AKSIYA QOIDALARI

AKSIYA QOIDALARI

"Agrobankdan sovg‘alar"

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga (bundan buyon matnda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi deb yuritiladi) muvofiq ommaviy taklif hisoblanadi. Ushbu qoidalar ishtirok etish shartlarini, G‘oliblarni aniqlash va sovrinni topshirish tartibini, shuningdek "Agrobank" ATB tomonidan tashkil etilgan "Agrobankdan sovg‘alar" aksiyasini tashkil etish va o‘tkazish uchun boshqa muhim shartlarni tavsiflaydi.

Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tmoqda.

1.2. Aksiya muddati: 2022-yil 10-iyun 2022-yil 25-dekabr.

1.3. Sovrinli yutuqlar o‘yini aksiya davomida har oyda bir marotaba o‘tkaziladi.

1.5. Aksiya lotereya yoki boshqa har qanday xavf-xatarga asoslangan o‘yin emas va aksiya ishtirokchilari Aksiyada qatnashish bilan bog‘liq mulkiy xatarlarni o‘z zimmalariga olmaydi.

1.6. Aksiyaning mukofot jamg‘armasi Tashkilotchilar mablag‘lari hisobiga shakllanadi va quyidagi sovrinlardan iborat.

Umumiy sovrin jamg‘armasi

a)   Kichik yutuq - 35 dona Iphone13 smartfoni

b)   Asosiy yutuqlar:

                – 1 dona Chevrolet Nexia 3

                – 1 dona Volkswagen e-bora elektromobillarni o‘z ichiga oladi.

1.6.1. Tashkilotchilar sovrinlarni almashtirish huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar. Sovrin modeli yoki ishlab chiqaruvchisi almashtirilishi mumkin. Bunday holda, bunday almashtirish almashtirilgan sovrin qiymatiga mos keladi. Yutuqli sovrin reklamada keltirilgan rasm va suratlardan farq qilishi mumkin.

1.7. Boshlanish sanasi 2022-yil 10-iyun.

1.7.1. Tugash sanasi 2022-yil 25-dekabr.

1.7.2. Kichik yutuq har oyning 10-sanasigacha 5 tadan Iphone 13 smartfoni va Mustaqillik bayramida 25-avgustda Chevrolet Nexia 3 hamda Yangi yil bayramida 25-dekabrda Volkswagen e-bora g‘oliblari aniqlanadi.

1.8. Aksiyada qatnashish shartlari:

Aksiya ishtirokchisiga aylanishni istaganlar bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarni bajarishi shart:

a)   Aksiya davomida xorijiy davlatlardan onlayn pul o‘tkazmasi jo‘natuvchi mijoz O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

b)   Kichik yutuqda ishtirok etuvchilar har oyda kamida bir marta, biroq umumiy yuborgan summasi 2 mln. so‘mdan (o‘rtacha 200 AQSH dollari ekvivalenti) kam bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi;

c)   Asosiy yutuqda ishtirokchilar 2022-yil 10-iyundan boshlab har oyda uzluksiz pul yuborgan va kamida 2 mln. so‘mdan (o‘rtacha 200 AQSH dollari ekvivalenti) yuqori miqdorida jo‘natma yuborgan bo‘lishi kerak.

d)   Kichik yutuqlar uchun tanlov ishtirokchilari quyidagi muddatlar uchun tanlab olinadi:

2022-yil 10-iyundan 30-iyungacha;

2022-yil 1-iyuldan 31-iyulgacha;

2022-yil 1-avgustdan 31-avgustgacha;

2022-yil 1-sentyabrdan 30-sentyabrgacha;

2022-yil 1-oktyabrdan 31-oktyabrgacha;

2022-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha;

2022-yil 1-dekabrdan 25-dekabrgacha.

e)   Asosiy yutuqlar uchun tanlov ishtirokchilari quyidagi muddatlar uchun tanlab olinadi:

2022-yil 10-iyundan 25-avgustgacha har oy davomida pul o‘tkazmasini amalga oshirgan mijozlar;

2022-yil 10-iyundan 25-dekabrgacha har oy davomida pul o‘tkazmasini amalga oshirgan mijozlar;

f)    Tanlov davomida quyidagi mijozlar ishtirok etolmaydi;

·      Shubhali pul o‘tkazmalarni amalga oshirgan (tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazoratni o‘tkazish vaqtida tijorat bankida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligiga shubha paydo bo‘lgan operatsiya)

·      Shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan fuqarolar (anonim, bog‘lanish uchun kontaktlari mavjud bo’lmagan)

1.8.1. Bank xodimlari, ularga aloqador shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari aksiyada ishtirok etishlari taqiqlanadi.

1.8.2. Har bir ishtirokchi har oyda o‘tkaziladigan yutuqli o‘yinda faqat bir marta g‘olib bo‘lishi mumkin. Keyingi oylar davomidagi yutuqli o‘yinlarda qayta ishtirok etishi mumkin. Bitta g‘olib takroran g‘alaba qozongan taqdirda, sovrin qayta o‘ynaladi.

1.9. Aksiyani o‘tkazish va Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartibi:

Aksiyaning butun davrida g‘oliblarning umumiy soni 37 kishini tashkil qiladi.

Aksiya g‘oliblarini aniqlash uchun aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilarning shaxsiy ID raqamlari "Random" elektron dasturiga (tasodifiy raqamlar generatori) yuklanadi.

Sovrinni olish huquqiga ega Aksiya g‘olibi deb, ID raqami "Random" dasturi tomonidan tanlangan Aksiya ishtirokchisi hisoblanadi.

Aksiyani o‘tkazish va Aksiya g‘oliblarini aniqlash algoritmi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

a) Aksiya g‘oliblarini aniqlash uchun Tashkilotchi "Random" dasturiga Aksiya davomida ushbu Qoidalarning 1.8-bandida sanab o‘tilgan barcha shartlarni bajargan aksiya ishtirokchilarining shaxsiy ID raqamlari ro‘yxatini yuklaydi;

b) Dastur g‘olibni tasodifiy ravishda tanlaydi.

Aksiya davomida Aksiya g‘olibini aniqlash natijasini oldindan aniqlashga imkon beradigan protseduralar va algoritmlardan foydalanilmaydi.

Birlamchi ma’lumotlar - aksiya shartlarini bajargan ishtirokchilarning ID raqamlari hisoboti bo‘lib, yuqoridagi algoritmga muvofiq ishlov berilganda, chiqishda kichik yutuqda 5 ta g‘olib va asosiy yutuqda faqat bitta g‘olib ID raqami tanlanib, aksiyaning g'olibi aniqlanadi.

Ushbu jarayon har o‘yinda kichik yutuq g‘olibini aniqlashda 5 marta va asosiy yutuq g‘olibini aniqlashda 1 marta takrorlanadi, bunda:

1.   Random Iphone 13 smartfoni g'olibini aniqlaydi;

2.   Random asosiy yutuq g'olibini aniqlaydi;

Aksiya g'oliblariga sovrinlarni berish tartibi:

Aksiya yakunida Tashkilotchi g‘oliblar ro‘yxatini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qiladi. Aksiya g‘olibi o‘ziga qulay usulda pasport ma’lumotlarini va STIRni Tashkilotchiga taqdim qilishi kerak. Shu talablarni bajargan holda, g‘olib 1.6-bandda ko‘rsatilgan sovrinlardan birini oladi. Tashkilotchi qonunchilikda belgilangan tartibda yutuq uchun soliqlarni to‘lashni o‘z zimmasiga olmaydi.

Sovrin g‘olibga ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan qimmatbaho sovrinlar singari daromadlarga Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i solinadi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 178 moddasi 9-bandiga muvofiq.

Tashkilotchi har qanday vaqtda https://agrobank.uz manzilida tegishli ma‘lumotlarni joylashtirish orqali ushbu qoidalarga biron bir tarzda shartsiz ravishda o‘zgartirish va / yoki qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

2.1. Aksiyada ishtirok etish - bu https://agrobank.uz saytida joylashtirilgan Aksiya qoidalarini, shuningdek Tashkilotchi tomonidan o‘tkaziladigan reklama, marketing va boshqa dasturlarda va aksiyalarda qatnashish uchun ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligi, shuningdek taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazish, shuningdek marketing va / yoki statistik va / yoki boshqa tadqiqotlar o‘tkazishni ishtirokchi tomonidan to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishini anglatadi.

Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan o‘z majburiyatlarini bajarish maqsadida Ishtirokchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni turli xil aloqa vositalaridan foydalanish orqali, shu jumladan (cheklovlarsiz) pochta orqali, Ishtirokchining elektron pochta (elektron pochta) manziliga pochta orqali yuborish, uyali telefon (SMS-xabar berish), shu jumladan "Reklama to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan (25.12.1998 y. 723-I-son) amalga oshirishi mumkin.

 

Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o‘z xohish-irodasi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, Tashkilotchiga shaxsiy ma‘lumotlar maxfiyligini va shaxsiy ma‘lumotlarni qayta ishlash (yig‘ish, yozib olish) jarayonida qayta ishlash paytida shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilingan holda, Tashkilotchi va uning kontragentlari tomonidan Ishtirokchining shaxsiy ma‘lumotlarini tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, tasdiqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), foydalanish, tarqatish, taqdim etish, o‘tkazish (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazish), shaxsiylashtirish, blokirovka qilish va yo‘q qilish avtomatlashtirish vositalari va ma‘lumotlar bazasini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlaridan, boshqa dasturiy vositalardan, shuningdek, "Agrobank" ATB va uning kontragentlarining ichki tarmog‘i orqali, shuningdek Internet tarmog‘i orqali va Internet tarmog‘isiz uzatishda, Ishtirokchining shaxsiy ma‘lumotlarini qo‘lda, avtomatlashtirilgan va aralash ishlov berish uchun foydalanishga o‘z roziligini beradi. Amaldagi ishlov berish usullari ma‘lumotlar bazasini kerakli mezonlarga muvofiq segmentatsiyalashni o‘z ichiga oladi, lekin ular bilan chegaralanmaydi.

Ushbu rozilik Ishtirokchi tomonidan Tashkilotchiga har qanday amaliyotlarni bajarish uchun berilib, Ishtirokchiga tegishli har qanday ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi, shu jumladan: familiyasi, ismi, otasining ismi; jinsi; tug‘ilgan yili, oyi, sanasi (va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda - shaxsni tasdiqlovchi hujjatning tafsilotlari (pasport raqami, berilgan sanasi, bergan organning nomi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar), mobil telefon raqamlari, manzili elektron pochta va boshqa ma’lumotlar.

Ushbu qoidalarga muvofiq ishtirokchining shaxsiy ma‘lumotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan uchinchi shaxslarni tanlash huquqini ishtirokchi ATB Agrobankka taqdim qiladi va qo‘shimcha tasdiqlashni talab qilmaydi.

2.1.2. Aksiyada qatnashish orqali Aksiya g‘olibi deb topilgan ishtirokchi shuningdek o‘z familiyasini, ismini, otasining ismi va rasmini (fotosuratini), plastik kartasi raqamlarining bir qismini MFO va hududini Tashkilotchining https://agrobank.uz veb-saytida, shuningdek Instagram, Facebook, Telegram ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishga rozilik beradi.

2.1.3. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda, Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisini Aksiyada qatnashishdan so‘zsiz chiqarib yuborishga haqlidir. Bunday holda, Tashkilotchi ko‘rsatilgan Ishtirokchi (lar) ga nisbatan o‘z harakatlariga izoh bermaslik huquqiga ega.

2.1.4. Aksiya Ishtirokchisi Ishtirokchining o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri va / yoki yolg‘on ma‘lumotni ko‘rsatishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday salbiy oqibatlarning xavfini to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

2.1.5. Ushbu rag‘batlantiruvchi tadbirga muvofiq Aksiyaning natijasi yakuniy hisoblanadi va sudda shikoyat qilinishi mumkin emas.

2.1.6. Aksiya Ishtirokchisi aksiya tashkilotchilariga murojaat qilib istalgan vaqtda Aksiyada qatnashishdan bosh tortish huquqiga ega.

2.1.7. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisi yoki uchinchi shaxsning ushbu Aksiya o‘tkazilishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha xarajatlarni qoplamaydi.

Telekommunikatsiya va energetika tarmoqlaridagi nosozliklar, zararli dasturlarning harakatlari, shuningdek uchinchi tomonlarning ruxsatsiz kirishiga va / yoki "Agrobank" ATB dasturiy ta‘minotini va / yoki apparat majmuasini o‘chirishga qaratilgan nojuya harakatlari sababli majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi uchun Tashkilotchi javobgar bo‘lmaydi.

Agar biron sababga ko‘ra ushbu aksiya yoki uning biron bir qismi kompyuter viruslari yuqishi, nuqsonlari, manipulyatsiyasi, o‘zboshimchalik bilan aralashish, qalbakilashtirish, texnik muammolar yoki Tashkilotchining nazorati ostida bo‘lmagan har qanday sabab bilan Aksiyaning samaradorligi, xavfsizligi, halolligi va aniqligini buzishi yoki ta’sir qilishi sababli rejalashtirilgan tarzda amalga oshirilmasa Tashkilotchi Aksiyani bir tomonlama ravishda to‘xtatish yoki to‘xtatib turish yoki uning ayrim Ishtirokchilarini Aksiyadan chiqarib yuborish huquqiga ega.

2.1.8. Sovg‘alar faqat Aksiya g‘oliblariga yoki ularning vakillariga, ular sovrinni olish uchun ishonchnomani topshirgandan so‘ng beriladi.

2.1.9. G‘olibning 2022-yil 15-sentyabrgacha sovrinni olish uchun kelmaganligi mukofotdan voz kechish deb hisoblanadi va uning yutuqlari bekor qilinadi, sovrin qayta o‘ynalmaydi.

2.2. Tashkilotchi har qanday vaqtda Ishtirokchini oldindan ogohlantirmagan holda ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar va / yoki qo‘shimchalar kiritish yoki https://agrobank.uz saytiga tegishli ma‘lumotlarni joylashtirish orqali Aksiyani bekor qilish / to‘xtatish / to‘xtatib turish huquqini o‘zida saqlab qoladi.




Report Page