A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda xalq ta’limi ingliz tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslarini taklif etadi

A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda xalq ta’limi ingliz tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslarini taklif etadi


Mazkur onlayn kurslar Britaniya Kengashining “Online Teacher Community” platformasida yangi innovatsion yondashuvlar asosida yaratilgan bo‘lib, kurslar sizni yangi g‘oyalar, o‘qitish texnologiyalari va strategiyalarini sinf xonalarda qanday qilib qo‘llash mumkinligini o‘rgatadi. Shuningdek, kurs davomida sizda chet ellik va mahalliy hamkasblaringiz bilan fikr almashish hamda o‘z tajribangiz bilan o‘rtoqlashish imkoniyatlarini beradi.

1-kusr haqida ma’lumot

Birinchi dastur, “Pathways to Excellence” deb nomlanib, sizning o‘qitish metodologiyangiz, sinfdagi amaliyotingiz, baholash va ingliz tilini oʻrgatish uslubingizni rivojlantirishga qaratilgan.

Kurs 10 hafta davom etadi hamda ingliz tilini oʻqitish va oʻrganish bilan bogʻliq beshta asosiy mavzuni qamrab oladi. Dastur davomida xorijiy mutaxassislar tomonidan tashkil etiladigan forumlarda amaliyotda qo‘llagan metodlaringiz haqida fikr almashish va xorijiy mutaxassislardan xulosa olish imkoniyati ham bor.

Bundan tashqari, siz Buyuk Britaniyadagi baholash bo‘yicha ekspertlar tomonidan o‘tkaziladigan 7 ta vebinarni o'z ichiga olgan qo‘shimcha “Baholash Savodxonligi” modulini olish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lasiz. Barcha o‘zaro muloqotlar ingliz tili orqali amalga oshiriladi va biz ushbu yondashuvdan maksimal darajada foydalanish uchun minimal B1 darajasini talab qilamiz.

 

2-kurs haqida ma’lumoq

Ikkinchi dastur “English for Teaching” deb nomlanib, ingliz tili o‘rgatish mahortingizni rivojlantirish bilan bir qatorda til ko‘nikmalaringizni ham o‘stirish imkonini beradi.

Darslar 20 hafta davom etadi va bu vaqt oralig‘ida siz darslarda o‘quvchilarga to‘g‘ri va aniq ko‘rsatmalar berishni, reflektiv va o‘quvchilarga qaratilgan dars olib borish yondoshuvlarini o‘rganasiz. Shuningdek, dastur doirasida xorijiy mutaxassislar tomonidan forumlar hamda tajriba almashish uchun vebinarlar tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bu kurslar Ingliz tilini o‘rganish kurslari emas, balki darslarni ingliz tilida olib borish ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga qaratilgan malaka oshirish kurslaridir.

"English for teaching" kursi ingliz tilini bilish darajasi B1 dan pastroq bo‘lgan o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.

 

Eslatib o‘tamiz, arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati – 2022-yil 16-oktabr.

Dasturlarga ariza topshirish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan oʻting: https://forms.office.com/r/FZTJnFbF08

 

Kurslarda ishtirok etish bo‘yicha savollaringizga javob olish uchun telegram guruhimizga qo‘shiling: https://t.me/+vy3xtOLUFRkzZjgy  



Report Page