73 yoshni qarshilagan Hazorasplik otaxon va 70 yoshli turmush oʻrtogʻining nikohlari 50 yil o'tib qonuniy bo'ldi

73 yoshni qarshilagan Hazorasplik otaxon va 70 yoshli turmush oʻrtogʻining nikohlari 50 yil o'tib qonuniy bo'ldi

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

“Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.” (Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasi)

Nikoh guvohnomasi er-xotinlik rishtasining qonuniy asosidir.

Hazorasp tumani “Pichoqchi” qishlogʻida istiqomat qiluvchi Abdullayev Sharip (1949-yil) va Usanova Kurbanlar (1951-yil) turmushlaridan 6 nafar farzandlari boʻlsada, shu kunga qadar nikohlarini qonuniy qayd etmasdan yashab kelayotgan edilar.

Hududlarda olib borilayotgan mahallabay oʻrganishlar natijasida nikoh va tugʻilganlik guvohnomalari vaqtida rasmiylashtirilmagan fuqarolar aniqlanib, ularga tegishli tartibda amaliy yordam koʻrsatilib, guvohnomalar rasmiylashtirilib berilmoqda. Shu kabi holatlardan bittasi Abdullayevlar oilasi boʻldi.

Mana oradan 50 yil vaqt oʻtib, qonuniy nikohdan oʻtmagan oilaga Hazorasp tuman FHDY boʻlimi masʼullari amaliy koʻmagi bilan er-xotinning nikohlari qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, nikoh guvohnomasi topshirildi.

"Bolalarning dard-u tashvishlari bilan ovora boʻlib, nikoh guvohnomasini olish xayoldan ham koʻtarilgan ekan. Toʻyimizga koʻp vaqt boʻlgan boʻlsa-da, guvohnoma olish uchun vaqt ajratmaganimizni qarang. Hozir nevara, chevarali boʻlganimizda birinchi marta nikohni qayd etganimiz ayolimning 70 yoshli yubiley toʻyiga ajoyib sovgʻa boʻldi", – deydi Sharip ota Abdullayev
“Endi haqiqiy oila boʻldik, quvonchimiz cheksiz” -deya er-xotin mamnuniyat bilan nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomani qoʻllariga olishdi.

 “Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida roʻyxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan eʼtiboran ular oʻrtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi.” (Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 18-moddasi)


Report Page