AKSIYA EGALARI TUZILMASI

AKSIYA EGALARI TUZILMASI

Депозитарий - UzCSD

Fevral oyi yakunlariga, ya’ni 2023 yilning 1 mart holatiga ko’ra, AJlarning soni 17 taga kamaydi va 612 tani tashkil etdi.

AJlar sonining keskin qisqarishiga bir necha AJlarning tugatilishi, shuningdek, ayrim AJlarning qayta tashkil etilishi va «Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ va «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tarkibiga qo‘shib olinishi sabab bo‘ldi.

Mazkur o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.03.2019 y. PQ-4249-son "O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida"gi Qarori talablarini bajarish maqsadida amalga oshirildi.

Aksiyalarning umumiy hajmi 11 487,4 mlrd.so’mga oshdi va 178 352,8 mlrd.so’mni tashkil etdi. Aksiya chiqarilishlari umumiy hajmining o‘zgarishiga shuningdek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 15,0 trln.so‘mlik dastlabki aksiya chiqarilishi ham o‘z mutaassirligini ko‘rsatdi.

Davlat ulushining umumiy hajmi esa 88,4 mlrd.so’mga kamaydi va 134 415,9 mlrd.so’mni yoki aksiya chiqarilishlari umumiy hajmining 75,4 foizini tashkil etdi. Davlat ulushi mavjud bo’lgan aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy soni 1 taga kamaydi va 220 tani tashkil etdi.


www.deponet.uz

Telegram www.t.me/UzCSD

Facebook www.facebook.com/deponet.uz

Instagram www.instagram.com/uz.csd

Youtube www.youtube.com/channel/UCvmbI9T991EgCBD5oL0IsdQ

Report Page