AFRIKA LAQQA BALIG‘I

AFRIKA LAQQA BALIG‘I

t.me/ykfoundation

Intensiv baliqchilik – bu baliqni kichik sig‘imlarda, hav­ zalar­da,­ baliqxonalarda va 0,5 ga.gacha katalikdagi hovuzlarda, shuningdek, yopiq suv ta’minoti qurilmalarida yetishtirish. Baliq hosildorligi intensiv baliqchilikni ekstensiv baliqchilik-dan ajratib turuvchi asosiy omil hisoblanadi. Agar ekstensiv baliqchilikda 30 s/ga.gacha baliq olinsa, intensiv baliqchilikda 1m3 suvdan 50 kg va undan ko‘p baliq yetishtiriladi.

  Odatda, baliqni intensiv yetishtirishda havzalardan foydala-niladi. Havzalar kubaturasi 8 kub/m va undan yuqori bo‘lishi mum-kin. Havzalarni betondan, shlakobloklardan, metalldan tayyor-lash, shuningdek, Samarqand zavodiga shishaplastik havzalarni buyurtma qilish mumkin. Bunda o‘rtacha hosildorlik 1 kub/m.dan 40 kg.ni tashkil qiladi.

Afrika laqqa balig‘i yirtqich baliq hisoblanib, ozuqa ratsioni­ ning asosini qisqichbaqasimonlar, suv qo‘ng‘izlari va mayda baliqlar tashkil qiladi. Shuningdek, u o‘simliklar va har xil chiqindi mahsulotlardan ham hazar qilmaydi. Bu esa o‘z navbatida shunday xulosa qilishga olib keladiki, suv havzalarida ushbu baliqni o‘sti rish yuqori rentabel baliqchilik xo‘jaligini yuzaga keltirishda dol­ zarb ahamiyat kasb etadi.

Tomorqada o‘stirilgan baliqlarga baliq va tovuqlarning chiqindi qoldiqlari (potroxa), yomg‘ir chuvalchangi va boshqa xashoratlarn-ing (masalan, kolorada qo‘ng‘izining) lichinkalari bilan boqish ham mumkin. Ushbu baliq tez qo‘lga o‘rganadi va ovqatberilayotganda suvning ustiga chiqadi.

Afrika laqqa balig‘ining go‘shti yuqori ozuqa qiymatiga ega. Tez o‘sadi (yuqori sifatli ozuqa bilan boqilganda 6-7 oy mabaynida   1 kg massaga ega bo‘ladi), yuqori zichlikda ekilganda ham o‘sti-rish imkoniyati yuqori (tabiiy suv havzalarilarida 400-600 kg/m3, sun’iy suv havzalarilarida esa 20 va undan ko‘proq kg/m3),o‘sti-rish jarayonida maxsus sharoit talab qilmaydi, uzoq masofalarga tashish jarayonida o‘ta chidamli (suvsiz nam sharoitda va harorat 14-25oC dan kam bo‘lmaganda 1,5-2 kun davomida tirik qolishi kuzatiladi), kasalliklarga chidamli.

  Afrika laqqa balig‘ining birdan-bir kamchiligi shundan iborat-ki, u nisbatan yuqori bo‘lgan haroratni xush ko‘radi. Suvning haro-rati uzoq muddat davomida 15o C dan kam bo‘lganda baliq nobud bo‘lishi kuzatiladi.

Parvarishlash. Afrika laqqa balig‘ini parvarishdashda suvning harorati 10° C dan 35°C gradusgacha, ko‘payish paytida 18° C dan ortiq, oziqlanib o‘sish davrida esa 20°C gradusdan ortiq bo‘lishi kerak.Afrika laqqa balig‘ifaol holda atmosfera kislorodidan foyda-lanadi. Havo kislorodi yirik baliqlarni 100% qoniqtirishi mumkin, kislorodsizlik sharoitiga o‘ta chidamli, loyqa suvda o‘zini yax-shi his qiladi. Fermer xo‘jaliklarida 1 m3ga 500 – 800 dona baliq chavog‘i tashlanadi.

  Suv havzalarida Afrika laqqa balig‘ini uzluksiz o‘stirish uchun o‘ziga xos sun’iy isitiladigan iliq suvli hovuz, UZB yoki boshqa suv havzachalariga (UZV, sadoklar, basseynlar) o‘tqaziladi. Ushbu suv havzalarining baliq yetishtirish mahsuldorligi 2-5 kg/m2, ya’ni 20-50 t/ga atrofida bo‘ladi.

MENYUGA QAYTISH.

Report Page