AKSIYANI O‘TKAZISH QISQACHA SHARTLARI: 

AKSIYANI O‘TKAZISH QISQACHA SHARTLARI: 


"Pepsi Maniya" aksiyasida qatnashish uchun quyidagilarni bajarish lozim:

O‘zbekistonda promo-yorliq va promo-qopqoq (sariq rangli) bilan ishlab chiqarilgan, hajmi 0,5 L, 1L va 1,5 L bo‘lgan «Pepsi» savdo belgisiga va/yoki «Pepsi Cherry» savdo belgisiga mansub mahsulotni sotib olish.


1.  Qopqoq ostida 10 belgili kodni topish. 

2.  Kod ko‘rsatilgan SMS-xabarni* 5700** qisqa raqamiga yuborish (yoki kodni www.pepsi.com.uz saytida faollashtirish).

3.  Javob SMS-xabarda www.pepsi.com.uz saytida o‘yinga kirish uchun parolni olish. 

4.  www.pepsi.com.uz saytiga kirish, o‘yinni o‘ynash va o‘yin maydonchasida yutuqlar tasvirlangan 3 ta bir xil katakni topish.

5.  Mobil telefoni, smartfon, televizor yoki avtomobil uchun pul yutib olish.

6.  «Pepsi» savdo belgisiga va/yoki «Pepsi Cherry» savdo belgisiga mansub mahsulotning maxfiy kod aks ettirilgan promo-qopqog‘ini saqlab qo‘yish (faqat superyutuqni yutib olganlar uchun). 


Aksiya haqida batafsil ma’lumotni +99 (871) 200-07-77 telefon raqami orqali yoki www.pepsi.com.uz saytida olishingiz mumkin. 

*SMS-xabar uchun to‘lov undirilmaydi. 

Yutuqlar miqdori cheklangan!



«Pepsi Maniya» PROMO AKSIYASI QOIDALARI


(keyingi o‘rinlarda «Shartlar» deb yuritiladi)


1.    Umumiy qoidalar

1.1. Aksiya nomi: «Pepsi Maniya» (Pepsi Maniya, keyingi o‘rinlarda – «Aksiya»).

1.2. Aksiya rag‘batlantiruvchi lotereya hisoblanmaydi, unda ishtirok etish Qatnashchilar tomonidan to‘lov kiritish bilan bog‘liq emas va tavakkalchilikka asoslanmaydi. 

1.3. Aksiyada qatnashish majburiy emas. 

1.4. Aksiyaning maqsadi: MChJ shaklidagi «International Beverages Tashkent» QK ishlab chiqargan va/yoki sotayotgan mahsulotga potensial xaridorlar e’tiborini tortish, shuningdek ushbu Shartlarning 2-moddasida tavsiflangan «Pepsi» va «Pepsi Cherry» savdo belgisi ostidagi mahsulot (keyingi o‘rinlarda «Pepsi» mahsuloti deb yuritiladi) bo‘yicha sotuvlarni rag‘batlantirish. 

1.5. Aksiyani o‘tkazish umumiy muddati, shu jumladan Yutuqlarni Aksiya G‘oliblariga berish muddati: 2019 yil 07 iyundan 2019 yil 30 sentyabrgacha.

1.5.1.     Kodlarni faollashtirish muddati: 2019 yil 07 iyundan (shu jumladan) 2019 yil 30 sentyabrgacha (keyingi o‘rinlarda «Aksiyani o‘tkazish davri» deb yuritiladi). 

1.5.2.     Aksiyani o‘tkazish muddati Aksiyaning yutuqlar jamg‘armasi bilan cheklanadi. Aksiyaning yutuqlar jamg‘armasi tugaganidan keyin Aksiya muddatidan ilgari yakunlanishi mumkin.

1.6. Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi.

1.7. Aksiya tashkilotchisi: Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «International Beverages Tashkent» Qo‘shma korxonasi (matnda keyingi o‘rinlarda «Tashkilotchi» deb yuritiladi). 

Tashkilotchining rekvizitlari: 


Pochta manzili: 100160, Toshkent sh., Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasi, 7-berk ko‘cha, 3a uy.

Bank rekvizitlari:

h/r: 2021 4000 2049 1658 2001

«ASIA ALLIANCE BANK» ATB Amaliyot boshqarmasida

MFO: 01095

STIR: 301975029

IFTK 11070

1.8. Aksiyada 16 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan va doimiy ravishda yashaydigan muomalaga layoqatli barcha jismoniy shaxslar qatnashishlari mumkin. 

1.9. Aksiyada Tashkilotchining xodimlari va vakillari, u bilan affilirlangan shaxslar, bunday xodimlar va vakillarning oila a’zolari, shuningdek Aksiyani tashkil etishga va/yoki o‘tkazishga daxldor bo‘lgan boshqa har qanday yuridik shaxslarning xodimlari va vakillari hamda ularning oila a’zolari qatnashishi taqiqlanadi. 

1.10. Tashkilotchi o‘tkazilayotgan Aksiya haqida quyidagi yo‘llar bilan axborot beradi:

1.10.1. Reklama-axborot materiallarini (yorliqlarni) «Pepsi» va «Pepsi Cherry» mahsulotida joylashtirish yo‘li bilan; 

1.10.2. Reklama-axborot materiallarini (reklama tarzidagi video va audio-roliklarni) milliy va mintaqaviy tele- va radiokanallarda joylashtirish yo‘li bilan;

1.10.3. Reklama-axborot materiallarini (reklama plakatlarini) savdo tarmoqlarida – «Pepsi» va «Pepsi Cherry» mahsuloti sotiladigan yerlarda joylashtirish yo‘li bilan;

1.10.4. Reklama-axborot materiallarini www.pepsi.com.uz Internet-saytida joylashtirish yo‘li bilan;

1.10.5. Reklama-axborot materiallarini Facebook.com; Telegram ijtimoiy tarmoqlari sahifalarida joylashtirish yo‘li bilan; 

1.10.6. Aksiyaning uzzukun ishlaydigan telefon raqami orqali (871) 200-07-77 raqami bo‘yicha axborot berish yo‘li bilan. 

1.11. Ushbu shartlarning to‘liq matni www.pepsi.com.uz Internet-saytida joylashtirilgan. 

1.12. TAShKILOTChI UShBU ShARTLARGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HUQUQINI O‘ZIDA SAQLAB QOLADI, BUNDA MAZKUR O‘ZGARTIRIShLAR WWW.PEPSI.COM.UZ SAYTIDA ALBATTA E’LON QILINADI. 

1.13. Atamalar ta’rifi:

  • Promo-mahsulot – ushbu Shartlarning 2.1-moddasida tavsiflangan, promo-qopqoqli va o‘ramiga promo-yorliq yopishtirilgan «Pepsi» va «Pepsi Cherry» savdo belgilariga mansub mahsulot. 
  • Promo-qopqoq – yuza tomoniga "KODI QOPQOQ ICHIDA/KOD POD KRISHKOY" deb yozilgan, ichki tomonida Noyob Kod aks ettirilgan sariq rangli qopqoq.
  • Promo-yorliq – Promo-mahsulotdagi Aksiyada qatnashish qisqacha qoidalari ko‘rsatilgan yorliq. 
  • Noyob Kod – Promo-mahsulotning har bitta birligi uchun noyob bo‘lgan, Promo-qopqoqning ichki tomoniga joylashtirilgan, Aksiyada qatnashish uchun ushbu Shartlarda ko‘rsatilgan yo‘llar bilan faollashtirish (2.4.2-band) lozim bo‘lgan belgilarning o‘n xonali oldinma-ketinligi.
  • Aksiya qatnashchisi – 16 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan va yashaydigan, ushbu Shartlarga binoan zaruriy harakatlarni bajargan, muomalaga layoqatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi (jismoniy shaxs). 
  • SMS – qisqa raqamga yuboriladigan va Abonentlik qurilmasi yordamida qabul qilinadigan matnli xabar.
  • Abonentlik qurilmasi/mobil qurilma – harakatchan (mobil, uyali) aloqa tarmog‘iga ulanadigan, matnli (SMS) xabarlarni yaratish va olish imkonini beradigan foydalanuvchi (pirovard) qurilmasi (mobil telefoni, smartfon, kommunikator, KPK va boshqalar). 
  • Raqam/Abonent (mobil) raqami – ushbu Qoidalarning 2.4.2.1-bandida ko‘rsatilgan Operatorlardan birining harakatchan (mobil) stansiyasida amal qiluvchi jismoniy shaxsning (Aksiya Qatnashchisining) mobil raqami. Aksiyada Qatnashchini ro‘yxatdan o‘tkazish va uning keyingi harakatlari faqat abonent raqami orqali amalga oshiriladi (unda to‘plangan Kodlar qayd etiladi) va u Yutuqni olish uchun Aksiya Qatnashchisining birdan-bir identifikatori hisoblanadi.
  • Qisqa raqam – 5700 qisqa mobil raqami bo‘lib, unga Aksiya Qatnashchisi Noyob kodlarni va boshqa so‘rovlarni o‘z Abonentlik qurilmasidan matnli (SMS) xabarlar tarzida yuborishi lozim. 
  • Aksiya Internet Saytiwww.pepsi.com.uzmanzilida joylashgan Internet tarmog‘idagi web-sahifa. Aksiya Saytida Noyob kodlarni jo‘natish (Qatnashchini ro‘yxatdan o‘tkazish shakli orqali) uchun shakl, shuningdek Aksiya haqida barcha axborot, shu jumladan Aksiyani o‘tkazishning to‘liq Shartlari, Yutuqlarni berish markazlarining Manzillari va boshqa ma’lumotlar mavjud. 
  • Aksiya Yutuqlari – mobil telefoni hisobvarag‘iga tushadigan 5000/10000/15000/30000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari, Samsung Galaxy S10 smartfoni, Smart TV televizori, Chevrolet Tracker avtomobili.
  • Kirish paroli – Aksiya qatnashchisi javob SMS-xabarida oladigan, www.pepsi.com.uzsaytiga kirish va o‘yinda qatnashish imkonini beradigan raqamlar birikmasi.

2. Aksiyada qatnashish shartlari. Aksiya g‘oliblari.

2.1. Aksiyada qatnashadigan «Pepsi» savdo belgisiga mansub promo-mahsulot:

2.1.1. Hajmi 0,5L bo‘lgan PET-o‘ramda sotiladigan Pepsi alkogolsiz gazlangan ichimligi;

2.1.2. Hajmi 1,0L bo‘lgan PET-o‘ramda sotiladigan Pepsi alkogolsiz gazlangan ichimligi;

2.1.3. Hajmi 1,5L bo‘lgan PET-o‘ramda sotiladigan Pepsi alkogolsiz gazlangan ichimligi;

2.1.4. Hajmi 0,5L bo‘lgan PET-o‘ramda sotiladigan Pepsi Cherry alkogolsiz gazlangan ichimligi;

2.1.5. Hajmi 1,0L bo‘lgan PET-o‘ramda sotiladigan Pepsi Cherry alkogolsiz gazlangan ichimligi;

2.1.6. Hajmi 1,5L bo‘lgan PET-o‘ramda sotiladigan Pepsi Cherry alkogolsiz gazlangan ichimligi.

2.2. Aksiyada hammasi bo‘lib 52 million birlik promo-mahsulot qatnashadi.

2.3. Aksiya Qatnashchisi bo‘lish uchun 2019 yil 07 iyundan shu jumladan 2019 yil 30 sentyabrgacha qadar bo‘lgan muddatda quyidagi harakatlarni bajarish lozim:

2.3.1. Promo-yorliq va promo-qopqoqdan iborat «Pepsi» va «Pepsi Cherry» Promo-mahsulotini sotib olish;

2.3.2. «Pepsi» va «Pepsi Cherry» Promo-mahsulotining Promo-qopqog‘i ostida noyob Kodni topish va 2019 yil 07 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 00 dan 00 minut o‘tgandan 2019 yil 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23 dan 59 minut 59 sekund o‘tgunga qadar bo‘lgan davrda Kodni quyidagi yo‘llardan biri bilan faollashtirish:

2.3.2.1. 5700 Qisqa raqamiga noyob Kod ko‘rsatilgan SMS-xabarni quyidagi mobil aloqa operatorlaridan birining tarmog‘iga ulangan Abonentlik qurilmasidan yuborish yo‘li bilan: Beeline, Ucell, UMS, Uzmobile (SMS-xabar uchun to‘lov undirilmaydi).

2.3.2.2. Kodni www.pepsi.com.uz Internet-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va shaxsiy kabinetga tashrif buyurish uchun zarur avtorizatsiyani olish yo‘li bilan. Saytda avtorizatsiya bo‘lish uchun shaklni mobil telefoni raqamini +998 (XX) XXX-XX-XX formatida ko‘rsatish yo‘li bilan to‘ldirish lozim. 

2.3.3. To‘g‘ri faollashtirilgan har bir Promo-Kod uchun qatnashchi www.pepsi.com.uz saytida shaxsiy kabinetga kirish uchun parolni SMS-xabar tarzida oladi va yutuq tasviri tushirilgan uchta bir xil katakni topishdan iborat o‘yinni o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Agar katnashchi uchala katakni ham topgan bo‘lsa, avtomatik ravishda pul mablag‘lari mobil telefoniga tushiriladi yoki qatnashchi, u qaysi yutuq tasviri tushirilgan kataklarni topa olganiga qarab, Smartfon, Televizor yoki Avtomobil sohibi bo‘ladi. 

2.3.4. Bitta Kodni faqat bir marta faollashtirish mumkin. 

2.3.5. Bitta Kod bir marta o‘yin o‘ynash imkonini beradi.

2.4. AKSIYa QATNAShChISI KOD KO‘RSATILGAN SMS –XABARNI 5700 RAQAMIGA YuBORGANI YoKI KODNI WWW.PEPSI.COM.UZINTERNET-SAYTIDA RO‘YXATDAN O‘TKAZGANI AKSIYa QATNAShChISI UShBU ShARTLARNI QABUL QILGANI VA UNGA TO‘LA ROZI BO‘LGANINI TASDIQLAYDI.

Конец формы

2.5. Aksiya g‘oliblari 2019 yil 07 iyundan shu jumladan 2019 yil 30 sentyabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagicha aniqlanadilar:

2.5.1. Ushbu Shartlarda bayon etilgan barcha zaruriy harakatlarni bajargan, Promo-mahsulotdagi Noyob Kodlarni faollashtirgan va WWW.PEPSI.COM.UZsaytida o‘yinni muvaffaqiyatli o‘ynagan har bir Aksiya qatnashchisi Aksiya g‘olibi bo‘ladi va ushbu Qoidalarning 3.1-bandida ko‘rsatilgan yutuqlardan birini olishi mumkin. 

2.5.2. Bir qatnashchi Aksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitta mobil raqamiga faqat 1 (bir) dona yirik yutuq yutib olishi mumkin.

2.6. Aksiya yakunlangandan keyin Aksiyaning taqsimlanmagan Yutuqlari qolib ketgan bo‘lsa, Tashkilotchi bunday Yutuqlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday usullar bilan tasarruf etadi.

2.7. Har bir Qatnashchi Aksiyada Aksiya Qatnashchisi nomiga (yoki uning ishonchli shaxsi nomiga) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitta mobil telefoni raqami ostida qatnashishi mumkin. U yoki bu mobil telefoni raqami qaysi shaxs nomiga rasmiylashtirilgani haqida nizo chiqqan holda, Tashkilotchi va/yoki Operator ushbu bandga muvofiq mobil telefoni raqami o‘ziga tegishli ekanligini isbotlayotgan shaxsdan mobil telefoni raqami mazkur shaxs nomiga rasmiylashtirilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatishni talab qilish huquqiga ega. 

2.8. www.pepsi.com.uzsaytining «Shaxsiy Kabinet» bo‘limida Aksiya qatnashchilari faollashtirilgan noyob kodlar soni, o‘yindan o‘tish maqomi va hokazolar haqida axborot bilan tanishishlari mumkin. Mazkur axborot Aksiyani o‘tkazish davri mobaynida har kuni yangilanib boriladi.

2.9. Yuborilgan kod tarzidagi xabar hisobga olinmaydi, potensial Qatnashchi esa Aksiya Qatnashchisiga aylanmaydi, basharti SMS orqali Qisqa raqamga yuborilgan yoki Aksiyaning www.pepsi.com.uzsayti orqali jo‘natilgan xabarda:

2.9.1. Kod ko‘rsatilgan bo‘lmasa;

2.9.2. bittadan ortiq Kod ko‘rsatilgan bo‘lsa;

2.9.3. ilgari boshqa shaxs ro‘yxatdan o‘tkazgan Kod ko‘rsatilgan bo‘lsa;

2.9.4. Tashkilotchi original Kod sifatida identifikatsiya qila olmagan Kod ko‘rsatilgan bo‘lsa (barcha Kodlar ro‘yxati Tashkilotchi bazasida saqlanadi);

2.9.5. Tashkilotchi tomonidan Aksiyaning yutuqlar jamg‘armasi tugagandan keyin yoki Aksiyani o‘tkazish davri tugagandan keyin olingan bo‘lsa;

2.9.6. Aksiya qatnashchisi ushbu Qoidalarning boshqa qoidalarini buzgan bo‘lsa, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

2.10. Aksiya Qatnashchisi SMS orqali hamda www.pepsi.com.uzsaytidagi maxsus shakl orqali noto‘g‘ri kod yuborgan bo‘lsa, unga xato haqida matnli xabar yo‘llanadi.

2.11. Noyob Kod qasddan tanlab kiritilishidan muhofaza qilish maqsadida, Aksiyaning qisqa raqamiga noto‘g‘ri Kod ko‘rsatilgan 10 (o‘n) SMS-xabar oldinma-ketin yuborilgan yoki Aksiyaning www.pepsi.com.uzsayti orqali yo‘llangan holda, Aksiya Qatnashchisi Aksiyada qatnashishdan blokirovka qilinadi. Aksiya Qatnashchisi Aksiyaning telefon raqami orqali (871) 200-07-77 murojaat etib, blokirovkadan chiqarish haqida yozma ariza bergandan keyin blokirovkadan chiqarilishi mumkin. Ariza ko‘rib chiqilgandan keyin, Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra, uch kun ichida, blokirovka qilingan Qatnashchining bundan buyon Aksiyada qatnashishi/qatnashmasligi haqida qaror chiqaradi.

2.12. Aksiyada qatnashayotgan barcha Operatorlarning (Beeline, Ucell, UMS, Uzmobile) abonentlari Kodlarni qisqa raqamga SMS-xabar (shuningdek Aksiya Sayti orqali) yuborish yo‘li bilan faollashtirishlari mumkin. Bir shaxsning turli kodlari turli mobil raqamlariga to‘plangan hollarda, hatto mazkur raqamlar ayni bir shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa ham (2.7-bandga binoan), Tashkilotchi yutuqlarni berishni rad etadi va javobgar bo‘lmaydi.

3. Aksiyaning yutuqlar jamg‘armasi, yutuqlar umumiy miqdori, yutuqlarni olish shartlari, joylari va vaqti.

3.1. O‘tkaziladigan Aksiyada qatnashadigan Aksiya Yutuqlarining umumiy miqdori: 126 723 ta (bir yuz yigirma olti ming yetti yuz yigirma uchta), shu jumladan:

Mobil hisobvarag‘iga tushiriladigan pul, so‘m

Yutuqlar soni, dona

5,000 so'm

31,681

10,000 so'm

31,681

15,000 so'm

31,681

30,000 so'm

31,621

Mobil hisobvarag‘iga tushiriladigan pullardan iborat yutuqlarning jami pul jamg‘armasi

126,663

Superyutuqlar:

Chevrolet Tracker avtomobili

10

Smart TV televizori

30

Samsung Galaxy S10 smartfoni

20

Superyutuqlarning umumiy soni

60

Superyutuqning pul qismi

mazkur superyutuq qiymatining 12 foizi Aksiya g‘olibi bo‘lgan jismoniy shaxsning daromad solig‘ini to‘lash hisobiga

Umumiy yutuqlar jamg‘armasi

126,723

3.2. Aksiyaning yutuqlar jamg‘armasi Aksiya Tashkilotchisi mablag‘lari hisobidan tarkib toptiriladi.

3.3. Pul yutug‘i sohibi bo‘lgan qatnashchilarga topilgan miqdordagi pul avtomatik ravishda mobil telefoni hisobvarag‘iga tushiriladi.

Superyutuqlardan birining sohibi bo‘lgan qatnashchilar uni Toshkent shahrida tashkil etilgan Yutuqlarni berish markazida olishga haqli.

3.4. Yutuqlarni berish markazi joylashgan manzil hamda uning ish vaqti haqida aniq axborotni (871) 200-07-77 telefon raqami orqali olish mumkin.

3.5. Yutuqlarni berish shoxobchasidan Yutuqni olish uchun Qatnashchi o‘z yonida Aksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan (noyob kodlarni faollashtirish amalga oshirilgan) amaldagi mobil telefoni raqamili Abonentlik qurilmasiga ega bo‘lishi lozim. Amaldagi mobil qurilmasining mavjudligi – Yutuqni olishning muqarrar sharti.

Aksiya g‘oliblari yutuqni olish uchun Tashkilotchiga quyidagi hujjatlarni ham taqdim etadilar:

— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti/O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qilish uchun ruxsatnoma;

— Soliq inspeksiyasidan berilgan STIR kseronusxasi;

— Yashash joyidan ma’lumotnoma (avtomobilni yutib olgan Qatnashchi uchun);

3.6. Tashkilotchi topshirilgan yutuqlar qiymati va miqdorlari hamda G‘oliblar haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etadi. Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq miqdori O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq hisoblab chiqariladi.

3.7. Superyutuqning pul qismi yutuq qiymatining 12 foizi miqdorida jismoniy shaxsdan undiriladigan soliqni hosil qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181, 178-moddalariga muvofiq hisoblanadi. Aksiya Tashkilotchisi jismoniy shaxsdan ushbu Qoidalarning 3.5-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlarni olgach, jismoniy shaxs (g‘olib, har qanday toifadagi superyutuq) uchun soliqni to‘lash majburiyatini oladi.

3.8. Yutuqlarni berish markazida Abonentlik qurilmasining telefon raqami ko‘rsatilgandan keyin, Qatnashchiga Aksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil raqamiga Mobil qurilmaning Aksiya Qatnashchisiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi noyob Kirish Paroli ko‘rsatilgan SMS-xabar yo‘llanadi. Kirish Parolini olgandan keyin, Aksiya Qatnashchisi uni Yutuqlarni berish markazi xodimiga ma’lum qilishi lozim. Kirish Paroli Qatnashchining statistikasi bilan tanishish hamda Yutuqni berish uchun imkoniyat yaratadi. Kirish Paroli har bir muayyan so‘rov uchun noyob hisoblanadi. Kirish Parolini taqdim etish – Yutuqni olishning muqarrar sharti.

3.9. Qatnashchi taqdim etgan ma’lumotlar (mobil telefoni raqami, kirish paroli) identifikatsiya qilingandan va yutuqni olganlik haqidagi vedomostga Qatnashchi o‘z shaxsiy imzosini qo‘ygandan keyin Aksiya yutuqlari Yutuqlarni berish markazida Aksiya Qatnashchisining qo‘liga topshirilgan vaqtdan e’tiboran Tashkilotchining Aksiya Yutuqlarini Aksiya g‘olibi bo‘lgan Qatnashchilarga berish bo‘yicha majburiyati bajarilgan hisoblanadi. 

3.10. Agar Aksiya g‘olibi bo‘lgan Qatnashchi Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Yutuqlarni berish markaziga yutuqlar jamg‘armasi tugagunga qadar yoki Aksiyani o‘tkazish muddatlari yakunlangandan keyin ham murojaat etmagan bo‘lsa, ushbu holat Qatnashchining Aksiya Yutug‘ini olishdan bosh tortishi deb hisoblanadi. 

3.11. Agar Qatnashchi ushbu Shartlarning talablari bilan mos kelmasa va/yoki ushbu Shartlar bilan belgilangan Aksiyada qatnashish qoidalariga rioya etmagan bo‘lsa, Tashkilotchi Aksiya Yutug‘ini berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

3.12. Tashkilotchi Aksiya Yutug‘ini olishga da’vogar Qatnashchidan saytda yoki SMS-xabar orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan Kodlar bilan mos keladigan «Pepsi» va/yoki «Pepsi Cherry» Mahsuloti promo-qopqoqlarini talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya Qatnashchisi o‘zi Internet-saytda ro‘yxatdan o‘tkazgan yoki SMS-xabar orqali yuborgan barcha noyob kodlar uchun «Pepsi» mahsulotining promo-qopqoqlarini Tashkilotchining tegishli talabi olingan sanadan e’tiboran 15 (o‘n besh) ish kuni davomida taqdim etishi shart. 

3.13. Aksiya Qatnashchisi Tashkilotchining talabiga binoan «Pepsi» mahsulotining promo-qopqoqlarini Qatnashchi Aksiya saytida, SMS-xabarlar yuborish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan yutuqlar soni bilan mos keladigan miqdorda taqdim etishdan bosh tortgan holda, Tashkilotchi Aksiya Sovrinlarini berishni amalga oshirmaydi. 

3.14. Aksiya Qatnashchisi o‘zi Aksiya saytida, SMS-xabarlar yuborish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazgan Kodlar bilan mos kelmaydigan «Pepsi» mahsulotining promo-qopqoqlarini taqdim etgan holda, Tashkilotchi Aksiya Sovrinlarini berishni amalga oshirmaydi.

3.15. Quyidagi firibgarlik hollari aniqlangan taqdirda, Tashkilotchi Qatnashchilarga Aksiya Sovrinlarini berishni amalga oshirmaydi:

3.15.1. «Pepsi» mahsulotining qalbaki promo-qopqoqlari taqdim etilgan holda;

3.15.2. Internet-saytda Kodlarni kiritishda firibgarlik qilingan, xususan: Kodni tanlab kiritishga urinish, bir shaxsni bir nechta mobil raqamlariga ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqa qoidabuzarliklar sodir etgan holda. Aksiya yutuqlarini berishni to‘xtatish butun Aksiya davri mobaynida amal qiladi. Bu holda Aksiya Qatnashchisi bundan keyin Aksiyada uni o‘tkazishning butun davri mobaynida qatnashish uchun qo‘yilmaydi.

3.14. Aksiya Yutuqlari sifatiga nisbatan e’tirozlar bevosita ushbu yutuqlarni ishlab chiqaruvchiga bildirilishi lozim. Yutuqlarning butunligi va ishlashga yaroqliligi Aksiya Qatnashchilari tomonidan Aksiya Yutug‘ini olish vaqtida darhol tekshirilishi lozim. Yutuq Aksiya G‘olibiga topshirilgandan keyin yuzaga kelgan Aksiya Yutug‘ining har qanday shikastlanishlari uchun Tashkilotchi javobgar bo‘lmaydi.

3.15. Aksiya Yutuqlarining tashqi ko‘rsatkichlari va moddiy xususiyatlari Tashkilotchining ixtiyoriga ko‘ra belgilanadi va qatnashchilarning mo‘ljallari bilan mos kelmasligi mumkin. Aksiya Yutuqlari ularning televizion roliklardagi, reklama materiallaridagi va Internet-saytdagi tasvirlaridan tashqi ko‘rinish jihatidan farq qilishi mumkin.

4. Aksiya natijalari va Aksiya Yutuqlar jamg‘armasining sarflanishi haqida axborot berish tartibi


4.1. Aksiyani o‘tkazish natijalari va Yutuqlar Jamg‘armasining sarflanishi haqida axborot www.pepsi.com.uzInternet-saytida joylashtiriladi, shuningdek ularni (871) 200-07-77 telefon raqami orqali olish mumkin.

5. Alohida shartlar.

5.1. Aksiya yutuqlari shu jumladan pul ekvivalentiga almashtirib berilishi mumkin emas. 

5.2. Aksiyada qatnashish Aksiya Qatnashchilari ushbu Shartlar bilan tanishib chiqishlari va unga to‘la rozi bo‘lishlarini nazarda tutadi.

5.3. Aksiya qatnashchisi/g‘olibi shunga o‘z roziligini beradiki, Tashkilotchi va/yoki uning vakili Aksiya qatnashchisi/g‘olibining ismi, familiyasi, otasining ismi, tasviridan hamda u haqda boshqa materiallar va ma’lumotlardan reklama maqsadlarida foydalanishi, shuningdek undan Aksiyada qatnashishi haqida reklama tarzidagi intervyuni shu jumladan radio va televideniya uchun, shuningdek axborotni tarqatish boshqa vositalari uchun olishi yoki har qanday reklama materiallari tayyorlash uchun Qatnashchini tasvirga/suratga tushirishni muddat, hudud cheklanmagan va qo‘shimcha haq to‘lanmagan holda amalga oshirishi mumkin. Shaxs reklama tarqatishni to‘xtatishni talab qilgan holda, reklama tarqatuvchi darhol bunday talab bilan o‘ziga murojaat etgan shaxs manziliga reklama tarqatishni to‘xtatishi shart.


5.4. Tashkilotchi, ushbu Shartlarda ko‘rsatilgan hollardan tashqari, Aksiya Qatnashchilari bilan xat yozishmaslik yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. 

5.5. Tashkilotchi Aksiya Qatnashchilari tomonidan ushbu Shartlarda belgilangan, Aksiya Yutug‘ini olish uchun zarur bo‘lgan axborotning haqqoniy emasligi va o‘z vaqtida taqdim etilmagani uchun javobgan bo‘lmaydi.

5.6. Aksiya g‘oliblari bo‘lgan Aksiya Qatnashchilari Aksiya Shartlarini o‘z vaqtida o‘qib chiqmaganlari ushbu Shartlarda belgilangan talablarni va Yutuqni olish uchun zarur bo‘lgan axborotni Tashkilotchiga taqdim etish muddatlarini buzganlik uchun uzrli sabab bo‘la olmaydi. 

5.7. Aksiya Yutuqlarini olgan paytdan e’tiboran ularning sohiblari Aksiya Yutug‘ining tasodifan nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi xavfi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.

5.8. Agar Aksiya Yutuqlari Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga, shu jumladan uzrli sababga ko‘ra Aksiya Qatnashchilari tomonidan talab qilib olinmagan bo‘lsa, Aksiya Qatnashchilari Aksiya Yutuqlarini talab qilish huquqini 2019 yil 20 oktyabrdan keyin yo‘qotadilar, basharti Yutuqlar Jamg‘armasi ushbu muddatgacha tugagan bo‘lmasa.

5.9. Tashkilotchi ushbu Shartlarning qoidalarini buzgan, shu jumladan Aksiya Yutuqlarini berish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish muddatini buzgan Aksiya Qatnashchilariga, shuningdek bunday axborotni taqdim etmagan Aksiya Qatnashchilariga Aksiya Yutuqlarini berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 

5.10. Zarur holda Tashkilotchi davlat organlariga berish uchun zarur axborotni Aksiya Qatnashchilaridan talab qilib olishga haqli. 

5.11. Tashkilotchi telefon aloqasi, operatorlar ishi, Internet tarmog‘i bilan aloqa sifati uchun, shuningdek Internet-provayderlar ishining sifati hamda ularning Aksiya Qatnashchilari asbob-uskunalari va dasturiy ta’minoti bilan ishlashi uchun, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar uchun hamda bular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha salbiy oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi. 

5.12. Tashkilotchi o‘zi ushbu Shartlarni buzishi bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday holatlar uchun, shu jumladan muayyan hududda SMS-xabarlar yuborish xizmati ko‘rsatilmasligi va (yoki) tarmoqlarda profilaktika ishlari olib borilayotgani tufayli yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra Shartlarga muvofiq SMS-xabarlar yuborish imkoniyati yo‘qligi uchun javobgar bo‘lmaydi. 

5.13. Agar Aksiyaning istalgan jihati biron-bir sababga ko‘ra, shu jumladan kompyuter viruslari bilan zararlanish, mobil aloqa tarmog‘idagi nosozliklar, nuqsonlar, qonunga xilof ravishda aralashuv, soxtalashtirish, texnik nosozliklar bilan bog‘liq sabablarga yoki Tashkilotchi tomonidan nazorat qilinmaydigan, Aksiyani bajarish, uning xavfsizligi, halolligi, yaxlitligi yoki lozim darajada o‘tkazilishiga daxl etadigan yoki uni buzadigan har qanday sababga ko‘ra rejalashtirilgandek o‘tkazilishi mumkin bo‘lmasa, Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra Aksiyani o‘tkazishni to‘xtatishi, o‘zgartirishi yoki vaqtinchalik to‘xtatib turishi mumkin.

5.14. Tashkilotchi Aksiya Qatnashchisi yo‘l qo‘ygan xatolar tufayli kelib chiqqan biron-bir oqibatlar, shu jumladan ko‘rilgan zararlar uchun javob bermaydi. 

5.15. Qatnashchilar tomonidan Aksiyada qatnashish shartlari bajarilgan holda, Aksiya Tashkilotchisi yoki u vakolat bergan shaxslar Aksiya Qatnashchilarining Aksiyada qatnashish jarayonida berilgan shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni Aksiyani o‘tkazish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan usullar bilan amalga oshirishga, shu jumladan mazkur ma’lumotlardan Aksiya Yutuqlarini ularning egalariga topshirilganini tasdiqlash uchun, shuningdek Qatnashchilar bilan ushbu Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq maqsadlarda alohida muloqot qilish uchun foydalanishga haqlidirlar. Qatnashchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan faqat Tashkilotchi ushbu Aksiyani o‘tkazish munosabati bilan foydalanadi va ular ushbu Aksiya bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda biron-bir uchinchi shaxslarga berilmaydi. Mazkur rozilik Qatnashchi tomonidan istalgan vaqtda Tashkilotchi manziliga pochta orqali yuborilgan buyurtma xat bilan yozma ravishda xabador qilish orqali chaqirib olinishi mumkin. Aksiya jarayonida Qatnashchilar tomonidan berilgan barcha shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan Tashkilotchi yoki u vakolat bergan shaxslar tomonidan mazkur ma’lumotlarning maxfiylik rejimiga rioya etiladi va shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

5.16. AKSIYaDA QATNAShAYoTGANLIK FAKTI QATNAShChINING O‘Z ShAXSIY MA’LUMOTLARIGA IShLOV BERILIShIGA, HAM AKSIYaNI O‘TKAZISh DAVRIDA, HAM AKSIYa YaKUNLANGANDAN KEYIN TAShKILOTChIDAN MAZKUR AKSIYa BILAN BOG‘LIQ SMS-XABARLAR, REKLAMA VA XAT-XABARLAR OLIShGA ROZILIGINI NAZARDA TUTADI. 

5.17. Aksiyaning barcha Qatnashchilari Aksiyada qatnashish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mustaqil ravishda (shu jumladan Internetga kirish va mobil aloqasi bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan transport xarajatlarini cheklovlarsiz) to‘laydilar.

5.18. Tashkilotchi mobil aloqa operatorlarining ishi uchun javob bermaydi. 

5.19. Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa xil o‘yin emas.

5.20. Tashkilotchi Aksiya haqida qo‘shimcha axborotni joylashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 

5.21. Tashkilotchi o‘z ixtiyoriga qarab, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari qoidalarini va ushbu Shartlarni hisobga olgan holda, Noyob Kodlarni qalbakilashtirgan yoki ularni qalbakilashtirishdan yoinki Aksiyani o‘tkazishdan naf ko‘rayotgan yoki ushbu Aksiya Shartlariga zid ravishda harakat qilayotgan, buzg‘unchilik bilan ish ko‘rayotgan yoki ushbu Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa har qanday shaxsning jig‘iga tegish, uni haqorat qilish, qo‘rqitish yoki tinchini buzish niyatida harakat qilayotgan har qanday shaxsning ishtirok etish uchun barcha arizalarini haqiqiy emas deb topishi hamda uning ushbu Aksiyada bundan keyin ishtirok etishini taqiqlashi mumkin. 

5.22. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiyada firibgarlikka monelik qiluvchi qo‘shimcha texnik cheklashlarni joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biron-bir Qatnashchining vijdonsizlarcha harakat qilishga har qanday urinishi aniqlangan holda, uning ballari bekor qilinadi va Qatnashchining o‘zi Aksiyada qatnashishdan chetlatilishi mumkin. Tashkilotchi Aksiyada qatnashishning vijdoniyligi darajasini baholashni Tashkilotchida mavjud bo‘lgan texnik imkoniyatlar asosida hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari qoidalarini va ushbu Shartlarni hisobga olgan holda mustaqil ravishda amalga oshiradi.

5.23. Aksiya Tashkilotchisi Aksiyani o‘tkazishni muddatidan ilgari tugatishni www.pepsi.com.uz internet-saytida tegishli xabarni joylashtirgan holda amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

5.24. Aksiyani o‘tkazish davrida uning Qatnashchilarida yuzaga keluvchi barcha masalalar yuzasidan Qatnashchilar Aksiyaning uzzukun ishlaydigan (371) 200-07-77 telfon raqami bo‘yicha murojaat etishlari mumkin (mazkur raqam bo‘yicha qo‘ng‘iroq uchun to‘lov tegishli mintaqaning Toshkent sh. telefon raqamlariga shaharlararo qo‘ng‘iroqlari tarifi bo‘yicha undiriladi yoki, agar qo‘ng‘iroq Toshkent sh. yoki Toshkent viloyati telefon raqamlaridan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, Toshkent sh. yoki Toshkent viloyatida ichki qo‘ng‘iroqlar uchun belgilangan tariflar bo‘yicha undiriladi). 

5.25. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlarda Tashkilotchi va Aksiya Qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.


Report Page