9-may Xotira va qadrlash kuni

9-may Xotira va qadrlash kuni

S.Muhammadova

Tarixiy xotira bor ekan, xalq o‘zining buyuk kechmishi, betakror madaniy merosi, qadriyat va an’analarini doimo yodida saqlab keladi. Xotira ajdodlarga yuksak ehtirom va hurmat ifodasidir. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘dir.

9-may Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Xotira shunay ruhiy ma'naviy qudratki, u insonning insonligini anglatuvchi, uni o'tmish va istiqbol bilan bog'lab turuvchi buyuk qadriyat, ilohiy qudratdir.

Buxoro tumanidagi 42-umumta'lim maktabi "9-may Xotira va qadrlash kuni" mavzusida tadbir o'tkazildi. Tadbirda faxriy ustozlarimiz tashrif buyurdilar. Tadbirda o'quvchilar tomonidan kuy - qo'shiqlar ijro etishda, she'rlar aytildi. Xotira – ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi. Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.


Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e'zozlash , ulug' qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug', nuroniylarga bo'lgan hurmat, e'tibor diqqat markazidadir. Xotira va qadrlash - xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug' fazilatlaridan biridir. El -yurtning tinchligi , osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog'idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko'rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz , sabr - bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o'tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish , ularga g'amxo'rlik va e'tibor ko'rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma'no mazmun boyitdi.

Shundan so'ng maktabimizning faxriy ustozlarimizdan biri K.Hidoyatova so'zga chiqib, barcha mehmonlarni va tadbir ishtirokchilarini yaqinlashib kelayotgan" Xotira va qadrlash kuni" bilan qutladi. Ushbu osoyishta va tinch kunlarga yetishish oson bo'lmaganligini, tinchlik kabi buyuk ne'matning qadriga yetish kerakligini ta'kidladi.

MMIBDO' G.Jo'rayeva

Kutubxonachi Sh.Abdullayeva

IMMBT S.Muhammadova


Report Page