ABU ALI IBN SINO (1040) ME’MORIAL MUZEYI 40 YOSHDA

ABU ALI IBN SINO (1040) ME’MORIAL MUZEYI 40 YOSHDA

https://t.me/BuxoroAIHB

 Buyuk bobokalonimiz, ulugʻ alloma va mutafakkir, tabobat ilmi sultoni, faylasuf, matematik, ruhshunos olim, musiqachi, benazir shoir sifatida ilm-fanning 29 sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan Abu Ali ibn Sinoning tavallud topganiga 1040 yil toʻldi. Maʼlumki, Abu Ali ibn Sino tarixda yorqin iz qoldirgan buyuk allomalarimizdan biri boʻlib, uning boy ilmiy me’rosi insoniyatga hamon gʻurur va iftixor bagʻishlab kelmoqda. Alloma Sharq va Gʻarb ilm-fani, maʼrifati, madaniyat taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgani bois, oʻz davrida “Shayx ur-rais”, “Olimlar boshligʻi”, “Tabiblar podshohi” kabi yuksak maqomlarga sazovor boʻlgan. “Tib qonunlari” asari esa asrlar davomida tabobatning mufassal qomusi boʻlib qolmoqda. Buxoro viloyat Peshko‘ tuman davlat arxivi saqlovidagi fond-242, ro‘yxat-1, 107-raqamli yigʻmajildda Peshko‘ tuman xalq deputatlari ijroiya komitetining 1980 yil 30 iyundagi “Tumanda yubiley obʼektlarining qurilishi va foydalanishga topshiriladigan obyektlarning ahvolini yaxshilash haqida”gi 13/189-sonli qarori saqlanmoqda.  Oʻzbekiston KP Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Minstrlar Sovetining 1978 yil 23 avgustda qabul qilgan qarorida buyuk olim Аbu Аli Ibn Sinoning 1000 yillik yubileyi munosabati bilan Peshko‘ tumanida, jumladan olim tugʻilib oʻsgan Аfshona qishlog‘ida katta qurilishlar boshlab yuborish ko‘rsatilgan edi.

Ushbu inshootlar orasida alohida ahamiyatga ega boʻlgan me’moriy obyekt sifatida Abu Ali Ibn Sino memorial muzeyi alohida ahamiyatga ega. Muzey mashhur qomusiy olimning vatanida, Afshona qishlogʻida, Buxorodan 40 km masofada joylashgan. Muzeyda tashrif buyurgan mehmonlar olim davridagi tibbiy asboblar nusxalari, “Тibbiy fan qonunlari”, “Bilimlar kitobi” va “Shifo kitoblari” kabi nodir qo‘lyozma nusxalari, shuningdek, X asrdagi keramika buyumlari bilan tanishishlari mumkin. Muzeyda yangi ekspozitsiyalar koʻrgazmasi, koʻrkam zallar, dam olish xonalari, konferensiya xonasi va video zali faoliyat koʻrsatmoqda. 


Yodgorlik muzeyi ekspozitsiyasi Avitsenna nomi bilan Yevropada mashhur bo‘lgan Sharqning taniqli olimi Abu Ali Ibn Sino (980-1037) hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. Muzeyning yangilangan ekspozitsiyasida X-XI asrlarda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi davri tangalari, Arab (Kufi) yozuvi bilan keramika idish, “Saxiylik-solihlarning mulki” (X-XI asrlar) qo‘lyozma nusxasi, X-XI asrlarda kimyoviy moddalarni saqlash uchun loy idishlari kabi eng qiziqarli eksponatlar bilan to‘ldirilgan. Avitsenna memorial muzeyi Fransiyaning “Avitsenna-Fransiya” uyushmasi bilan mustahkam doʻstona aloqalar o‘rnatgan. Uyushma muzeyning yangi ekspozitsiyasi uchun Gerard Cremonning lotin tilidagi “tibbiy fan Canon” tarjimasining bir nechta nusxasini, shuningdek, Avitsennaga bagʻishlangan 1447-1448 qoʻlyozmalarining nusxalarini taqdim etgan. Uchbu hujjat Buxoro viloyati Peshko‘ tuman davlat arxivida saqlanmoqda.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati




Report Page