8-iyun Butunjahon okeanlar kuni 

8-iyun Butunjahon okeanlar kuni 

https://t.me/surxonkadastr
https://t.me/surxonkadastr

8-iyunda Butunjahon okeanlar kuni nishonlanadi. Yer yuzining 70 foizi okeandan iborat. Jahon okeani iqlimni bir me'yorda saqlab turishida ahamiyati katta. Chunki uning suvlari karbonat angidrid gazini yutuvchi vosita hisoblanadi. Olimlar jahon suv basseynini to‘rtta yirik okeanga ajratishadi: Atlantika, Hind, Tinch va Shimoliy muz okeaniga. Okeanlarni o‘rganishda okeanologiya shug‘ullanadi. Jahon okeani ilmiy tadqiqod ishlarni olib borishda asosiy ob'yekt hisoblanadi. Okeanlarni sirlarini o‘rganib borib, olimlar dengiz o‘simliklari va hayvonot olamini yangi turlarini ochib berishmoqda. Bu tadqiqotlar insonlarning farovon turmushini yaxshilashda katta ahamiyatga ega. 1992-yil Rio-de-Janero (Braziliya)da o‘tkazilgan  Xalqaro konferensiyada Butunjahon okeanlar bayramini nishonlash taklif qilindi. Shundan beri har yili 8-iyunda Butunjahon okeanlar kuni nishonlanadi. Hozirgi kunda hayvonot bog‘lari, akvariumlar, delfenariya xodimlari dengiz tubidagi hayvonot olamini va ekologik muhitni saqlab qolishga o‘z kuchlarini sarflamoqdalar. 2008-yilda BMT Bosh assambleyasi 2009-yildan bayramni rasmiy ravishda o‘tkazish haqida rezolyutsiya qabul qildi. 

Atlantika okeani 


https://t.me/surxonkadastr

Asosiy xususiyatlari. Barcha yarimsharlarda joylashgan, Buyuk geografik kashfiyotlar shu okeandan boshlangan, qirg‘oqsiz dengizi bor, meridianal yo‘nalgan eng uzun o‘rta okean tizmasi bor, eng yirik port-shaharlari bor, ichki dengizlari eng ko‘p, eng sersuv va eng uzun daryolar shu okeanga quyiladi, eng baland qalqish ham shu okeanda kuzatiladi, materiklar dreyfi giрotezasiga asos bo‘lgan, dengiz transportida dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Geografik o‘rni. Atlantika okeani beshta materik orasida joylashgan. Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho‘zilgan. Okeanning maydoni 91 mln kv km, eng keng joyi mo‘tadil kengliklarga (9 450 km) va eng tor joyi (2 620 km) shimoliy qismiga to‘g‘ri keladi.

O‘rganilish tarixi. Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko‘ra, yelkasida osmon gumbazini ko‘tarib turuvchi pahlavon) atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 1507- yilda geografik xaritaga „Atlantika okeani" nomi yozilgan. Miloddan oldingi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.

Buyuk geografik kashfiyotlar davrida B.Diash, X.Kolumb, J.Kabot, Vasko da Gama, F.Magellan, J.Kuk va boshqalar sayohatlari Atlantika okeani haqida ko‘plab ma’lumotlar berdi.

Okean tabiatini kompleks o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlanadi. „Chellenjer" kemasidagi ingliz ekspeditsiyasi, Xalqaro geofizika yilidagi (1957-1958) tadqiqotlar, Jak Iv Kusto ekspeditsiyasi davrida okean hayotiga va tabiat komponentlariga taalluqli juda ko‘p ma’lumot to‘plandi.

https://t.me/surxonkadastr

Geologik tuzilishi va relyefi. Gondvana va Lavraziya materiklarining gorizontal yo‘nalishdagi parchalanishi natijasida Atlantika okeani paydo bo‘lgan.

Geologik tuzilishida turli xil yotqiziqlar qatnashadi. Jumladan, o‘rta okean tizmalarida bazaltli va vulqonli jinslar, materik sohillarida daryolar oqizib keltirgan qum, gil, loyqa jinslar tarqalgan.

Materik sayozligi okeanning shimoliy qismida, Florida yarimoroli, Folklend orollari yonida katta maydonlarni egallaydi, Afrikaning g‘arbiy sohillarida esa tor yo‘lakni hosil qiladi. Materik yonbag‘ri ancha tik. Okean tubida O‘rta Atlantika suvosti tog‘ tizmasi shimoldan janubga 15 000 km masofaga cho‘zilgan. O‘rta Atlantika tizmasi, o‘z navbatida, Shimoliy va Janubiy Atlantika tizmalariga bo‘linadi. Bu tizmalar oralig‘ida bir nechta botiqlar joylashgan. Mazkur botiqlarning chuqurligi 3000 m dan 7000 m gacha yetadi. O‘rta okean tizmasining tepa qismini ko‘ndalang va bo‘ylama chuqur daralar — riftlar kesib o‘tgan. Okeanning eng chuqur qismi Puerto-Riko cho‘kmasi bo‘lib, 8742 m chuqurlikda joylashgan.

Iqlimi. Atlantika okeani yuza suvlarining harorati Тinch va Hind okeanlari suvlariga nisbatan past (+16,5°C). Bunga Shimoliy Muz okeanidan va Antarktida tomonidan sovuq oqimlarning kirib kelishi sababchidir. Termik ekvatorda suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati 27-28 °C. Okeanning janubiy va shi- moliy qismlarida 0 –1°C gacha pasayadi.

Okeanda barcha iqlim mintaqalari mavjud. Uning janubiy o‘rtacha kengliklarida yil davomida kuchli shamollar kuzatilsa, subtropiklarda haftalab shtil — shamolsiz kunlar bo‘ladi.

Okeanning o‘rtacha sho‘rligi (37,5‰) Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Okeanning shimoliy va janubiy chegaralarida suvning sho‘rligi 34-35 ‰, eng sho‘r dengizi O‘rta dengiz (37-39 ‰) hisoblanadi.

Oqimlari.Atlantika okeanida oqimlar halqalar hosil qiladi. Mashhur Golfstrim oqimi okeandagi qudratli daryo singari Shimoliy Amerika va Yevropa iqlimiga ta’sir qilib, shimol tomondagi muz va muztog‘ (aysberg)larning erishiga hamda tumanli kunlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Okeanning tabiat mintaqalari. Atlantika okeanining o‘rta qismida ekvatorial mintaqa joylashgan. Bu mintaqaning yillik yog‘in miqdori 1770 mm ga va suvning o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰ ga teng. Undan shimolda va janubda tropik, subtropik, mo‘tadil, subqutbiy va bitta qutbiy mintaqalarning bepoyon suvlari joylashgan. Subtropik va tropik mintaqalarda yog‘ingarchilik kam bo‘lganligi tufayli ular suvining sho‘rligi biroz ko‘tariladi.

Shimoliy subtropik mintaqada tabiati o‘ziga xos bo‘lgan Sargasso dengizi joylashgan. Dengiz suvining sho‘rligi 37 ‰ ga teng, harorati qishda 23 °C ni va yozda 28 °C ni tashkil etadi.

Insonning xo‘jalik faoliyati. Buyuk geografik kashfiyotlar Atlantika okeanidan boshlangan. Mashhur dengizchilar shu okean orqali safarga chiqqanlar. Hozir ham transportdagi ahamiyati jihatidan birinchi o‘rinni egallaydi. O‘rta dengiz sohillari dunyo turizmida birinchi o‘rinda turadi. Suvaysh (1869-y.) va Panama (1914-y.) kanallarining ishga tushirilishi okeanning ahamiyatini yanada oshirdi.

Okean shelflaridan xilma-xil boyliklar qazib olinadi, baliq ovlash ko‘proq okeanning shimolida olib boriladi.

Hind okeani 

https://t.me/surxonkadastr

Asosiy xususiyatlari. Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, eng katta suvosti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km, Gang deltasi), asosiy qismi janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi.

Geografik o‘rni. „Hind" so‘zi sanskritcha daryo degan ma’noni anglatadi.

Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari ancha parchalangan. Maydoni 76 mln kv.km.

O‘rganilish tarixi. Dastlab arablar, shumerliklar Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida suzishgan (er. av. IV-V asrlarda) bo‘lsalar, finikiyaliklar (er.av.VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar.

Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII — XII asrlarda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o‘rgandilar. Vasko da Gama Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi (1498-y.). Hind okeanini birinchi bo‘lib A.Тasman (1642-1643) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, J.Kuk (1771-1775) okean chuqurligini aniqladi.

Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi. „Chellenjer" kemasi a’zolari, UNESCO tashabbusi bilan 1960-1965-yillarda tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida mukammal ilmiy ma’lumotlar to‘pladi.

https://t.me/surxonkadastr

Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo‘ linib ketgan tog‘ tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston, G‘arbiy Hind tog‘lari va Avstraliya-Antarktida ko‘tarilmalaridir. Okeanning sharqiy qismida Markaziy va G‘arbiy Avstraliya botiqlari mavjud. Ularni bir-biridan Sharqiy Hind tizmasi ajratib turadi. Tog‘ tizmalarining kengligi 400-800 km, balandligi 2-3 km. Hind okeanining eng chuqur joyi Yava (Zond) cho‘kmasida bo‘lib, chuqurligi 7729 m ga teng.

Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25 +28 °C, janubida esa ancha past. Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dengiz suvi eng sho‘r (42 ‰), sho‘rligi eng past Bengaliya qo‘ltig‘i (30-34 ‰) suvlaridir. Yog‘inlar miqdori ekvatorial mintaqada ko‘p (3000 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam yog‘in shimoli-g‘arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda shimolda subtropik, tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘tadil, subantarktika va antarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan.

Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida planktonlar ko‘p. Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari bor. Okean suvlarida baliqlardan sardinella, skumbriya, akula, kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, molluskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, marjon riflari atrofida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda haqiqiy suvosti o‘tloqlarini uchratish mumkin.

https://t.me/surxonkadastr

Okeanning tabiat mintaqalari. Okeanning ekvatorial mintaqasida iqlim sharoiti yil davomida kam o‘zgaradi. Yuzadagi suv harorati 20-28 °C. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 2000-3000 mm ni tashkil etadi. Shunga mos tabiat kompleksi shakllangan.

Janubiy subtropik mintaqada ikkita yirik kompleksni — iliq va sovuq suv massalaridan tashkil topgan tabiat komplekslarini ko‘ramiz. Mintaqaning g‘arbiy qismida yog‘ingarchilik ko‘p (1000 mm), iliq oqimlar ta’sirida bo‘lganligidan yil davomida suvi iliq, harorati ancha yuqori bo‘ladi. Sharqiy qismida esa sovuq oqimlar ta’sirida yil davomida suvning harorati past bo‘ladi, yog‘in kam (500 mm) yog‘adi.

Okeanning janubida mo‘tadil va subantarktika tabiat mintaqalari joylashgan. Ular tabiatining shakllanishida g‘arbiy shamollar va muzli Antarktida materigining ta’siri kuchli. Mintaqalar yuza suvi nisbatan sovuq bo‘lganligi uchun shunga mos organizmlar yashaydi.

Tinch okeani 

https://t.me/surxonkadastr

Asosiy xususiyatlari. Okeanlar ichida eng keksa va eng kattasi, eng issig‘i, „olovli halqa" si mavjud, eng chuqur, biomassaga eng boy. Baliq ovlashda, dengiz, orollar soni, kuchli shamol, baland to‘lqin, suv tubi vulqonlari bo‘yicha Dunyo okeanida birinchi o‘rinda.

Geografik o‘rni. Tinch okean Dunyo okeani maydonining yarmini va Yer yuzining 1/3 qismidan ortig‘ini egallagan. Bu okean kattaligi sababli Ulug‘ okean deb ham ataladi. Okeanni beshta materik chegaralab turadi. Uni shimoli-sharqda Shimoliy Amerika, janubi-sharqda Janubiy Amerika, janubda Antarktida, janubi-g‘arbda Avstraliya, shimoli-g‘arbda Yevrosiyo materiklari o‘rab olgan. Shimoldan janubga qarab qariyb 12 ming km va g‘arbdan sharqqa qarab 17,2 ming km masofaga cho‘zilgan. Eng keng joyi ekvatorda va uning atrofida. Maydoni 180 mln kv.km.

O‘rganilish tarixi. Birinchi bo‘lib ispaniyalik V.Balboa 1513-yilda Panama bo‘ynidan o‘tib, Tinch okeanni ko‘rgan va unga Janubiy okean deb nom bergan. F.Magellan 1520-1521- yillardagi sayohati davrida uni Tinch okean deb atagan.

Okean to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar F.Magellan va J.Kuk sayohatlari tufayli to‘plangan. V.Bering va A.I.Chirikovlar 1741-yilda okeanning shimoliy qismini o‘rganishdi. I.F.Kruzenshtern, Y.V.Lisyanskiy, S.O.Makarov „Vityaz" kemasida va Jak Iv Kusto Tinch okeanda mukammal tadqiqot ishlari olib bordilar. Hozirgi vaqtda Tinch okeanni o‘rganish yuzasidan maxsus xalqaro tashkilotlar tuzilgan.

https://t.me/surxonkadastr

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. Tinch okean botig‘i eng keksa va Yer po‘stining juda katta maydonini egallaydi. Shunga asoslanib, mustaqil litosfera plitasi tariqasida ajratilgan. Ayni paytda Tinch okean litosfera plitasi o‘rta okean tizmasi zonasida kengaymoqda. Tinch okean litosfera plitasi eng serharakat plita ekanligi aniqlandi. Uning yillik siljish tezligi 10 sm dan katta (Atlas, 4-5-betlar). Shuning uchun ham bu „olovli halqa" da kuchli va halokatli zilzilalar, vulqon harakatlari takrorlanib turadi.

Okean shelfida daryo va to‘lqin yotqiziqlari, organik jinslar, okean tubida qizil gilli jinslar eng ko‘p tarqalgan. Tinch okeanda mineral boyliklar juda ko‘p.

Okean tubi relyefi. Okean tubi relyefi juda murakkab tuzilgan. Bu yerda dengiz sayozligi kam, 1,7 % maydonni egallaydi. Sayozlik faqat Bering, Oxota, Sariq va Sharqiy Xitoy dengizlarida mavjud. Materik yonbag‘irlari tik zinapoyalar hosil qiladi. Okean tubi 62,6 % maydonni egallagan. Bu yerda tog‘ tizmalari, cho‘kmalar, tekisliklar, botiqlar ko‘p tarqalgan. (Ularni xaritadan toping). Тinch okeanda minglab kilometr masofaga cho‘zilib yotgan eng chuqur cho‘kmalar ham bor. Bular Mariana (11 022 m), Тonga (10 882 m), Kermadek (10 047 m), Kuril-Kamchatka (9 783 m), Filiрpin, Peru, Chili va boshqa cho‘kmalar.

Dunyo okeanidagi chuqurligi 5 km dan ortiq bo‘lgan 35 ta botiqdan 25 tasi, chuqurligi 10 km dan ortiq bo‘lgan 5 ta botiqning barchasi shu okeanda joylashgan.

https://t.me/surxonkadastr

Iqlimi. Тinch okean eng issiq okean bo‘lib, yuzasidagi suvning harorati ekvatordan ikkala qutb tomon kamayib boradi. Ekvatorial mintaqalarda suv yuzasining harorati yil davomida 28-29 °C, Bering dengizida 2-7 °C, janubiy yarimsharning o‘rta kengliklarida 12-15 °C atrofida o‘zgaradi.

O‘rtacha yillik yog‘in miqdori ekvator atrofida 3 000 mm bo‘lsa, mo‘tadil kengliklarning g‘arbida 1 000 mm va sharqida 2 000-3 000 mm, subtropikning sharqida esa 100-200 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Okean suvining eng sho‘r qismi tropiklarga to‘g‘ri keladi (36 ‰). Eng chekka shimoliy va janubiy qismlarida sho‘rlik ancha pasayadi (32 ‰).

Okeanning g‘arbiy qismidagi tropik kengliklarda kuchli shamollar — tayfunlar (xitoycha „tay fin" — katta shamol) esib turadi. Tayfunlarning tezligi soatiga 30-50, ba’zan 100 km gacha boradi va katta to‘lqinlarni yuzaga keltiradi.

Oqimlari.Tinch okean g‘arbdan sharqqa tomon uzoq masofaga cho‘zilganligi sababli unda geografik kenglik bo‘ylab harakat qiladigan oqimlar ko‘p. Bu oqimlar okeanda issiqlikning qayta taqsimlanishiga va quruqlik iqlimiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Organik dunyosi. Тinch okean organizmlarning turli-tumanligiga ko‘ra birinchi o‘rinda turadi. Dunyo okeanidagi tirik organizmlarning yarmi shu okeanga to‘g‘ri keladi. Okeanning shimoliy qismida losossimon baliqlarning 95 % i yashaydi. Boshqa okeanlarga nisbatan hayvonlar turi 3-4 baravar ko‘p. Тridakna nomli eng yirik molluskalarning og‘irligi 30 kg ga boradi. Sovuq va mo‘tadil mintaqalarda, ayniqsa, janubiy kengliklarda uzunligi 200 m bo‘lgan gigant suv o‘simliklari o‘sadi.

Тabiat mintaqalari. Тinch okeanda barcha tabiat mintaqalari (shimoliy qutbiy mintaqadan tashqari) mavjud. Shimoldan janubga tomon subarktika, mo‘tadil, subtropik, tropik, ekvatorial tabiat mintaqalari tarkib topgan. Ular janubiy yarimsharda yana takrorlanadi.

https://t.me/surxonkadastr

Insonning xo‘jalik faoliyati. Okean sohillari va orollarida o‘nlab mamlakatlar joylashgan bo‘lib, dunyo aholisining yarmi shu joyda yashaydi. Insonlar qadimdan okean hayvonlaridan oziq-ovqat mahsuloti tariqasida foydalanib kelganlar. Hozirgi paytda Dunyo okeanida ovlanadigan baliqlarning yarmi Тinch okeanga to‘g‘ri keladi. Тurli molluskalar, qisqichbaqalar, krevetkalar, krillar ham ko‘p ovlanadi.

Shimoliy Muz okeani 


https://t.me/surxonkadastr

Asosiy xususiyatlari. Okeanlarning eng kichigi, Shimoliy qutb atrofida joylashgan, dengizlari okean maydonining yarmini egallaydi, shelf egallagan maydoniga ko‘ra birinchi o‘rinda, eng sayoz, ko‘p yillik muzlar bilan qoplangan yagona okean, eng sovuq, iqlim va tabiat mintaqalari eng kam, qo‘yho‘kiz, oq ayiqlar yashaydi, eng yirik oroli bor, uzoq qutb tunlari va kunlari bo‘ladi.

Geografik o‘rni. Okean shimoliy qutb atrofida joylashgan. Uni ikkita materik o‘rab turadi. Bering bo‘g‘izi orqali Tinch okean bilan, Skandinaviya yarimoroli - Farer, Islandiya va Grenlandiya orollari - Smit bo‘g‘izi - Kanada arxiрelaglari orqali Atlantika okeani bilan chegaralanadi. Qirg‘oqlari ancha parchalangan. Orollari ko‘p. Maydoni 14 mln kv.km.

https://t.me/surxonkadastr

O‘rganilish tarixi. Okean to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotni yunon olimi Pifey (er. av. 325- yil) yozgan va „Qayrilgan dengiz" deb nom bergan. Keyinchalik, yevropaliklar Giрerborey (yunoncha, Borey - „shimoldagi shamollar xudosi") deb atashdi. 1650-yilda B. Varenius mustaqil okean tariqasida ajratdi. XIX asrning boshlarida ichki dengiz sifatida Atlantika okeani tarkibiga kiritildi. 1845-yilda London Geografiya jamiyati, 1928-yilda Xalqaro gidrografik byuro, 1936-yilda Rus Geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeanini mustaqil okean tariqasida ajratishga qaror qildilar.

Okeanni o‘rganishda Pyotr I („Buyuk Shimol ekspeditsiyasi", 1733 - 1743- y.), M. V. Lomonosov (XVIII asrning ikkinchi yarmi), shved olimi N. A. Nordensheld (1878 - 1879-y.) larning tashkil etgan ekspeditsiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu- ningdek, XIX asr oxirida F.Nansen, S.O.Makarov (1899-y.), R.Piri (1909- y.) Shimoliy qutbni birinchi bo‘lib zabt etgan, R.Amundsen (1903-1906-y., 1918-1920-y.) va boshqalar qimmatli ma’lumotlar to‘pladilar. Hozirgi paytda Rossiya, AQSH va Kanada mutaxassislari Shimoliy Muz okeanining tabiatini o‘rganishmoqda.

https://t.me/surxonkadastr

Geologik tuzilishi va tabiiy boyliklari. Okean bundan 60 mln yil avval paydo bo‘la boshlagan. Uning tubi geologik jihatdan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo litosfera plitalari tarkibiga kiradi.

Okean tubida dengiz, daryo va aysberg yotqiziqlari katta maydonda tarqalgan. Ularning qalinligi 1000-3500 m atrofida. Shelf zonasida daryolar, dengiz oqimlari keltirgan cho‘kindi jinslar, okean markazida esa changsimon zarrachalar, biogen yotqiziqlar uchraydi.

Qazilma boyliklaridan temir rudasi shaxta usulida qazib olinadi, Norvegiya sohillarida titan sochma holda tarqalgan. Neft va gaz Kanadaga tutash suvlarda ko‘p qazib olinadi. Daryolarning quyilish joylarida, Oq, Barens, Norvegiya dengizlaridan ko‘plab baliq ovlanadi va suvo‘tlari yig‘ib olinadi.

Okean tubi relyefi. Suv tubi relyefini o‘rganish bu hududlarning dengiz emas, balki okean ekanligini ko‘rsatdi. Relyefida parallel cho‘zilgan tog‘ tizmalari, ular oralig‘ida chuqur cho‘kma (Litke cho‘kmasi, 5449 m) va botiqlar, katta maydonni egallagan shelflar uchraydi. Shimoliy Muz okeanining boshqa okeanlardan farqi shundaki, uning 70 % maydoni shelflardan iborat. Okeanning o‘rta qismidan tog‘ tizmalari va yer po‘stining tektonik yoriqlari kesib o‘tgan. Okean tagi 2000 km masofaga cho‘zilgan Lomonosov suvosti tog‘ tizmasi (balandligi 2500-3300 m) bilan ikki qismga bo‘lingan. Bu tizmadan g‘arbda Gakkel vulqonli tog‘i va sharqda Mendeleyev tog‘ tizmasi parallel cho‘zilgan. Тizmalar oralig‘ida Amundsen (chuqurligi 4321 m), Nansen (5449 m), Makarov (3940 m), Kanada (3810 m) va boshqa botiqlar joylashgan. Okeanning o‘rtacha chuqurligi 1225 m, eng chuqur joyi 5527 m bo‘lib, u Grenlandiya dengizida joylashgan.

https://t.me/surxonkadastr

Iqlimi. Okean iqlimining o‘ziga xos xususiyati Arktika markazida joylashganligi va yil davomida sovuq havo massalarining hukmronligi bilan ifodalanadi. Uzoq qutb tunlari va kunlari 3-6 oylab davom etadi. Qish oylarida qahraton sovuq (–30, –40 °C) va qorli bo‘ronlar makoniga aylanadi. Antarktida havosiga nisbatan iliq. Bunga sabab Atlantika va Tinch okeanlardan iliq va sho‘r suvlarning okean tubi oqimlarini hosil qilib kirib kelishidir. Aniqlanishicha, 150-1000 m chuqurliklarni, asosan, Atlantika okeanidan kirib keladigan iliq va sho‘r suvlar egallaydi. Okeandan Grenlandiya sovuq suv oqimi (aysberglar bilan) chiqib ketadi. Ikkita iqlim mintaqasi (arktika va subarktika) mavjud. Ko‘p yillik muzlarning qalinligi 3-5 m.

Tabiat mintaqalari. Iqlim mintaqalariga mos holda ikkita: qutbiy va qutbyoni tabiat mintaqasiga ajratilgan. Qutbiy tabiat mintaqasi okeanning chuqur joylarini egallaydi. Siljib yuruvchi muzlar bilan band. Qalashib ketgan muzlar - toroslar ko‘p uchraydi. Organizmga eng kambag‘al Arktika sahrolar zonasi shu yerlarda joylashgan.

Qutbyoni mintaqasi, asosan, dengizlar hududini egallaydi. Nisbatan organizmga (hayvonot olami va suvo‘tlariga) boy. Yozda muzlarning ko‘p qismi eriydi. Daryo suvlari okean suvlarini ancha chuchuklashtiradi. Natijada, organizmlarning rivojlanishi uchun sharoit paydo bo‘ladi. Baliqlardan treska, tishdor (zubatka), dengiz okuni, seld, paltus, kambala, shuningdek, kamayib ketgan kitsimonlar, morj, tulen, oq ayiq ko‘p uchraydi. Arktikada dengiz qushlari „qushlar bozori" ni hosil qiladi.

 Xo‘jalikda foydalanilishi. Shimoliy Muz okeani Kanada, Rossiya va qisman AQSH uchun muhim ahamiyatga ega. U birinchi navbatda arzon dengiz yo‘li hisoblanadi. Navigatsiya (kema qatnovi mavsumi) davri 1-4 oy, lekin atom muzyorar kemalari navigatsiya davrini ancha uzaytiradi. Norvegiya sohillari, Barens dengizida yil davomida kemalar qatnaydi.

https://t.me/surxonkadastr




Report Page