900 million soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

900 million soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi psixofaol dorilarni sotmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB, DXX va Prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

IIBB Axborot xizmati

Joriy yilning 16-iyul kuni, Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati tomonidan, Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX hududiy boʻlinmasi bilan hamkorlikda Toshkent tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro (X.S.) nazoratdagi xaridorga 70 dona “amino-metil” hamda 3 dona “tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 4 mln 300 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ushlandi.

IIBB Axborot xizmati

Uning yonidan yana shu kabi 7 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.

IIBB Axborot xizmati

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, mazkur dorilarni nazoratdagi xaridorga 1981 y.t. shaxs (I.J) yetkazishi kerak boʻlgan. Ammo, ota bunday qingʻir ish uchun oʻz farzandi 18 yoshli (X.S)ni yuborgan boʻlib chiqadi.

IIBB Axborot xizmati

Tezkor tadbir davom ettirilib, ota-bolaning yashash xonadoni koʻzdan kechirildi. Natijada 9.800 dona “zardeks”, 250 dona “amino-metil” hamda 15 dona “tropikamid” (qora bozordagi narxi 857 mln soʻmlik) kuchli taʼsir qiluvchi, psixofaol dori vositalari sotish maqsadida xonadonda saqlanayotganligi aniqlanib daliliy ashyo sifatida olindi.

IIBB Axborot xizmati

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 251/1 moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

IIBB Axborot xizmati



Report Page