AGRONOMIYA VA TUPROQSHUNOSLIK kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Oila - ma'naviyat qo'rg'oni" mavzusida ma'rifat soati tashkil etildi.

AGRONOMIYA VA TUPROQSHUNOSLIK kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Oila - ma'naviyat qo'rg'oni" mavzusida ma'rifat soati tashkil etildi.

14.05.2024

         Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri O.R.Umarov so'zga chiqib, oila, odob-axloq va ta’lim-tarbiyaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o‘zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog‘lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko‘chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o‘tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib to‘g‘ri yo‘lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go‘zal xulqli bo‘lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi, deya ta'kidlab o'tdilar.

       Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o‘z odatlari bilan ba’zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi.

Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma’naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Agronomiya va tuproqshunoslik kafedrasi matbuot kotibi.




Report Page