ADLIYA FAXRIYLARI DOIMO E'ZOZDA
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan adliya tizimida uzoq yillar davomida ishlab, pensiyaga chiqqan xodimlarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab quvvatlash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 8-mart "Xalqaro xotin - qizlar"kuni munosabati bilan adliya tizimida uzoq yillar ishlab faoliyat olib borgan Chalayeva Nozik ayaning xolidan xabar olindi.
Bu o‘z navbatida mehnat faxriysining kayfiyati ko‘tarilishiga, ishdagi shirin va unutilmas xotiralarning esaga olinishiga zamin yaratdi. Faxriyning holidan xabar olinib, taklif va mulohazalari tinglandi.
Biz faxriylar har qanday eʼtibor, g‘amxo‘rlikdan behad quvonamiz, - deydi N.Chalayeva . Ayniqsa, mazkur eʼtibor sen uzoq yillar davomida ishlagan mehnat jamoasidan bo‘lsa, yana-da ahamiyatli. Hamkasblarim, shogirdlarim muntazam men bilan bog‘lanib, hol ahvol so‘rashadi, maslahatlashishadi. O‘zim ham imkoniyat bo‘lishi bilan jamoa aʼzolari bilan diydorlashib turaman. Bayram munosabati bilan galdagi uchrashuv va eʼtibordan qalbim to‘lqinlanib, kayfiyatim ko‘tarildi. Adliya boshqarmasi rahbariyatidan juda minnatdorman.
Ma'lumot o'rnida: Nozik Chalayeva 1984-1989-yillarda Qashqadaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi FHDY boʻlimining mudirasi, 1989-1994-yillarda Qashqadaryo viloyat ijroyai qoʻmitasi Adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, 1994-1996-yillarda Qarshi shaxar Nikoh uyi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati