VVER-1200 reaktori bilan jihozlangan AES modeli
Bugun biz sizni Atom texnologiyalari axborot markazidagi eksponatlardan biri bilan tanishtiramiz. Kelgusida O’zbekistonda qurilishi rejalashtirilgan AES: eng oxirgi, 3+ avlodga kiruvchi VVER-1200(ВВЭР-1200) reaktori bilan jihozlangan. Ushbu turdagi reaktorlarni mubolag'asiz, hozirda dunyodagi eng xavfsiz reaktorlar deb atash mumkin. Bu turdagi VVER(ВВЭР) reaktorlarining ja'mi ishlash muddati 1000 yildan ortmoqda. Eng asosiysi shundaki, hozirgacha bu turdagi reaktorlar ishlashi davomida birorta jiddiy favqulodda vaziyatlar kuzatilmagan.
Reaktordagi yadro yoqilg'isi tsirkoniy naychalarga joylashtirilgan bo’lib, issiqlik ajratuvchi elementlari(iae) deb nomlanadi. Yoqilg'i sifatida esa UO2 uran dioksidi ishlatiladi. Uran yadrolarining bo'linishi davomida katta miqdordagi energiya ajraladi va aynan mana shu issiqlik, yoqilg’i joylashtirilgan naychalarni isitadi. VVER(ВВЭР) reaktorlari bilan jihozlangan AESlar ikki konturli sxema bo'yicha ishlaydi. Ishchi jism - suv, atom reaktoridan o'tib, bo’linish tufayli ajraladigan energiya - suvni 320 darajagacha qizdiradi. Suv - suyuq holatda qolishini ta’minlash maqsadida reaktorda 160 atmosfera bosimi ostida ushlab turiladi.
Keyin qizdirilgan suv bug 'generatoriga o’tadi va o’z issiqligini ikkilamchi zanjir suviga(bug’ generatoriga) beradi, so’ng yana reaktorga qaytariladi. Ikkinchi kontur (bug’ generatori)dagi suv bug’ga aylanadi va bug’ o’z navbatida turbinani aylantiradi. Turbinaning harakati elektr generatorini ishga tushiradi, - bu odatdagi issiqlik elektr stantsiyasida sodir bo’ladigan jarayonning aynan o’zi. 21 asrni elektr tokisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Bugungi kunda VVER-1200 reaktorli AESlar dunyodagi eng xavfsiz reaktor hisoblanishining sababi nimada? Bu haqda batafsil ma’lumot berib o’tamiz. Bizning mamlakatimizda qurilishi rejalashtirilgan AES xavfsizligi xarajatlari uning umumiy narxining 40 foizini tashkil etadi. Xavfsizlik to'rtta asosiy to'siq tizimidan foydalanishga, hamda chuqur mudofaa printsipiga asoslangan:
1) Uran yoqilg'isining sifati yuqoriligi;
2) Yoqilg'i elementlarining (tashqi qobig’ining) tsirkonyum qobig'ining mustahkamligi;
3) Po’latdan yasalgan 20 santimetr qalinlikdagi reaktor korpusi;
4) reaktor zali tashqi(muhrlangan) qobiqni o'z ichiga oladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, barcha VVER-1200 reaktorlarida aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari mavjud. Ularning yig’indisi favqulodda vaziyatlarda uchta asosiy vazifani hal qilishni kafolatlaydi:
1) Yadro reaksiyasini to'xtatilishi;
2) Doimiy issiqlik tarqalishini ta'minlash;
3) Radionuklidlarni reaktor qobig’idan tashqariga chiqishini oldini olish.
Aql bovar qilmaydigan sabablarga ko'ra, reaktor aktiv qismining harorati ko’tarilishi kuzatilsa, navbatdagi himoya tizimi ishga tushadi, bu – eritma tuzog’idir(eritma haroratini pasaytiradigan “qurbonlik” materiali bilan to’ldirilgan - stakan). Reaktor aktiv qismining harorati 2500 gradusga yetganida barcha konstruktiv tuzilma erib, eritma tuzog’iga oqib tushadi. Eritma tuzog’i - eritma haroratini pasaytirib, uni kristallaydi.
Umid qilamizki, siz endi bunday oxirgi avlod reaktorlar bilan jihozlangan AESda olinadigan energiya xavfsiz ekanligiga yana bir bor tasdiq topdingiz. Atom energiyasi - kelajak energiyasidir.


AESning sxemali diagrammasi
