AGQKSlari UCHUN TABIIY GAZ MAXSULOTINI YIL OXIRIGACHA ETKAZIB BERISH XAJMLARINI XAVOLA ETADI

AGQKSlari UCHUN TABIIY GAZ MAXSULOTINI YIL OXIRIGACHA ETKAZIB BERISH XAJMLARINI XAVOLA ETADI



"Xudutgazta'minot" AJ avtomobillarga gaz to'ldirish stantsiyalariga tabiiy gaz etkazib berish hajmini 2019 yil oxirigacha aniqladi. Ko'rsatkichlar joriy yilning birinchi yarim yilligi bo'yicha tadbirkorlarning tabiiy gazga bo'lgan maksimal talabini aks ettiruvchi so'nggi ma'lumotlar tahlilini hisobga olgan holda shakllantirilgan.

Oldindan yopiq ma'lumotlarning ommaga e'lon qilinishi keng jamoatchilik va tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek "ko'k yoqilg'i" uchun narx siyosatini takomillashtirishga imkon beradi. Iste'molchilar, birinchi navbatda, tabiiy gazni xom ashyo sifatida 2019 yil oxiriga qadar ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish imkonini beradi.

Ta'kidlash joizki, tabiiy gaz etkazib berish hajmlari endi "Xudutgazta'minot" AJ tomonidan taxliliy ko'rib chiqilib shakillantiriladi.

 O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida tashkil etilgan yangi aktsiyadorlik jamiyati iste'molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlaydigan gaz taqsimlash tarmoqlari va tegishli jihozlardan foydalanish bilan shug'ullanadi.

Tabiiy gaz etkazib berish hajmi bo'yicha barcha ma'lumotlarni "Facebook" ijtimoiy tarmog'idagi "Xudutgazta'minot" AJ rasmiy sahifasida va https://t.me/AO_Hududgaztaminot telegram kanalida olish mumkin.

 "Xudutgazta'minot" AJ matbuot xizmati

https://t.me/AO_Hududgaztaminot



Report Page