AGROTAVSIYA

AGROTAVSIYA

Baqlajonning tavsiya etilgan navlari va tuproqqa talabi

O‘zbekiston tuproq iqlim sharoitida ekish tavsiya etilgan baqlajon navlari: “FERUZ”, “AVRORA”, "SURXON GO‘ZALI", "ZAMIN F1", "BARSELONA F1" , “ANET1” , "ROMA F1", "PANTERA F1" .

Tuproqqa talabi. Baqlajon o‘simligi mexanik tarkibi yengil, unumdor, loy qa o‘tirgan yerlarda, shuningdek, soz tuproqli va yaxshi o‘g‘itlan gan qumloq tuproqli yerlarda, tarkibida 5% gumus bo‘lgan tu proqlarda yaxshi o‘sadi. Mexanik tarkibi og‘ir yerlar va sho‘r langan yoki botqoqlangan yer larda unchalik yaxshi o‘smaydi. Baqlajonning tuproq unumdor ligiga bo‘lgan talabi ham katta. Baqlajon uchun eng yaxshi o‘tmishdosh sifatida bodring, poliz ekinlari, qovoqcha, ertagi karamdan keyin ekish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ekinlar o‘sish davrida 2-3 marta kultivatsiya qilinishi hamda tup oralig‘i yumshatilishini hisobiga ko‘pchilik begona o‘tlar yo‘qotiladi va ulardan tozalanadi. Baqlajon ildiz tizimining asosiy qismi yerning 40-50 sm qismida joylashgan. U issiqsevar o‘simlik bo‘lganligi uchun uning tuproq namligiga bo‘lgan talabi juda kuchlidir. O‘sish davrining birinchi yarmida tuproq namligi 75-80%, meva shakllana boshlaganda esa 65-70% atrofida, nordonlik (rN) 6,5-7,0 bo‘lishi lozim. U tuproq unumdorligiga talabchan. Sho‘rga o‘rtacha chidamli, neytral yoki kuchsiz sho‘rlangan yerlarda yaxshi o‘sadi. Baqlajon yetishtirishda yuqorida keltirib o‘tilgan biologik xususiyatlari va muhit sharoiti yaratilsa, undan mo‘l hosil olish mumkin.

Report Page