“ACWA Power” kompaniyasi boshqaruv raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“ACWA Power” kompaniyasi boshqaruv raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Moliya vazirligida “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruv raisi Muhammad Abdulla Abunayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Hasan Hasanov, DXSh siyosat bo‘yicha maslahatchisi Sayyid Afsor Uddin va energetika sohasini o‘zgartirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Jo‘rayev ishtirok etdi.

“ACWA Power” tarkibidan “ACWA Power” kompaniya direktorlar kengashi raisi Muhammad Abdulloh Abunayan, Afrika va MDH mamlakatlarining biznesni rivojlantirish bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Rohit Goxale, mintaqaviy direktor Abid Husayn Malik, biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta menejer Sherzod Onarkulov, biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejer Akbar Mavlonov va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktorlar Hammad Masud va J.P. Tivari joy oldi.

Uchrashuv davomida "ACWA POWER" kompaniyasi boshqaruv raisi Abu Nayan O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi va kompaniya mamlakatimizda vodorod energеtikasini rivojlantirish uchun investitsiyalarini jalb etish, shamol elektr stansiyalari qurilishida xorijiy ekspertlari ishtirokida yuqori malakali milliy kadrlar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda issiqlik elektr stansiyalari hamda qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.Muhammad Abdulloh Abunayyan kompaniyaning uzoq muddatli va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida o‘zaro kelishuv memorandumi imzolanib, loyihalarni amalga oshirish uchun 5 yillik reja belgilandi. Loyihalardan biri 2024 yilga qadar “yashil vodorod” ishlab chiqarishni rivojlantirish hisoblanadi.


 Moliya vazirligi

Axborot xizmati

MoliyaPress


Report Page