AKSIYA O‘TKAZISH QOIDALARI

AKSIYA O‘TKAZISH QOIDALARI


Tasdiqlayman

 “INSPIRED” QK MChJ Bosh direktori

Abdul-Axadov A.A.


AKSIYA O‘TKAZISH QOIDALARI

1.        UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar sharnomaning barcha salmoqli shartlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining (keyingi o‘rinlarda - O‘zR) 367-moddasi hamda 369-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy ofertadir. Ushbu qoidalar “INSPIRED” QK MChJ tomonidan tashkil etilgan “Payme2020” Aksiyasini tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va Sovrinlarni taqdim qilish, hamda boshqa muhim shartlariga tavsif beradi.

1.2. Ishtirokchi tomonidan mazkur Qoidalarning 3.1-bandida keltirilgan barcha shartlarning bir vaqtda bajarilishi Aksiyada ishtirok etishga rozilikni hamda mazkur Qoidalarda keltirilgan barcha shartlarga so‘zsiz roziligini bildiradi.

1.3. Ushbu Qoidalar kelgusi matnda “Aksiya” deb nomlanuvchi “Payme2020” Aksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish tartibini belgilab, ushbu tadbir “Payme” to‘lov xizmatini yanada ommalashtirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi Aksiyadir.

1.4. Aksiya tashkilotchisi - Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan “INSPIRED” qo‘shma korxonasi (“Payme” savdo belgisining egasi) bo‘lib, kelgusi matnda “Tashkilotchi” deb ataladi. Tashkilotchining yuridik manzili: 100100, Toshkent sh., Bobur ko‘chasi, 22A uy; telefon: (71)150-22-25; 150-22-26.

1.5. Aksiyada 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan har qanday jismoniy shaxs g‘olib bo‘lishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisining xodimlari (Tashkilotchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan shaxslar), hamda affillangan shaxslar va ularning oila a’zolari bundan mustasnodir.

1.6. Mazkur Aksiya lotereya yoki boshqa, tavakkalchilik bilan bog‘liq o‘yin emas, Aksiya ishtirokchilari unda ishtirok etish bilan bog‘liq hech qanday mulkiy tavakkalchilikka duch kelmaydilar. Aksiyani o‘tkazish protsedurasi ishtirokchilar tomonidan to‘lov kiritilishi bilan bog‘liq emas va Aksiyaning sovrin jamg‘armasi to‘liqligicha Tashkilotchi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi.

1.7. Bir martalik pul mukofotining miqdori quyidagi ko’rsatkichlarga muvofiq belgilanadi:

1.8. Aksiyani o‘tkazish muddatlar:

Boshlanish sanasi: 2020 yil “01” iyun.

Yakunlanish sanasi: 2020 yil “22” iyun.

1.9. Aksiya G‘oliblarini aniqlash sanasi va vaqti:

2020 yil 08 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 dan 23:00 gacha.

2020 yil 15 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 dan 23:00 gacha.

2020 yil 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00 dan 23:00 gacha.

2.        AKSIYАNING SOVRIN JAMG‘ARMASI

2.1. Aksiya sovrinli jamg‘armasi to‘liqligicha Tashkilotchi mablag‘larilan shakllantirilib, Aksiya G‘oliblariga Sovrinlarni taqdim qilishga mo‘ljallangan.

2.2. Sovrin jamg‘armasi o‘z ichiga quyidagi sovrinlarni oladi:

• 100 000 so’m miqdorida 30 (o’ttizta) pul mukofoti

• 500 000 so’m miqdorida 15 (o’n beshta) pul mukofoti

• 1 000 000 so’m miqdorida 3 (uchta) pul mukofoti

Jismoniy shaxslardan daromad solig‘ining ushlab qolinishi O‘zR amaldagi qonunchiiliga muvofiq o‘rnatilgan tartibda Aksiya Tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.

2.3. Tashkilotchi Sovrinlar tarkibini o‘zgartirish yoki kengaytirish huquqini o‘zida qoldiradi.

2.4. Pul mukoftoti ko‘rinishidagi sovrin “Payme” to‘lov servisida asosiy karta sifatida ro‘yxatga olingan, G‘olibning shaxsiy bank plastik kartasi hisobiga tushirib beriladi. Mablag‘ tushirilayotgan vaqtda bank kartasi faol bo‘lishi shart.

3.AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

3.1. Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarning barchasini bajarishi lozim:

a) “Payme” to‘lov servisida ro‘yxatga olingan foydalanuvchi bo‘lishi va “Payme” to‘lov servisida ro‘yxatga olingan, hamda “Payme” to‘lov servisida Aksiya o‘tkazilish davrida faol bo‘lgan karta egasi bo‘lishi;

b) Aksiyani o‘tkazish davrida bir bank kartasidan ikkinchisiga bir martalik miqdori 25 000 (yigirma besh ming) so‘mdan kam bo‘lmagan pul o‘tkazmasini amalga oshirishi shart. Biron bir sababga ko‘ra tranzAksiya bekor qilingan taqdirda, ushbu shart bajarilmagan deb hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan shartlar bajarilganidan so‘ng, ishtirokchiga Aksiyada ishtirok etish va Sovrinlar o‘yini haqida push -xabar yuboriladi.

3.2. Aksiya G‘oliblarini aniqlash tartibi:

3.2.1. Aksiya g‘oliblarini aniqlashda maxsus uskunalardan foydalanilmaydi.

3.2.2. Aksiya G‘oliblarini aniqlash uchun ularga berilgan individual raqamlar (kelgusi matnda ID-raqam - ushbu raqam 3.1-bandga muvofiq amalga oshirilgan har bir tranzAksiya uchun beriladi), Aksiya shartlari bajarilgan taqdirda Random elektron dasturiga (tasodifiy raqamlarni tanlash generatori) kiritiladi.

3.2.3. Sovrinni olishga haqli bo‘lgan Aksiya G‘olibi sifatida ID-raqami Random dasturi orqali tanlangan Aksiya ishtirokchisi bo‘ladi. Bunda Aksiya G‘olibini aniqlash algoritmi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

а) Tolov yoki bir bank kartasiga ikkinchi kartadan pul o’tkazmasini Payme orqali amalga oshirgan har bir foydalanuvchiga ID-raqami beriladi:

b) Random dasturiga foydalanuvchilarning ID-raqamlari yuklanib, dastur tasodifiy saralash yo‘li bilan G‘olibni aniqlaydi. ID-raqami dastur tomonidan 1-son bilan tanlangan foydalanuvchi G‘oliblikni qo‘lga kiritadi.

3.2.4. G’oliblarni tanlash jarayoni uch bosqichda o’tkaziladi:

2020 yil 09 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00-23:00 oralig’ida

(Sovg’alar o’yinining 1 bosqichi) – Aksiyaning 16 (o’n oltita) g’olibi aniqlanadi:

10 nafar g’olib 100 000 so’mdan

5 nafar g’olib 500 000 so’mdan

1 nafar g’olib 1 000 000 so’mdan

2020 yil 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00-23:00 oralig’ida

(Sovg’alar o’yinining 2 bosqichi) – Aksiyaning 16 (o’n oltita) g’olibi aniqlanadi:

10 nafar g’olib 100 000 so’mdan

5 nafar g’olib 500 000 so’mdan

1 nafar g’olib 1 000 000 so’mdan

2020 yil 23 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:00-23:00 oralig’ida

(Sovg’alar o’yinining 3 bosqichi) – Aksiyaning 16 (o’n oltita) g’olibi aniqlanadi:

10 nafar g’olib 100 000 so’mdan

5 nafar g’olib 500 000 so’mdan

1 nafar g’olib 1 000 000 so’mdan

3.2.5. AKSIYANING HAR BIR ISHTIROKCHISI HAR BIR TOIFADA FAQAT BIR MARTA G’OLIB BO’LISHI MUMKIN

DIQQAT: Sovrinni yutib olgan Aksiya Ishtirokchisi sovrinlar o‘yinining keyingi bosqichlarida ishtirok etmaydi.

HAR QANDAY IShTIROKChI FAQAT BIR MARTA G‘OLIB BO‘LIShI MUMKIN.

4.     SOVRINLARNI OLISH TARTIBI VA MUDDATLARI

Aksiyada ishtirok etish shartlari va Sovrinlarni olish tartibi yuzasidan ma’lumot uchun telefon:

+998 (78) 150 22 45

+998 (71) 200 02 05

Aksiya G‘olibi Sovrinni olganidan so‘ng Tashkilotchi xodimiga har qanday qulay yo‘l bilan quyidagi ma’lumot va hujjatlarni taqdim qilish majburiyatini oladi:

-Aksiya G‘olibi sifatida tan olinganlik to‘g‘risidagi Push xabar;

-shaxsni tasdiqlovchi hujjat (O‘zR fuqarolik pasporti, O‘zR hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari uchun yashash ruxsatnomasi yoki O‘zR hududida doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslar uchun yashash ruxsatnomasi.);

- soliq to‘lovchining indinvidual raqami (STIR) - nusxasi;

- mobil telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa).

- Sovrinni bank kartasiga o‘tkazish uchun bank kartasini chiqargan bank rekvizitlari (Bank kodi, STIR, tranzit hisob raqami (2312…), bank kartasining raqami).

Agar Aksiya G‘olibi Push xabar olinganidan so‘ng 10 kun ichida Sovrinni olish va Aksiya G‘olibi haqidagi ma’lumotni https://blog.payme.uz/ da joylashtirish uchun murojaat qilmasa, Aksiya Sovrinining o‘yin natijalari bekor qilinib, Sovrin Aksiya bo‘yicha Sovrinlar o‘yinining keyingi bosqichida qaytadan o‘ynaladi.

Yuqorida keltirilgan ro‘yxat asosida hujjatlar taqdim qilindagina Aksiya Ishtirokchisi yutib olgan Aksiya sovrinini olishi mumkin.

O‘zR qonunchiligiga muvofiq, pul mukofoti ko‘rinishidagi sovringa Jismoniy shaxslar daromad solig‘iga tortilib, O‘zR SKning 377 moddasi 4 bandiga muvofiq qo‘shimcha daromadlar toifasiga kiritiladi.

5.QO’SHIMCHA SHARTLAR

5.1. Tashkilotchi istalgan vaqtda mazkur Qoidalarga shartsiz ravishda, bir tomonlama tarzda o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar qo‘shish huquqini o‘zida qoldirib, ushbu o‘zgarish va/yoki qo‘shimchalar to‘g‘risidagi muvofiq ma’lumot Tashkilotchining https://blog.payme.uz/ manzilidagi veb-saytida e’lon qilinadi.

5.2. Aksiyada ishtirok etayotgan Ishtirokchi Tashkilotchining internet-saytida joylashtirilgan Qoidalarga to‘liq va shartsiz roziligini, Ishtirokchi tomonidan ilovada ro‘yxatga olinayotgan vaqtida Tashkilotchi “INSPIRED” QK MChJ tomonidan o‘tkaziladigan reklama, marketing va boshqa dastur va Aksiyalarda ishtirok etish, hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashgan qaratilgan tadqiqot ishlari, marketing va/yoki statistik va/yoki boshqa tadqiqotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarni rivojlantirish, Ishtirokchini yangi xizmatlar, maxsus takliflar va reklama Aksiyalari, “INSPIRED” QK MChJ tomonidan taklif etilayotgan chegirma va bonuslar tizimlari, hamda “INSPIRED” QK MChJ va uchinchi shaxslar ishtirokidagi birgalikda xizmatlar, mahsulotlar (tovarlar, ishlar) haqida xabardor qilish uchun Ishtirokchi bilan turli aloqa vositalari yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani, shu jumladan, pochta va elektron pochta orqali, mobil telefonga (sms-xabar), push-xabarlar, shu jumladan, O‘zR “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida keltirilgan tushunchaga mos bo‘lgan boshqa yo‘llar bilan, hamda Tashkilotchi tomonidan O‘zR amaldagi qonunchiligi, xususan O‘zR Soliq kodeksiga muvofiq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq maqsadlarda taqdim qilganini bildiradi.

5.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o‘z xohishi va manfaatlari yo‘lida harakat qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuninga muvofiq, Tashkilotchi - “INSPIRED” QK MChJ ga (O‘zR qonunchiligining shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi va ishlov berilganda ularning xavfsizligini ta’minlash sharti bilan), Tashkilotchi va uning kontragentlari tomonidan ularga ishlov berish (yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, to‘plash, saqlash, tasdiqlash, aniqlik kiritish), shaxssizlashtirish, tarqatish, taqdim qilish, yuborish (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuborish), blokirovka qilish, yo‘q qilish, bunda avtomatizatsiya vositalari va ma’lumotlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan, boshqa dasturiy vositalardan foydalangan holda, hamda Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga qo‘ldan, avtomatlashtirilgan va aralash ishlov berish, “INSPIRED” QK MChJ va uning kontragentlari orasida Internet tarmog‘idan foydalangan yoki foydalanmagan holda uzatishga roziligini bildiradi. Foydalanilayotgan ishlov berish usullari o‘z ichiga (cheklovlarsiz) zarur toifalarga ko‘ra ma’lumotlar bazasini segmentatsiya qilishni ham oladi.

5.4. Mazkur rozilik yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish yo‘lida Ishtirokchi tomonidan Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan har qanday hatti-harakatlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi, shu jumladan uning: familiyasi, ismi, otasining ismi; jinsi; tug‘ilgan yili, kuni, oyi; (O‘zR qonunchiligida, xususan O‘zR Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda esa shaxsni tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (pasport raqami va seriyasi, berilgan sanasi, bergan organ nomi, hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlari), soliq to‘lovchining individual raqami, mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzili, bank kartasining raqami va sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

5.5. Mazkur Qoidalarga muvofiq Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish jarayoniga jalb qilinuvchi uchinchi shaxslarni tanlash huquqi Ishtirokchi tomonidan “INSPIRED” QK MChJga berilib, qo‘shimcha kelishuvni talab qilmaydi. Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berilishi O‘zR amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

5.6. Aksiyada ishtirok etayotgan Ishtirokchi G‘olib bo‘lgan taqdirda, o‘zining ismi, familiyasi, otasining ismi va tasviri (fotosurati)ning Tashkilotchining http://www.payme.uz manzilidagi saytida, hamda bosma nashrlar, radio va televizion dasturlar, Internet OAV va boshqa ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Instagram, «VKontakte», Facebook tarmoqlarida (cheklovlarsiz) joylashtirilishga o‘z roziligini bildiradi.

5.7. Mazkur Qoidalar buzilgan taqdirda, Tashkilotchi Ishtirokchini Aksiyada ishtirok etishdan shartsiz tarzda chetlatishga haqli. Bunda, Tashkilotchi ko‘rsatilgan Ishtirokchi(lar)ga nisbatan qilingan hatti-harakatlarga izoh bermaslikka haqli.

5.8. Aksiya Ishtirokchisi Ishtirokchi tomonidan o‘zi haqida ko‘rsatgan noto‘g‘ri va/yoki noaniq ma’lumotlar bilan bog‘liq barcha salbiy oqibatlar uchun tavakkalchilikni to‘liq o‘z zimmasiga oladi.

5.9. Mazkur rag‘batlantiruvchi tadbir doirasida Aksiya G‘olibini aniqlash jarayoni natijalari yakuniy bo‘lib, sud tartibida bekor qilinishi mumkin emas.

5.10 Aksiya Ishtirokchisi istalgan vaqtda Aksiya Tashkilotchisiga murojaat qilib, Aksiyada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin.

5.11. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchisi yoki uchinchi shaxs tomonidan Aksiya o‘tkazilishi va Sovrinni olish bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan sarf-harajatlarni qoplamaydi.

5.12. Tashkilotchi, telekommunikatsiya va energiya tarmoqlaridagi uzilishlar, zararli dasturlar ta’siri, hamda uchinchi shaxslarning “INSPIRED” QK MChJ dasturiy va/yoki apparat majmuini ishdan chiqarish yoki noqonuniy ulanishga qaratilgan noqonuniy hatti-harakatlari natijasida o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki kerakli tarzda bajara olmaganlik uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

5.13. Tashkilotchi Aksiyani bir taraflama tartibida tugatish yoki to‘xtatishga, uning alohida ishtirokchilarini chetlatishga haqli. Bunda Aksiya yoki uning bir qismi kompyuterlarga tushgan viruslar, defektlar, noqonuniy aralashuv, soxtalashtirish, texnik nosozliklar hamda Tashkilotchi va/yoki “INSPIRED” QK MChJ nazoratidan tashqari sabablarga ko‘ra rejalashtirilganday amalga oshirilishi, Aksiyaning bajarilishi, xavfsizligi, haqqoniyligi, butunligini ta’minlay olmasligi sabab bo‘lishi mumkin.

5.14. Tashkilotchi o‘zida istalgan vaqtda, shartsiz ravishda, Ishtirokchini oldindan shaxsan xabardor qilmagan holda mazkur Qoidalarga o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar kiritish, Aksiyani o‘tkazishni to‘xtatish/tugatish/bekor qilish huquqini o‘zida qoldirib, bu ishlarni Tashkilotchining internet-saytida/mobil ilovasida tegishli ma’lumotni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshiradi.


Report Page