ᅠᅠ

ᅠᅠ

Marhamah Study

NESTLE KOMPANIYASINING MUVAFFAQIYAT TARIXI!
Jahonga mashhur Nestle kompaniyasi hozirgi vaqtda bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korporatsiyaga aylangan. Korporatsiya ishlab chiqarayotgan sutli bolalar taomlari, shokolad, kofe, mineral suv, muzqaymoq, yogurt, kosmetika va boshqa mahsulotlarni dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida xarid qilish mumkin. Nestle dunyo bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik va yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Biz sizga Nestle kompaniyasini asoschisi va muvaffaqiyat tarixi haqida hikoya qilishga qaror qildik. Nestle kompaniyasi nima sababdan aynan shunday ataladi? Topdingiz! Kompaniya nomi uning asoschisining familiyasidan olingan.
Kompaniya asoschisi.
Anri yoki Genrix Nestle 1814 yil 10 avgust kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Iogann Ulrixa Nestle va onasi Anna-Marii Eyman bo‘lgan. Genrix oiladagi o‘n to‘rt farzandning o‘n birinchisi edi. Qahramonimizni asli ismi Genrix bo‘lgan, ammo, farmatsevtlikka o‘qib Shveysariyaga ko‘chib o‘tganidan keyin talaffuzga oson bo‘lishi uchun o‘z ismini Anriga o‘zgartirgan. Anri Nestle Shveysariyaning Veva shahridagi dorixonalarning birida mehnat qilgan. 1843 yil bir boy ayoldan qarzga pul olib liker, rom, uksus, yog‘ va boshqa mahsulotlar ishlab chiqargan. Anre 1860 yil 23 may kuni Klementin Eman ismli ayolga uylangan. Tahlilchilarning fikricha aynan turmush o‘rtog‘i sutli bolalar taomlari ixtiro etishi uchun Anreni ilhomlantirgan. Nestle sigir sutiga bug‘doy uni va shakar qo‘shib bir necha bor tajribalar o‘tkazdi. 1867 yil olib borilgan tajribalar o‘zining ijobiy natijasini berdi, u «Anri Nestlening unli suti» (Molochnaya muka Anri Nestle) nomli emizikli bolalar aralashmasini ixtiro etdi. Guvohlarning taʼkidlashicha ushbu aralashma sababli bir ayolning emizikli bolasi tirik qolgan. Gap shundaki ayolning chaqalog‘i juda nimjon tug‘ilgan. Uni oziqlantirish uchun ko‘krak suti, sigir va hattoki echki suti ham to‘g‘ri kelmas edi. Ana shunday nozik vaqtda Anre Nestlening bolalar aralashmasini isteʼmol qilgan norasida bolani umri saqlab qolingan. Bu xabar tezda qo‘shni davlatlarda ham tarqaldi va tez kunda Nestle ishlab chiqargan mahsuloti butun Yevropaga mashhur bo‘ldi hamda katta muvaffaqiyat bilan sotildi.
Mahsulotga savdo belgisini tanlash ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik ishlab chiqariladigan mahsulotga «Oq xoch» tasvirini berishni taklif etganlar. Ammo, Anre «uyasidagi polaponlar» tasvirini berishni tanlaydi. Gap shundaki “Nestle” - shveysar tilida «polaponlarning uyasi» maʼnosini bildiradi. Shu tariqa ona qush uch polapon bilan uyada o‘tirgan savdo belgisi paydo bo‘lgan. Anre Nestle esa buning natijasida o‘z oilasining gerbini ham yaratgan.
1875 yil Anre Nestle o‘z kompaniyasini sotib Shveysariyaning g‘arbidagi Montryo shahrining yonida joylashgan Glion qishlog‘iga ko‘chib kelib, shu yerda umrini oxirigacha yashadi. Anre Nestle 1890 yil 7 iyul kuni yurak xuruji sababli vafot etdi. Uni Montryo shahrida dafn etishdi.
Kompaniya savdo belgisi haqidagi maʼlumotni davom ettirib, shuni aytish kerakki, 1980 yildagi kompaniya rahbarlari savdo belgidan bitta polaponni olib tashlashga qaror qilishdi. Bunday qaror qabul qilinishida XX- asrning ikkinchi yarimiga kelib Yevropalik oilalarning aksariyatida farzandlar soni ikki nafardan oshmasdi.
Raqobat.
Shuni taʼkidlash kerakki  Anre Nestle o‘z mahsulotini yaratgan vaqtda Shveysariyada amerikalik Charlz va Jordj Peydj tomonidan asos solingan quyiltirilgan sut ishlab chiqaruvchi Angliya-Shveysariya qo‘shma korxonasi xam faoliyat olib borgan edi. Bu kompaniya Nestle kompaniyasining asosiy raqobatchisi hisoblangan. XIX -asrning 70- yillarida Nestle kompaniyasi ham quyiltirilgan sut ishlab chiqarishni boshladi. XX- asrning boshlarida Nestle kompaniyasining ishlab chiqarish korxonalari AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya va Ispaniyada o‘z faoliyatini boshladi. 1905 yili Nestlé kompaniyasi Charlz va Jordj Peydj tomonidan asos solingan, quyiltirilgan sut ishlab chiqaruvchi Angliya-Shveysariya kompaniyasi bilan birlashdi. 1906 yilda kompaniya Nestlé Bear Brand nomi bilan mahsulot ishlab chiqarishni boshladi. 1907 yili kompaniya o‘z mahsulotini Avstraliyada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Osiyoda istiqomat qiluvchi aholini talabini qondirish maqsadida Singapur, Gonkong va Bombeyda omborxonalar tashkil etildi.
Birinchi jahon urushi davrida.
Birinchi jahon urushi boshlanishi aksariyat ishlab chiqaruvchi korxonalar kabi Nestle kompaniyasi faoliyatiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatgan edi. Ammo, kompaniya ishlab chiqarayotgan quyiltirilgan sut va sut kukuniga frontga yuborish uchun davlat tomonidan buyurtma berilganidan keyin, kompaniya ishlari bir muncha ijobiy tomonga o‘zgardi. Davlat buyurtmasini bajarish uchun Nestle kompaniyasi qo‘shimcha ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirdi. Urush yakunida kompaniyaga qarashli ishlab chiqarish korxonalar soni qirqdan oshgan edi.
Ammo, birinchi jahon urushi tugagandan keyin kompaniya iqtisodiy inqirozga uchradi. Chunki davlat tomonidan berilayotgan buyurtmalar to‘xtatildi. Bunday qiyin vaziyat kompaniya rahbariyatini keskin choralar ko‘rishga majbur etdi.
Kompaniyaga Shveysariyalik mashhur ekspert Luis Dallas ishga taklif etildi. Uning tashabbusi bilan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va hajmi keskin oshirildi. Luisning qobiliyati sababli kompaniya ishlari ijobiy tomonga o‘zgardi. 1938 yil jahonga mashhur Nescafe ishlab chiqarish boshlandi. Narxi qimmat bo‘lmaganligi, taʼmi yoqimliligi va aql bilan olib borilgan reklama ishlari natijasida Nescafe tez kunda dunyo bozorini egalladi.
Ikkinchi jahon urushi.
Ikkinchi jahon urushi boshlari Nestle kompaniyasiga moddiy zarar olib keldi. Yillik daromad 20 million dollardan 6 million dollarga tushdi. Ammo, olib borilgan tashkiliy ishlar o‘zini ijobiy natijasini berdi. Kompaniya ishlab chiqarish korxonalari va mutaxassislarini bir qismini AQSHga ko‘chirib o‘tkazdi. Amerika aholisi va harbiylari Nestle mahsulotlarini, ayniqsa Nescafe kukunidan tayyorlangan ichimligini  o‘zlarining kunlik taomnomalariga kiritdilar. Kompaniya o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirdi. Ayniqsa kofe, shokolad va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoga yetakchilaridan biriga aylandi. Ikkinchi jahon urushi yakuniga yetganda Nestle kompaniyasining yillik daromadi 225 million dollarni tashkil etdi.
Xolding tashkil etilishi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda kompaniya muvaffaqiyatli faoliyatini davom ettirdi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar soni oshdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va hajmi ortdi. Nestle kompaniyasini boshqa kompaniyalar bilan birlashishi natijasida Nestle Alimentana  Company  xoldingi tashkil etildi. Shuning bilan kompaniyani kengayishi yakunlanmadi. XX- asrning o‘rtalarida konserva ishlab chiqaruvchi Cross -Blackwell, keyinchalik sabzavot va mevalar bilan savdo qiluvchi Findus, 1970 yilda mevali sharbat ishlab chiqaruvchi Libby va muzlatilgan mahsulotlar bilan savdo qiluvchi Stouffer kompaniya aksiyalari sotib olindi.
Nestle oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramasdan, rahbariyat 1970-yilning o‘rtalariga kelib kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yetakchi bo‘lgan L‘Oreal kompaniya aksiyalarini xarid qilishga qaror qildi.
Keyinchalik farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan Alcon Laboratories Inc. kompaniyasi sotib olindi.
 1990 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishdagi to‘siqlar bekor qilinganidan keyin Nestle kompaniyasining mahsulotlarini chet elga sotish hajmi keskin ravishda oshdi. Buning natijasida kompaniya katta miqdorda daromad olishni boshladi.
2018 yilda kompaniya 10 milliard dollardan ko‘p daromad qildi. Ishchilar soni 308 mingdan oshdi.
Hozirgi vaqtda xar bir do‘konda Nestle kompaniyasi ishlab chiqargan kofe, shokolad, konserva, ichimlik, ziravor va boshqa mahsulotlarni uchratish mumkin. Nestle kompaniyasi o‘z mahsulotlarini oltmishdan ortiq davlatlarga yetkazib beradi. 
Manba: dengodel.com

Report Page