AAC PANEL VA BLOKLARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (GAZOBETON)

AAC PANEL VA BLOKLARI ISHLAB CHIQARISH LINIYASI (GAZOBETON)

Telegram kanal @oborudovanie_uz

Gazobeton mahsuloti sun'iy gaz hosil qilish xomashyosi, sement, gips, kvars qumi va turli xil qurilish chiqindilaridan ishlab chiqarilgani uchun, odatdagi g'ishtlardan ko'ra bir muncha yengil, chidamli, a'lo darajadagi termal, akustik ajratuvchanlik, olovga chidamlilik xususiyatlariga ega bo'ladi. Uskuna turli o'lchamda, shakllarda ishlab chiqarilishi, osonlik bilan kesilishi, mix bilan teshilishi, shakl berilishi mumkin. Ishlab chiqarishda turli qurilish chiqindilarini ma'lum miqdorda qo'shish mumkin bo'lgani uchun, bir muncha ekologik toza mahsulot deb aytish mumkin.

Avtoklavli Gazobeton Ishlab Chiqarish Jarayoni:

1 - Xomashyoni aralashtirish jarayoni: 8 daqiqa
2 - Statik ishlov berish vaqti: 1.5 ~ 3 soat
3 - Ishlov berish harorati: 40°C
4 - Ishlov berishdan keyingi mustahkamligi: 0.2 ~ 0.3 Mpa
5 - Kesish sikli: 6 daqiqa
6 - Avtoklav bosimi:

:: Vakumlash: 0 - 0.06 Mpa, 0.5 soat
:: Bosim ko'tarish: 0 - 1.3 Mpa, 2 soat
:: Ishchi bosimi: 1.3 Mpa (harorat 193±5), 7 soat
:: Tushish bosimi: 1.3 - 0 Mpa, 2 soat

7 - Xomashyo proporsiyasi:
:: Qum 69%
:: Kvars kukuni: 20%
:: Sement: 8%
:: Gips: 3%
:: Alyumin kukuni: 0.075%

Report Page