Zaripov olimpiadaning amaldagi tartibda, adolatli va shaffof o‘tkazilishi uchun barcha sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidladi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Shundan so'ng boshqarmaning aniq fanlar metodisti Javlonbek Qo‘chqarov ishtirokchilarga olimpiada Nizomlari, yangiliklari haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ota-onalar hamda o'qituvchilarning jarayonlarni kuzatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Olimpiada jarayonlari Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasining rasmiy sahifalarida jonli tarzda efirga uzatilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur bosqichda har bir fan kesimida g'olib bo'lgan 3 nafardan o'quvchilar olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etadi. Shuningdek, olimpiada g'oliblari kelgusida o'tkaziladigan xalqaro matematika musobaqasi (IMC), xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO) da ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasiga nomzod hisoblanadi.

Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga omad yor bo‘lishini tilaymiz.

Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.

 


Report Page