80 yoshda tugʻilganligi qayd qilindi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi#Adliya_hudud
Inson hayotda koʻplab muammolarga duch keladi. Buning aybdori va sababchisi koʻp holatlarda uning oʻzi boʻladi. Vaqtida amalga oshirilmagan ishlar yillar oʻtib, fuqaroni turli ovoragarchiliklariga sabab boʻlishi mumkin.
Kosonsoy tumani “Ozod” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Muxtorxon Dadaxonov tuman FHDY boʻlimiga ariza bilan murojaat qildi.
Uning murojaati oʻrganilganda 1942 yilda tugʻilgan fuqaro turli sabablarga koʻra tugʻilganlik guvohnomasi qayd etilmagani maʼlum boʻldi.
Kosonsoy tuman FHDY boʻlimi fuqaroning arizasiga muvofiq birinchi marta tugʻilganlik guvohnomasi qay qilindi.
- Yurtimizda inson qadrini ulugʻlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahsinga loyiq. Ayniqsa, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda yangicha tizimga oʻtilgani koʻplab odamlarni mushkulini oson boʻlishiga xizmat qilmoqda. Bundan 7-8 yil oldingi davrni hozirgisi bilan solishtirsak yer bilan osmoncha farqni sezish qiyin emas. Birgina, avvallari bir yumush bilan davlat tashkilotiga borsangiz siz uchun arzimasdek tuyilgan ishingizni bitishiga kunlab vaqt sarf etilardi. Mana hozir inson qadri ulugʻlanayotgan yurtda qay idoraga bormang ishingiz tez va sifatli bityapti. Men shu zaminda tugʻilib, oz muddat turli sabablarga koʻra boshqa davlatda ham yashadim. Lekin, oʻsha kezlari tugʻilganlik guvohnomam yoʻqligidan juda koʻp qiynalganman. Oradan shuncha vaqtlar oʻtib, 80 yoshni qarshilaganimda tugʻilganim qayd qilindi. Bundan men, yaqinlari juda minnatdor boʻldik, deydi Muxtorxon ota Dadaxonov
Maʼlumot oʻrnida Kosonsoy tuman FHDY boʻlimi tomonidan ortda qolgan 6 oy davomida 98 ta nikoh tuzilganligi haqida, 515 ta tugʻilish, 78 ta oʻlim, 24 ta nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvlari qayd etilgan.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi
📌Kanalga ulanish👉https://t.me/namanganadliya