8- mart “Xalqaro xotin -qizlar“ bayrami muborak boʻlsin

8- mart “Xalqaro xotin -qizlar“ bayrami muborak boʻlsin


Assalomu alaykum hurmatli ayollar va onajonlar 8- mart “Xalqaro xotin -qizlar“ bayrami munosabati bilan men ham tengdoshlarim qatori sizlarga oʻzimning tabrik soʻzlarimni yoʻllamoqchiman.

Mana shu bayram butun dunyo boʻylab barcha davlatlarda keng miqyosda oʻtkazilib kelinmoqda.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida oʻtkazilgan bayram tadbirlarini musofir yurtda boʻlsam ham universitetning ijtimoiy tarmoqlarida koʻrib, ustozlar va ishchi xodim va faxriy mehmonlar hamda talaba qizlarning bayram kayfiyatlarini aʼlo darajada ekanligini guvohi boʻldim.

Shuni albatta taʼkidlab oʻtishim joizki bayram tadbirida universitetimiz rektori tomonidan ustozlar va ishchi xodim va professor oʻqituvchilari faxriy mehmonlar hamda talaba qizlarga tagdim qilingan tashakkurnoma , faxriy yorliq va estalik sovgʻalari muborak boʻlsin!

Qadrli yurtimizning barcha ayollari va opa-singillarim sizlarni mana shu bayram bilan chin yurakdan oʻzim va Belarusiya Respublikasining Vitebsk davlat “Hurmat belgisi“ ordenli Veterinariya meditsinasi akademiyasi va  “Grodno“ davlat agrar universitetida taʼlim olayotgan  barcha Oʻzbekistonlik yigitlar va oliygohlarning professor oʻqituvchilari, nomidan oʼqish va ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz!


So'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomiz “Jannat onalar oyogʼi ostidadur“ deb taʼkidlab o'tganlari bejizga aytilmagan, haqiqatdan ham bu soʼzning maʼnosi  bizni bu dunyoga keltirgan tugʻilgan davrimizdan hozirgi davrimizgacha oq yuvib oq tarab  parvarishlab kelgan  zot bu onadir .

Hamma onalar mehribon rahmdil  va oʼz farzandi uchun jonini ham berishga tayyor  barcha neʼmatlarning ham eng sarasini sizga ilinadigan  bu zot onajonlarimizdir.

Inson zotiga berilgan neʼmatlar koʼp ammo uning ichida har bir insonning oʼz ota- onasi boʼlishi bu ulugʼ neʼmat shunday ekan biz bu  neʼmatni borida qadriga yetib eʼzozlab hurmatini joyiga qoʼyishimiz bizning ham farzimiz ham qarzimizdir.

Baxtimizga onajonlarimiz sogʻ salomat boʻlsinlar!

Hayotingiz davomida oldingizga maqsad qilib olgan barcha orzularingiz amalga oshib,qalbingiz hamisha quvonchga toʻlib, toshib xonadoningizdan tinchlik fayz baraka arimasin!


Bahorning bayrami sizga ayollar,

Oilalarga sizlar berasiz bezak.

Siz haqingizda suramiz hayollar,

Sizlar bilan hayot goʼzal kelajak.


✍️Oʻzbekiston Respublikasi yosh olim kengashi hamda Respublika Doʻrmon ijodkorlar klubi aʼzosi shoir yosh olim va veterinar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Belarusiya Respublikasi Vitebsk davlat Hurmat belgisi ordenli Veterinariya meditsinasi akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultetning 4-bosqich talabasi

Kamoliddinov G'ulomjon  Xayrulla o'g'li.


🏛  AXBOROT XIZMATI

Report Page