ACCA June 2024 natijalari

ACCA June 2024 natijalari

Abdulkarim Rustamov ACCA

Anchadan beri offlayn ders o`tmayman. Strategik maqsadlarim va vaqtim sabab, onlayn tarzda ham emas, videodarslar usulida dars o`tib kelaman. Shu sabab, har imtihon sessiyasida imtihon topshirish yoki topshirmaslikni o`quvchini o`zi tanlaydi. Javoblar chiqqanidayam, manga natijalarni aytish yoki aytmaslik ularni o`ziga bog`liq.

Shu sabab, bugun sızlarga 15-Iyul ( Javoblar chiqqan kuni) kelgan o`quvchilarni xabarlaridan bo`lishaman. Bilganimcha, har biriga alohida hikoya qilishni niyat qildim.

O`quvchilardan bir shingil


Asadulloh (F5 va F7)

Asadulloh katta paperlarni endi boshlagan bolsa ham, bittada 2 ta imtihon Ham F5 ham F7 topshirishni niyat qilgandi. Boshidan jarayon ancha qiyin bo`lishini tushunardi. F5 dan ham F7 dan ham videodarslarimni sotib olgandi. Rosa qiynaldi. 2ta paperni bittada topshirayotganiga pushaymon ham bo`lgandir ba`zan. Lekin natijasi zo`r. Ikkalasidan ham o`tvoldi. Sentabr sessionga yana ikkita topshirmoqchi F8/F9. Oktabrda shu bolani natijasini yana yozsam kerak.


Javohir F7

Javohir ham F7 darslarimni sotib olgandi. Full-time ishi borligi uchun judayam ko`p vaqt ajrata olmasdiyu lekin darslarni qoldirmasdi. Ba`zan savollarni tushunishga ingliz tilidan qiynalgan paytlariyam bo`lgan. Imtihondan fail bo`ldim manimcha deb maniyam qo`rqitgan). Lekin mehnat qildi, va F7 dovonidan ham o`tvoldi. Imtihon bali 51 bo`lishi mumkin, lekin hayotda Javohirga hisobot tayyorlashni topshirsayiz, adashmaysiz.


Ulug`bek F5

F5 darslarimni sotib olgan bu o`quvchimiz asosan self study qilardilar va faqat bir marta savol so`raganlar Xolos)


Abdujalil F9

Bu yigit haqida March 2024 natijalarida aytib o`tgandim. F7 darslarimni olib, Imtihondan naq 82 bal olgandilar. Asosiy yutuqlari, ACCA o`qishda kuchli sheriklari borligi (Suxrob). 59 bal sal pastroqday tuyulishi mumkin lekin aslida bal baribir nisbiy tushuncha. Ish paytida ishlay olish muhimroq.


Suxrob F9

F9: 80 bal. Top Achiever bo`laman deb va`da bergandi)) Hali yana bir nechta imkoniyati bor) In shaa Alloh. Mart oyda F7 darslarimni olib 83 bal olgandilar, F9 dan 80. Xullas, judayam solid natijalar bor. Hayotda ko`rmaganman shu yigitlarni birortasiniyam. Ajabmas, barcha studentlarimiz bilan bir yig`ilish nasib etsa)

Laziza F5

F5 ( Performance Management) fanidan 74 olish hammagayammas). ACCAdagi eng qiyin fanlardan biri deyiladigan bu fandan pass bo`lgan odam xursand bo`ladi. Laziza oldun F3 kursimni ham olgandilar. Videodarslardagi topshiriqlarni o`z vaqtida yuborib turardilar va mana natija)


Ibrohim F8


Bu esa Ibrohim, Millat Umidi universitetidagi o`quvchim. Universitetda 2-kursni endi tugatdi lekin, guess what, ACCAdan 8 ta paperi bor)) Audit eng injiq fan)) Kayfiyatga bog`liq paper) imtihonga tayyorgarlik ko`pchilikni bezdirib yuborishi mumkin. Xudo xohlasa, Sentabrda F6 ni topshirsa, 9/9 bo`ladi). Shu yigit Toyota Supra ni yaxshi ko`radi, chunki tezdan ham tez. O`ziyam shu Supraday Imtihonlarni tez-tez topshiryapti.

O`quvchilarimga o`zim yozib natijalar qanday bo`ldi deb so`ramadim. Ularni o`zlari yozishdi. 15-Iyul kuni ertalab holatiga ko`ra bizda shular.

ACCAni videodarslar orqali organsa bo`ladimi deb so`rashga hojat qolmadi manimcha).

Videodarslar haqida ma`lumotni ( narxlari, davomiyligi) qayerdan olamiz desayiz shu linkka bosing.


Report Page