"AL-XORAZMIY" BU QANDAY KOʼCHА?

"AL-XORAZMIY" BU QANDAY KOʼCHА?

Урганч шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати

Shahrimizda ro`y berayotgan har bir o`zgarishlar aholining madaniy va maishiy sharoiti oʻsishi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sayyoh va ishbilarmonlar uchun ham qulayliklarga ega qilinib, Oʻzbekistonda zamonaviy milliy meʼmorchilik anʼanalari, mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda barpo qilinmoqda.

Kuni kecha Urganch shahri "Al-Xorazmiy" ko`chasida bo`ldik. Ushbu ko`chada turli xildagi joylashtirish vositalari va ovqatlanish o`rinlari mavjud. Bu hudud haqiqatdan ham shaharsozlik qurilishing eng mukammal va zamonaviy ko`rinishlarini o`z ichiga olgan. Ushbu ko`chaning bir tomoni Urganch xalqaro aeroporti bilan tutashsa, ikkinchi tomoni Urganch temiryo`l vokzaliga eltadi.

Bundan tashqari ko`chada yo`l ko`rsatkichlar, chet davlatlaridan keltirilgan noyob daraxt va gullar, shuningdek, bir-birini takrorlamas inshoatlar, kutubxonalar, zamonaviy go`zallik salonlari, tibbiy klinikalar, butik va do`konlar mavjud. Ayniqsa, ushbu ko`chaning tungi ko`rinishi insonni o`ziga mahliyo qiladi. 

Turli uslubdagi chiroqlar uyg`unligi nafaqat ko`chalarda balki, binolarda ham ko`rishingiz mumkin. Ushbu ko`chada joylashgan "Al-Xorazmiy" meʼmoriy majmuasi, "Al-Beruniy" meʼmoriy majmuasi, Jaloliddin Manguberdi haykali, Al-Xorazmiy haykali, viloyat musiqali drama teatri, "Avesto" majmuasi va boshqa tarixiy va madaniy binolar obyektlari tunda o`zgacha tusga kiradi.

Xullas, qancha e`tirof etsak shuncha ozdek go`yo. Ming marta eshitgandan bir marta sayohat qiling deymiz!


Урганч шаҳар ҳокимлиги Ахборот хизмати

Report Page