AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKINING «SUPERLOTTO» SONLI, PUL YUTUQLI LOTEREYASI «6+1» O‘YINI ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!!!

AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKINING «SUPERLOTTO» SONLI, PUL YUTUQLI LOTEREYASI «6+1» O‘YINI ISHTIROKCHILARI DIQQATIGA!!!


O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bankning lotereya o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishidagi faoliyatining tugatilishi munosabati bilan, joriy yil 29-dekabr kuni «Superlotto» sonli, pul yutuqli lotereyasi «6+1» o‘yinining yakuniy 302-yutuqlar tiraji o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Bunda, lotereyalar faoliyatini tashkil etishga litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining «Superlotto» sonli, pul yutuqli lotereyasi «6+1» o‘yinini o‘tkazish Shartlari»ga ko‘ra, so‘nggi yutuqlar tirajida yig‘ilgan yutuq fondi lotereya ishtirokchilari o‘rtasida to‘liq o‘ynatiladi.

Lotereyaning yakuniy 302-yutuqlar tirajida yutuq fondining kategoriyalari bo‘yicha taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

yutuq fondining I–kategoriyasida o‘ynalishi e’lon qilingan «SUPER YUTUQ» summasiga mazkur tirajda ishtirok etish uchun LBMT dasturiy ta’minotida ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘yin kombinatsiyalari bo‘yicha tushumlarning o‘yinni o‘tkazish Shartlari asosida yutuq fondining I–kategoriyasi uchun shakllangan mablag‘lar hamda zahira fondida yig‘ilgan mablag‘lar qo‘shiladi va yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha «SUPER YUTUQ» yutug‘i sifatida o‘ynatiladi.

agarda, yutuq fondining I–kategoriyasi bo‘yicha yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, yutuq fondining I–kategoriyasida yig‘ilgan mablag‘ II–kategoriyadagi yutuq fondiga;

agarda, I va II–kategoriyalar bo‘yicha ham yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa,
u holda yutuq fondining I va II–kategoriyalarida yig‘ilgan mablag‘ III–kategoriyadagi yutuq fondiga;

agarda, yutuq fondining I–III–kategoriyalari bo‘yicha yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, yutuq fondining I–III–kategoriyalarida yig‘ilgan mablag‘ IV–kategoriyadagi yutuq fondiga;

agarda, yutuq fondining I–IV–kategoriyalari bo‘yicha yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, yutuq fondining I–IV–kategoriyalarida yig‘ilgan mablag‘ V–kategoriyadagi yutuq fondiga;

agarda, yutuq fondining I–V–kategoriyalari bo‘yicha yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, yutuq fondining I–V–kategoriyalarida yig‘ilgan mablag‘ VI–kategoriyadagi yutuq fondiga;

agarda, yutuq fondining I–VI–kategoriyalari bo‘yicha yutuqli kombinatsiyalar aniqlanmasa, yutuq fondining I–VI–kategoriyalarida yig‘ilgan mablag‘
VII–kategoriyadagi yutuq fondiga o‘tkaziladi va to‘liq o‘ynatiladi.

LOTEREYANING BARCHA ISHTIROKCHILARIGA OMAD TILAYMIZ.

O‘YIN TASHKILOTCHISI.


Report Page