ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

O‘N BIR YOSHLIK MILLIONER!
Ko‘pchilik insonlarning fikricha biznes bilan faqat kattalar shug‘ullanishi mumkin. Sizning ham fikringiz shundaymi? Ammo, yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘ziga qiziq bo‘lgan ish bilan shug‘ullanib katta miqdorga pul topgan yoshlar ko‘p. Biz sizga shundaylarning biri o‘n bir yoshida millioner Kiyeron Uilyamson haqida hikoya qilishga qaror qildik.
 «Kichik Mone»
Yosh bo‘lishiga qaramasdan noyob asarlar yaratib dunyoga mashhur bo‘lgan impressionist- rassom Kiyeron Uilyamson haqida ko‘pchilik eshitgan bo‘lishi mumkin.  Kiyeronni asarlarini mashhur fransiyalik impressionist Klod Monega yaratgan asarlarga o‘xshatishadi va shu sababli Kiyeronni  «Kichik Mone»deb atashadi.
Kiyeron Uilyamson 2002 yil Angliyaning sharqidagi Norfolk grafligida tug‘ilgan. U besh yoshda to‘lganida oila aʼzolari bilan birga Angliyaning janubiy-g‘arbiga sayohatga yo‘l oladi. Sayohat vaqtida ular Kornuoll grafligiga ham tashrif etdilar. Mana shu graflikda yosh Kiyeronning rassomlik isteʼdodi namoyon bo‘ldi. Bunga nima sabab bo‘lganligini Kiyeronning o‘zi ham va oila aʼzolari ham aniq aytib bera olishmaydi. Balki muhitni o‘zgarishi yoki  Kornuoll grafligini go‘zal manzarasi sabab bo‘lgandir. Nima sabab bo‘lganidan qatʼiy nazar yosh rassomning isteʼdodi shu yerda namoyon bo‘ldi. Uning asarlarida tabiat manzaralari, shahar ko‘chalari, binolar, tog‘ va suv havzalari tasvirlangan. Kiyeronning qiziqishini ota- onasi tomonidan har taraflama qo‘llab- quvvatladilar. Bir yildan keyin Kiyeron o‘z isteʼdodi tufayli Giness rekordlar kitobiga kiritildi.
Birinchi moddiy foyda.
 Sayohatdan qaytib kelgan Kiyeron bir necha asarlar yaratdi. 2009 yil yosh rassomning asarlarining birinchi ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma jarayonida Kiyeronning 23 asari ixlosmandlar tomonidan sotib olindi. Buning natijasida yetti yoshlik Kiyeron 23 ming dollar foyda ko‘rdi. Bir yildan keyin tashkil etilgan ko‘rgazmada yosh rassomning 33 asari sotib olindi. Kiyeronning o‘zi esa 200 ming dollarga boyidi.
Yosh rassom haqida xabar noyob asarlar ixlosmandlar orasida tez tarqala boshladi. Kiyeron Uilyamson o‘zining asarlarining keyingi ko‘rgazmasida 600 ming dollar foyda ko‘rdi. Uning asarlarini Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlaridan kelgan ixlosmandlar xarid qilishgan.  Kiyeron o‘z asarlarining xarididan 2,3 million dollar foyda ko‘rdi va 11 yoshida millioner bo‘ldi.
Kiyeron Uilyamsonning biznesi.
Hozirgi vaqtda Kiyeron «Kieron Williamson Limited» kompaniyasining egasi. voyaga yetmaganligi sababli kompaniyani to‘la qonli boshqara olmaydi. Kompaniyani boshqarishga sanʼatdan uzoq bo‘lmagan ota- onasi yaqindan yordam berishmoqda. Yosh rassom badiiy asar yaratishni to‘xtatmagan. Oxirgi vaqtlarda u yaratgan asarlar ixlosmandlar tomonidan ijobiy kutib olinmoqda.
Kiyeron qanchalik ko‘p mehnat qilmasin, u yaratayotgan asarlar soni ixlosmandlarning talabini to‘la qondirishga yetmaydi. Hattoki hali yaratilmagan asarlarini xarid qilish uchun navbatlar tashkil etilgan. Yosh rassomning fikricha uning asarlarini xarid qilish uchun navbatda turuvchilar soni 3000 nafar ixlosmand bo‘lishi mumkin. Kiyeronning har bir asari 3500- 5000 dollarga baholanadi. Baʼzi asarlarining narxi yana-da yuqori, xususan: “Morston tongi” 12 500 dollar va «Quyosh botganda botqoq» 10 500 dollarga sotilgan. 
Kiyeron yaratgan asarlarni tomosha qilib, bunday noyob asarni voyaga yetmagan o‘spirin yaratganiga ishonish qiyin. Tanqidchilarning fikricha Kiyeronning badiiy sanʼat yaratish uslubi va texnikasini xuddi katta tajribaga ega rassomlardek.
Kiyeron erta bilan soat oltida uyqudan turib rangli bo‘yoqlar qo‘liga olib ish boshlaydi. Tengdoshlari qatori maktabga boradi, Maktabdan keyin yana o‘z ijodini davom ettiradi.
Kiyeronning ota-onasi o‘g‘lining qobiliyatidan hayron. Albatta, bir tarafdan ular o‘z o‘g‘lidan fahrlanishadi va uning yutuqlaridan juda xursand bo‘lishadi, ammo, ikkinchi tarafdan mashhurlik yosh rassomga salbiy taʼsir qilishidan xavotirda. Kiyeron haqida tarqalgan har xil gap so‘zlar yosh rassom psixologiyasiga zarba bo‘lishi mumkin deb o‘ylashadi. Chunki, OAVda yosh rassom haqida ijobiy fikrlar bilan birga salbiy fikrlar ham bildirilmoqda. Shov shuvlarga o‘ch bo‘lgan baʼzi nashrlarda hattoki, Kiyeron taqdim etgan asarlar katta yoshdagi mahoratli rassom tarafidan yaratilayotgani, muallifi sifatida yosh rassom ko‘rsatilayotgani haqida maʼlumot berilgan. 
Nima bo‘lganda ham Kiyeron o‘zining noyob asarlarini yaratish bilan band.  Kiyeronni mehnati tufayli uning oila aʼzolari hashamatli uy xarid qilib hayotdan zavqlanib yashamoqdalar.
 Katta muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramasdan, Kiyeron maqtanmaydi, tengdoshlari orasida o‘zini katta olmaydi. Ijoddan bo‘sh vaqtlarida tengdoshlari bilan futbol o‘ynaydi. Maktabning futbol jamoasida eng yaxshi himoyachi hisoblanadi. Kiyeronning yana bir orzusi kelajakda futbol yulduzi bo‘lish.  Kiyeron futbol yulduzi bo‘ladimi yoki noyob asarlar yaratishni davom ettiradimi buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo, yosh Kiyeron 11 yoshda erishgan muvaffaqiyati hurmatga sazovor. Hayot shuni namoyon etadiki, muvaffaqiyatga kimdir o‘zining qatʼiyatligi, kimdir olloh tomonidan berilgan isteʼdodi va yana kimdir nostandart g‘oyalar tufayli erishadi. Unutmang! Asosiysi o‘ziga yoqadigan va chin dildan bajaradigan ish bilan shug‘ullanish. Shundagina muvaffaqiyat keladi!
Siz ham yon atrofingizdagi insonlarga, yaqinlaringiz, farzandlaringizga eʼtiborlii bo‘ling. Balki ularda noyob qobiliyat bordir. Shu qobiliyat Vatanga, jamiyatga, oila aʼzolariga manfaat olib kelar. Ota bobolarimizning yorqin hayot yo‘li bunga misol bo‘ladi.
Manba: dengodel.com

Report Page