ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

Saidmurod Davlatov: Har kim boy bo‘lishi mumkin. Moddiy barqarorlik sari 12 qadam. (I qism)
Biz mashhur biznes-ustoz, tadbirkor, psixologiya fanlari doktori, inson rivojlanishi xalqaro “SAMO” markaz asoschisi va prezidenti Saidmurod  Radjabovich Davlatovning «Har kim boy bo‘lishi mumkin. Moddiy barqarorlikka 12 qadam » (Stat bogatim mojet kajdiy. 12 shagov k obreteniyu finansovoy stabilnosti) kitobini qisqacha talqinini siz aziz o‘quvchimizga taqdim etishga qaror qildik.
 Avvalam bor kitob muallifi haqida qisqacha maʼlumot beramiz.
Saidmurod Radjabovich Davlatov 1978 yil 6 iyul kuni Tojikistonda tug‘ilgan. U oilada o‘ninchi farzand bo‘lgan. Saidmurod o‘rta maktabni aʼlo baholarga tugatib uchta oliygohga o‘qishga kirdi. Oiladagi moddiy yetishmaslik va o‘sha davrda mamlakatdagi notinchlik sabab Saidmurod o‘qishni tashlab pul topish maqsadida Moskvaga ketdi. Moskvada oddiy ishchi bo‘lib ish boshladi, ishchanligi va mehnatsevarligi tufayli tez kunlarda savdo majmuasida ish boshqaruvchi lavozimiga tayinlandi. Keyinchalik Davlatov ko‘chmas mulk sohasi bo‘yicha biznes bilan shug‘ullanib 27 yoshida moddiy barqarorlikka erishdi. Bir necha muvaffaqiyatli loyihalarga investitsiya kiritdi.
Saidmurod biznes bilan shug‘ullanishni avvalida mashhur Bodo Shefer va Mirzakarim Norbekovlardan, keyinchalik  Stiven Kovi, Brayan Treysi va Smilyan Moridan o‘rgandi. Saidmurod Radjabovich o‘ttizga yaqin sohada muvaffaqiyat bilan biznes olib bordi.
2007 yil Davlatov Bishkekda inson rivojlanishi xalqaro “SAMO” markaziga asos soldi. Markazning vazifasi oddiy insonlarni muvaffaqiyatga erishib baxtli bo‘lishga, ochilmagan qobiliyatlarini namoyon etishga va maʼnaviy boy inson bo‘lishiga yordam berishdir. Buning uchun markazdagi ustozlar o‘z bilimlari bilan birga katta muvaffaqiyatga erishgan insonlarning faoliyatini chuqur o‘rgatadilar. Markaz dargohida millionlab odamlar bilim olgan. Ulardan ellik nafarga yaqini million dollardan ko‘p sarmoyaga ega bo‘lgan insonlar bo‘lib yetishdilar. 
Saidmurod Davlatov bir necha kitoblar muallifi. Uning kitoblari oddiy o‘quvchiga muvaffaqiyatga erishishiga ko‘plab g‘oyalar beradi. 
Saidmurod Davlatov o‘z kitobi: -«Hurmatli o‘quvchi!
Bu kitobda meni muvaffaqiyatga erishgan yo‘lim bayon etilgan.Men ustozlarimdan olgan bilimlarimni siz bilan baham ko‘rishga harakat qildim. Ustozlarim maqsadga erishish uchun o‘zimga bo‘lgan ishonchni oshirdilar, qiyinchiliklarni yengib o‘tishni va eng asosiysi pul bilan muomala qilishni  o‘rgatdilar. Albatta maqsadga erishish harakatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ydim. Niyatim kitobni o‘qib chiqqan inson men yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasligi»,- deb yozgan.
Kirish.
Siz boy emasmisiz?  Buning sababi nimada?
Siz qancha pul topasiz? Nima uchun bundan ko‘p pul topa olmaysiz? Albatta buni o‘ziga yarasha sabablari borligini ro‘kach qilishingiz mumkin. Ammo, har qanday sabablarni chetga surib, ko‘proq pul topishga harakat qilsangiz bo‘lmaydimi?
Sizda oldingi avlod vakillariga qaraganda boy va erkin yashash uchun ko‘proq imkoniyatlar bor. Yaratilgan imkoniyatlardan foydalaning. Buning uchun nima qilish kerak? Avvalam bor fikrlashni o‘zgartiring. Gap shundaki boy odamlar o‘zgacha fikrlaydi. Hattoki ko‘p pulga ega bo‘lishiga qaramasdan, fikrlashdan to‘xtamaydi, yangi g‘oyalar ustida ishlaydi va yana-da ko‘proq pul topishga harakat qiladi. Bunday insonlarni hamma puli olib qo‘yilsa ham, yarim yildan so‘ng yana boy bo‘lishga erishadi. Kambag‘al odamga katta miqdorda pul bersangiz, pulni pala -partish ishlatib tez kunda yana kambag‘al holiga tushadi. Boy yoki kambag‘al bo‘lishlik aksariyat hollarda odamning ichki dunyosiga, fikrlashiga va hayot tarziga bog‘liq.
O‘z bilim saviyangizga, biznesga katta muvaffaqiyatlarga erishgan insonlarning tajribasiga, baʼzi qoida va prinsiplarga tayagan holga siz o‘z sarmoyangizni maʼlum miqdorga oshirishingiz mumkin.
Saidmurod Davlatov o‘z kitobida boy bo‘lish sirlarini ochib beradi. Bu kitob tadbirkorlikni boshlab, boy bo‘lishni orzu qilgan insonlar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi qo‘llanma hisoblanadi. Kitob insonlarni o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga va katta maqsadlarga erishishiga yordam beradi.
I.Qanday qilib boy odamlardek fikrlashni o‘rganish mumkin?
Muvaffaqiyatga erishgan insonlarda doimo o‘zini g‘olib deb his qilish qobiliyatiga ega. Siz ham o‘zingizni boy odamdek his qilsangiz, boy odamdek gaplashsangiz va boy odamdek harakat qilsangiz, tez kunlarda boy odamdek fikrlashni boshlaysiz.
Agar siz tez orada muvaffaqiyatga erishishni xohlasangiz, orzulariga erishgan kuchli va ishbilarmon insonlarni kuzating
1. Agarda pulingiz ko‘p bo‘lsa nima qilar edingiz? Qo‘lingizga qog‘oz va ruchka olib pulingiz ko‘p bo‘lganda qanday ishlarni amalga oshirishni niyat qilganingizni shoshmasdan yozib chiqing.
2. Yozganlaringizni qunt bilan o‘qing. Aksariyat insonlar birinchi bor yozganda yaxshi hayot kechirish uchun hozirgi kunda o‘ziga yetishmayotgan narsalarni yozadi. Yana bir bor qo‘lingizga qog‘oz va ruchka olib asl maqsadingiz va niyatingiz haqida yozing.
3. «Nima maqsadda boy bo‘lmoqchiman?» savoliga aniq javob bering. Boy bo‘lish maqsadingiz ichki tuyg‘udan kelib chiqqan va shaxsiy bo‘lishi kerak.
 Pul topish asosiy maqsad emas, u sizga moddiy mustaqillik berib o‘z niyatingiz va maqsadingizga erishish uchun ilhomlantiruvchi vosita bo‘lishi kerak.
O‘zingizdan so‘rang: -«Boy bo‘lsam insoniylikni va maʼnaviy qadriyatlarni saqlay olamanmi?». Sizga bunday savol bekorga berilmadi, chunki katta pul qo‘liga tushgan odam o‘z nafsini jilovlay olmaslik xavfi bor.
Pul -bu elektr toki ishlab chiqaruvchi generatorga o‘xshaydi. Uni yordamida uyingizni yoriq qilishingiz, yaxshi hayot kechirish uchun barcha sharoitlarni yaratishingiz mumkin. Ammo, maʼlum xavfsizlik qoidalariga amal qilmasangiz elektr toki sizni va yaqinlaringizni hayotiga xavfli bo‘lishi mumkin.
Unutmang! Boy odam topgan pulini faqat o‘zining hashamatli hayot kechirishi uchun sarf qilmasdan, balki ehtiyojmandlarga yordam berishi ham kerak.
Shaxsiy tajriba.
Saidmurod Davlatov Moskvaga kelganidan keyin biznes bilan shug‘ullanib katta muvaffaqiyatlarga erishgan davrida, vokzalga borib Rossiya poytaxtiga birinchi bor kelgan va qiyinchilikka uchragan 100 nafarga yaqin migrantlarni topib o‘z hisobidan taom olib bergan. Qizig‘i shundaki, muhtojlarga yordam ko‘rsatib Saidmurod o‘zini boy odam deb his qilgan va shu bilan birga kimgadir yaxshilik qilish juda zavqli ekanligiga amin bo‘lgan. Odam o‘zini boy deb his qilishi, boy odamdek harakat qilishi va boy odamdek fikrlashi natijasida muvaffaqiyat keladi. Boy odam bilan kambag‘al odamning fikrlashi har xil bo‘ladi. Saidmurod Davlatovning taʼkidlashicha boy va kambag‘al odamlarning fikrlashi bir- biridan quyidagicha farq qiladi:
II. Pul boshqarishni qanday o‘rganish mumkin?
2.1. Moliyaviy rejalashtirish asoslari.
Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, har 100 nafar insonni 16 nafari boy bo‘ladi. Lekin, 16 nafar boydan faqat bir nafari o‘z boyligini umrini oxirigacha saqlay oladi. Pul topish uni saqlashdan oson. Shuning uchun ham topgan pulingizdan foydalanishni o‘rganing. Avvalam bor oz miqdordagi sarmoyangizdan foydalanishni o‘rganib olish kerak. Unutmang! Agar siz oz miqdorda bo‘ladimi yoki ko‘p miqdorda bo‘ladimi pulingizni boshqarishni bilmasangiz siz hech qachon boy bo‘lmaysiz. Pulingizdan ayrilib qolishdan qo‘rqmasdan uni boshqarishni o‘rganing. O‘zingizni imkoniyatlaringizga ishoning. Pul yo‘qotib kambag‘al bo‘lib qolishdan qo‘rqmang.
Mashq.
O‘zingiz bilan maʼlum bir miqdordagi pul olib yuring. Aytaylik uni miqdori 100, 200 yoki 500 dollarga teng bo‘lsin. Siz yoningizda doimo pul bo‘lishiga ko‘nikishingiz kerak. Albatta pulni yo‘qotib yoki oldirib qo‘yishingiz yoxud keraksiz narsaga sarf qilishingiz mumkin. Lekin, nima bo‘lganda ham siz doimo yoningizda pul bo‘lishiga ko‘niking. Bu mashq birinchidan, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi, ikkinchidan pul bilan muomala qilishni, keraksiz narsalarni xarid qilmaslikni o‘rgatadi. Pul bilan muomala qilishni o‘rganmasangiz boy bo‘lishni orzu ham qilmang.
Aksariyat insonlar qo‘lidagi pulni sarf qilib bo‘lganidan so‘ng afsuslanadi. Hattoki qayerda va qanday qilib sarf qilib qo‘yganligini aniq ayta olmaydi. Chunki moliyaviy reja yo‘q. Aniqroq aytsak, xarajat qilish rejasi bor, ammo, daromad va iqtisod qilish rejasi yo‘q, pulni iqtisod qilishni o‘rganmagan. Ishlab topgan pulni saqlashni o‘rganish kerak, aks holda qancha ko‘p miqdorda pul topilsa, shuncha ko‘p xarajat qilinadi.
Insondagi nimanidir xarid qilish vasvasasi xuddi dengiz suviga o‘xshaydi, qancha ko‘p ichilsa, chanqoq shunchalik kuchayadi.
Moliyaviy ishlarda aniq bir tizim ham zarur. Aniq bir tizim va moliyaviy reja bo‘lsa asta sekinlik bilan hayot tarzingiz farovon bo‘la boshlaydi.
Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning aksariyati katta miqdorda pul topish rejasini amalga oshirishni avvalam bor pul yig‘ishdan boshlagan. Pulni faqat juda zarur narsaga sarf qiladi. Ishlab topgan pulini 10 foizini kelajak uchun olib qo‘yadi va bundan qolgan pulning yarimisini biznesga investitsiya kiritadi. Qolgan yarimisini kunlik xarajatlarga sarf qiladi.
Albatta boshlanishida kunlik xarajatlarga ajratilgan pul kamlik qilishi mumkin.Masalan bir oylik xarajatlarga boshlanishida 200- 300 dollar ajratilar, ammo biznesdan kelgan foyda hisobida tez kunlarda 1000- 1500 dollarni bir oylik xarajatlarga ajratish mumkin.
Siz boshqacha yo‘l tutishingiz mumkin. Biznesdan foyda kela boshlagandan keyin ham kunlik xarajatlar uchun pul miqdorini oshirmang. Aksincha, iqtisod qilingan pullarni yangi biznes loyihalarga kiriting.
2.2. Moddiy himoyadan - moddiy xavfsizlikka o‘tish.
1. Oilangizga bir oylik xarajatlarni hisoblab chiqing. Masalan oilangizni ehtiyoji uchun bir oyga 500 dollar yetarli deb hisoblasangiz. 500 dollarni 6 ga ko‘paytiring 3000 dollar bo‘ladi. 3000 dollar yig‘sangiz, bilinki nima bo‘lishidan qatʼiy nazar yarim yil hech narsa bo‘lmagandek yashashingiz mumkin. Kamida 3000 dollar yig‘ilguncha, har qanday dam olish, o‘yin- kulgiga pul sarf qilishdan va qimmatbaho narsalarni xarid qilishdan o‘zingizni saqlang.
2. Yarim yilga yetadigan pul kamlik qilishi mumkin, shuning uchun ko‘proq yig‘ish kerak. 500 dollarni 12 ga ko‘paytiramiz. 6000 dollar kelib chiqadi. Shuncha pulingiz bormi, yo‘q bo‘lsa 6000 dollar yig‘ilguncha cheklovlarni davom ettiring. Unutmang! Bu pullar sizning biznesingizga hech qanday aloqasi yo‘q, bu oilaviy byudjet. Bu pulni boshqa maqsadlarga ishlatmang. Agarda vaziyat taqozosi bilan boshqa maqsadlarga ishlatib qo‘ysangiz, tezga pulni qaytarishga harakat qiling.
3. Agar oilangiz byudjeti 6000 dollarga yetsa, bir yil moddiy muammosiz hayot kechirish mumkin bo‘ladi. Yaʼni oilangiz moddiy himoyalangan bo‘ladi. Lekin bu hali moddiy xavfsizlik emas. Moddiy xavfsizlikka erishish uchun 6000 dollarni 150 ga ko‘paytirish kerak. Uning yig‘indisi 75 000 dollar bo‘ladi. Ushbu miqdordagi pulni bankka qo‘ysangiz sizning hisobingizga har oy 500 dollar kelib tushadi. Balki ushbu miqdordagi pulni boshqa biznes loyihaga kiritsangiz, undan kelgan foydani o‘ziga farovon hayot kechirishingiz mumkin.
Shaxsiy tajriba.
Saidmurod Davlatov yuqorida bayon etilgan qoidani eshitganidan so‘ng, 75 000 dollar yig‘ish uchun ishlab topgan pullarini iqtisod qilib yig‘sa 20 yil kerak bo‘ladi deb o‘ylagan. Ammo, maqsad sari qatʼiy harakat qilib yarim yildan keyin moliyaviy himoyaga yetadigan pul, yaʼni 12 ming dollar yig‘gan. Yana sakkiz oydan keyin moliyaviy xavfsizlikka erishgan. Matematik hisobga ko‘ra 75 000 dollar yig‘gan.
Har bir inson hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirish yoki qanday bo‘lsa shunday qoldirish haqida o‘zi qaror qabul qiladi. Agar hayotingizni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaror qilgan bo‘lsangiz, ozginadan pul yig‘ishni boshlang. Bir necha yildan keyin pulingiz sizning farovon hayotingiz uchun ishlaydi. Siz moddiy erkinlikka erishasiz.
2.3. Moddiy erkinlik.
O‘zingizga savol bering: «Farovon hayot kechirish uchun qancha pul kerak?» Rejangiz miqdoridagi pulni yig‘ganingizdan keyin siz moddiy erkinlikka yetishasiz.
Masalan sizga bir oyda 1 000 dollar kerak. Yuqorida bayon etilgan formulaga amal qilib, 1000 dollarni 150 ga ko‘paytiramiz, natijasi 150 000 dollar bo‘ladi. Albatta bu katta miqdordagi pul, ammo, yaxshi bir xonadon necha pul turishini bilasizmi?
O‘zingiz orzu qilgan miqdordagi pulga ega bo‘lib, siz moliyaviy erkinlikka erishasiz. Bunday miqdordagi pullarni Yevropa davlatlarida aksariyat insonlar bankka qo‘yib, uning foizidan foydalanmoqdalar.
Saidmurod Davlatov o‘z kitobida moddiy barqarorlikka erishish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tadbirlarni, boshqacha aytganda 12 qadamni bayon etgan. Har bir qadam qanday ijobiy natija olib kelishi batafsil ko‘rsatilgan.Siz ham muvaffaqiyatga erishishni niyat qilgan bo‘lsangiz ushbu qadamlarni shaxdam tashlang. Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning aksariyati shu yo‘lni bosib o‘tgan va o‘z maqsadiga erishgan.
2.4. Moddiy barqarorlik sari 12 qadam:
Davomi bor!
Manba: iknigi.net

Report Page