"AJDODLAR JASORATI MANGU BARHAYOT"nomli tadbirdan lavhalar.

"AJDODLAR JASORATI MANGU BARHAYOT"nomli tadbirdan lavhalar.

Psixolog..Асhilova Nigina

Joriy yilning 10-may kuni Pedagogika fakulteti Psixologiya ta'lim yo'nalishi tyutori N.Achilova tomonidan "Xotira muqaddas qadrlash savobdir"nomli tadbir tashkil etildi.Tadbirda Pedagogika fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.A.G'aybullayev, Psixologiya ta'lim yo'nalishi o'qituvchilari,tyutorlar M.Muradova,N.Achilova,F.Olimova hamda 90 nafar talabalar ishtirok etishdi.

Bugungi tadbirda talabalar urushda ishtirok etgan mard yigitlarimizning mardonavor jang maydoniga ketishlarini sahna ko'rinishida yoritib berishdi va she'r, raqs,qo'shiqlar ijro etishdi.

Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yo’lda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz. Ularning xotirasini eslab yodga olamiz.

1941-1945 yillar qariyib 4 yil davom etgan qonli urush, insoniyat boshiga juda ko’p kulfatlar soldi.Urish yillari bir yarim million yurtdoshlarimiz shiddatli janglarda ishtirok etdilar.450 mingdan ziyod mard yigitlar tinchlik, osuda hayot uchun bo’lgan qonli janglarda halok bo’ldilar.

Xotira o‘zlikni anglashga o‘tmishni doimo yodda tutishga da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘udir, u orqali inson o‘ziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi. Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat o‘tmishni unutmaslik, bugungi kunni to‘g‘ri tasavvur etish hamdir.

Ushbu kun o‘tganlarni yana bir bor yod etib, osmonimiz musaffoligi, xalqimiz tinchligi yo‘lida jonlarini fido etgan ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz.





Report Page