АGROMA'LUMOT
Tog’li viloyatlar tuproqlaridan qishloq xo’jaligida foydalanish
Tog‘ tuproqlarining asosiy qismi yaylovlar sifatida va ayrim tuproq maydonlari uzumchilik, bog‘dorchilikda, sitrus, choy va texnika ekinlari (g‘o‘za, tamaki va boshqalar) yetishtirishda foydalaniladi. Ammo relyefining murakkabligi, gumus gorizontining uncha qalin bo‘lmasligi va ko‘pincha toshloq shag‘alliligi natijasida mexanizasiyadan keng foydalanish imkoniyatlari chegaralanganligi sababli tog‘ tuproqlari dehqonchilikda kam o‘zlashtirilgan.
Yaylovlarning asosiy maydoni tog‘-tundra, tog‘-o‘tloq va tog‘-dasht zonalarida tarqalgan. Alp o‘tloqlari eng yaxshi yozgi yaylov hisoblanadi. Tog‘ podzol tuproqlari zonasi juda kam o‘zlashtirilgan o‘lib, unig 3 foizigina yaylovlar, haydalma yerlar va pichan o‘riladigan maydonlardir. Boshqa qismi o‘rmonlar bilan qoplangan. Tog‘-qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari, tog‘ jigarrang tuproqlar, tog‘ qora tuproqlari va tog‘ kashtan tuproqlari dehqonchilikda ko‘proq va jadal foydalanilmoqda.
Tog‘-dasht zonasidagi haydalma yer 10-12 foizga yaqin. Tog‘li chala cho‘llar va cho‘l tuproqlarida lalmikor dehqonchilik bilan bir qatorda sug‘orish ham keng rivojlangan. Bu tuproqlarda g‘alla, sabzavot, shuningdek g‘o‘za va oshqa texnika ekinlari yaxshi o‘sadi.
Tog‘li o‘lkalarda suv eroziyasi keng rivojlanganligi sababli, ko‘pincha dehqonchilik olib borishni chegaralaydi. Shuning uchun tog‘ tuproqlarini o‘zlashtirayotganda tuproqni himoya qiluvchi tadbirlarga katta e‘tibor berish lozim.
Tog‘ tuproqlarini himoyalashda o‘rmonlarning ahamiyati nihoyatda katta. Shuning uchun o‘rmonlarni saqlab avaylab va ulardan to‘g‘ri foydalanish, eroziya hamda selga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi.
