AGROMAʼLUMOT
QISHDA BAJARILADIGAN MELIORATSIYA TADBIRLARI
Qishloq xo‘jaligi respublikamizning “Drayver” sohasi deb bejizga aytilmaydi. Sababi, mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar umumiy qishloq xo‘jaligidan olinadigan mahsulotlarning 95% ini tashkil etadi. Shu sabab, sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish ularni unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori sifatli arzon mahsulot olish eng dolzarb masala bo‘lmoqda. Buni amaliyotida esa, melioratsiya ishlarining ahamiyati juda katta. Chunki sug‘oriladigan yerlarning 55-60% sho‘rlangan va botqoqlangan, 50% eroziyalangan, 10-12% gipsli, karbonatli tuproqlardan iborat. Shu bilan birga sug‘oriladigan yerlar tarkibida juda unumsiz qum va qumloq, toshloq, shag‘al tuproqlar ham keng tarqalgan. Bir qarich ham yerning ham keraksiz, ortiqchasi bo‘lmaydi. Bu yerlardan unumli foydalanish uchun melioratsiya tadbirlari zaruriy omil hisoblanadi.

Agar sho‘rlangan yerlarning sho‘ri o‘z vaqtida yuvilmasa, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda hosilning 20-30 foizi, kuchli sho‘rlangan yerlarda 30-60 foizi yo‘qotiladi. Yaʼni mehnat havoga uchadi xolos. Bunday maydonlarda yerlarning meliorativ holatini (sho‘r yuvish, zovur, kollektor-drenajlar ishlashi) yaxshilamay turib, paxta va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlaridan kutilganidek hosilni olish amrimahol.
"Tuproqsifattahlil"DUK Axborot xizmati