717 mln.so‘m miqdorga teng bo‘lgan “Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi

717 mln.so‘m miqdorga teng bo‘lgan “Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi

mitc

Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1-2-3 bosqichni tamomlagan talabalar hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari huzuridagi texnikumlar, akademik litseylarning o‘quvchilari uchun har o‘quv yilida Vazirlik stipendiyasi kvotasi ta’lim muassasalari o‘rtasida taqsimlanadi. 

Tanlov g‘oliblari quyidagi Stipendiya miqdoriga erishadilar: 

talabalarga BXM 5 barobari (1,5 mln. so‘m – 10 oy uchun 15 mln. so‘m);

o‘quvchilarga BXM 2 barobari (600 ming so‘m – 10 oy uchun 6 mln. so‘m).

Tanlov joriy yilning iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi va it-istedod.uz portali orqali hujjatlar onlayn qabul qilinadi.

Yangi tasdiqlangan tartibga ko‘ra, quyidagi baholash mezonlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🔸 Xorijiy tillarni bilish darajasi (B1,B2,C1);

🔸 Xalqaro IT-sertifikat mavjudligi;

🔸 Hakaton yoki IT-tanlovlarda ishtiroki;

🔸 Ilmiy-ijodiy va innovatsion ishlari mavjudligi;

🔸 O‘zlashtirish darajasi (GPA).

“Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi”ga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting – hozirdan tayyorgarlikni boshlang!

❗️ Batafsil ma’lumot uchun: https://it-istedod.uz/index-uz

———

Состоится конкурс «Стипендия Министерства цифровых технологий» на сумму 717 млн. сумов

Квота для стипендий министерства распределяется между образовательными учреждениями каждый учебный год для студентов, окончивших 1-2-3 курсы бакалавриата в высших учебных заведениях Министерства, а также учащихся техникумов и академических лицеев Ташкентского университета Информационных Технологий имени Мухаммада ал-Хоразми и его филиалов.

Победители конкурса получат следующие суммы стипендий:

5-кратное базовое пособие для студентов (1,5 млн сумов - 15 млн. сумов на 10 месяцев);

2-кратное студенческое пособие (600 000 сум - 6 млн. сум на 10 месяцев).

Конкурс пройдет в июле-августе этого года и прием документов будет осуществляться онлайн через портал it-istedod.uz.

Согласно новому утвержденному уставу, победители будут определяться по следующим критериям оценки:

🔸 Уровень владения иностранными языками (В1, В2, С1);

🔸 Наличие международного IT-сертификата;

🔸 Участие в хакатоне или IT-конкурсах;

🔸 Наличие научных, творческих и инновационных работ;

🔸 Средний балл успеваемости (GPA).

Получите шанс выиграть "Стипендию Министерства цифровых технологий" - начните готовиться прямо сейчас!

❗️ Подробнее: https://it-istedod.uz/index-ru

Report Page