7 ta arzimas, ammo foydali sayt g’oyalari

7 ta arzimas, ammo foydali sayt g’oyalari

Kamol To'xtayev

Ushbu maqolada eng arzimas, kichik bo’lib ko’ringan, ammo kattagina daromad olib kelishi mumkin bo’lgan 10 ta sayt g’oyasi haqida yozmoqchiman. Bu g’oyalar hozircha o’zbek tilidagi saytlar orasida amalga oshirilmagan.  

1. O’zbekona Photofunia. Agar Photofunia.com saytiga kirgan, undan foydalangan, yoki kimningdir bu sayt orqali ishlov berilgan suratini ko’rgan bo’lsangiz, saytning o’zbekona versiyasi qanday bo’lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilasi. Mashxur jurnallar muqovasida, kofe chashkasida, megashaharlarning eng gavjum joyidagi bilbordlarda o’z fotosuratingizni «joylashtirishga» imkon beruvchi ushbu sayt millionlab foydalanuvchilar orasida mashxur. Bu saytning o’zbekcha versiyasi tashkil qilinib, faqat o’zbekona, O’zbekistonga oid rasmlar uyg’unlashtirilsa, milliy saytlarimiz orasida juda mashxur bo’lib ketadi. Registon maydonida, Toshkent metropolitenida yoki Munisa Rizayeva varaqlayotgan jurnal muqovasida o’z fotosuratini ko’rishni istovchilar ko’p Ushbu turdagi sayt reklama orqali katta foyda ko’rishi mumkin. Reklamalar nafaqat saytda, balki generatsiya qilinayotgan rasmlarning ma’lum qismida ham joylashtirilishi mumkin. 

2. Telegram orqali tanishuv sayti. Odatiy tanishuv saytlari real vaqtda muloqot qilish imkonini beruvchi messenjerlar chiqishi bilan o’z ahamiyatini deyarli yo’qotdi. Endi foydalanuvchilar uchun Telegram yoki boshqa messenjerlar orqali tanishish, do’stlashish, muloqot qilish qulayroq bo’lib qoldi. TelegramFriends.com saytiga tashrif buyuring va faqat o’zbek tilida so’zlashuvchi foydalanuvchilarga mo’ljallangan ushbu turdagi tanishuv saytiga asos solish mumkin yoki mumkin emasligi haqida o’ylab ko’ring. Bunday sayt bilan reklama orqali daromad ko’rish mumkin. 

3. Oilaviy shajaralar sayti. Bunday sayt g’oyasi haqida avval ham qaysidir maqolamda yozgan edim. Bu turdagi saytda O’zbekistondagi istalgan oilaning sharajasini yaratish mumkin bo’ladi. Xohlagan foydalanuvchi saytda o’z oilasi shajarasini boshlab, uni imkoni boricha uzoqroq o’timishgacha shakllantira olishi kerak. Keyinchalik saytdagi shajaralarni birlashtirish, tutashtirish orqali sulolalarning kelib chiqish tarixini aniqlashtirish ham mumkin bo’ladi. Ushbu sayt g’oyasiga, menimcha, kasbi va qiziqishlari tarix bilan bog’liq bo’lganlar ko’proq e’tibor qaratishlari kerak. Shajaralar bilan bir qatorda bu saytda istalgan tarixiy mavzudagi blog yuritilishi ham mumkin. 

4. Ochiq va yopiq kundalik sayti. Robinzon Kruzoning kundalik yozishiga e’tibor berganmisiz? U o’z hayotidagi bor haqiqatni hech qanday bo’rttirish yoki yashirishlarsiz ochiq yozadi. Kundaligida yozganlari keyinchalik o’ziga o’tmish hayotini eslatib turishi bilan birga boshqalar uchun ajoyib sarguzasht hikoyadek zavq bag’ishlaydi. Bugungi zamonaviy hayotimizda ham oddiy odamlar orasida Kruzodek kundalik yozishga arzirli hayotni boshidan kechrayotganlar talaygina. Kundalik yozish, boshqalarning kundaligini o’qishga qiziquvchilar ham juda ko’p. Shunday bir sayt bo’lsa-yu, unda kundalik yozish osonlashtirilsa. Istalgan kishi saytga kirib o’z kundaligini tutsa. Unga kompyuterda, telefonda, email orqali va hatto sms orqali ham yozish mumkin bo’lsa. Foydalanuvchilar o’z kechinmalarini kundalik ravijda shu saytga yozib borishsa. Kundaligini boshqalar o’qishini istaganlar ochiq kundalik tutishi, istamaganlar esa faqat o’zigagina ko’rinadigan yopiq kundalikni yuritishi mumkin bo’lsa. 

Boshlanishida dunyoga mashxur Twitter sayti deyarli huddi shu maqsadda tashkil etilgan. Bizda ham shunga o’xshash saytga asos solishsa, kelajakda juda rivojlanib ketishi mumkin bo’lgan loyiha sari katta qadamlardan birini tashlagan bo’lamiz. 

5. Milliy online chat. Hozirgacha o’zbek tilidagi saytlar orasida faqat chatga mustahkam asoslangan sayt yo’q. Chatiw.com yoki ChatRoulette.com kabi saytlarning milliy ko’rinishini yarata olsak, bunday saytlarning foydalanuvchilari tez orada millondan oshib ketishi mumkin. Chatning ichki qidiruv yoki filtrlash bo’limlari davlatlarga asosan emas, O’zbekiston viloyatlari, tuman va shaharlariga asosan tashkil qilinsa, foydalanuvchilarimiz uchun juda qulay va qiziq bo’lardi. 

6. Bo’shlik/bandlik indekatori sayti. Shunday bir katalog yaratilsa, dasturchilar o’zlari haqida minimal ma’lumotni kiritib, portfoliolariga link berishsa va dasturchilar o’zlarini «Bandman» yoki «Bo’shman» degan statuslarini osonlik bilan o’zgartirib tura olishsa. Bu turdagi sayt bilan foydalanuvchilar o’zlariga kerakli bo’lgan dasturchini tezroq topa olishadi va topilgan dasturchining ayni vaqtda bo’sh yoki bandligini bilib olishadi. Tasavvur qiling, saytingizda CSS bilan bog’liq muammo chiqdi. Muammo kichik bo’lishiga qaramasdan o’zingiz uni bartaraf eta olmayapsiz. Katalogdan CSS mutaxassisini topasiz va ayni vaqtda bo’sh bo’lgan dasturchi bilan bog’lanasiz. 

Bu turdagi sayt qanchalik darajada mashxur bo’lishi haqida bilmadim, ammo sayt dasturchilar va ularning ximatiga ehtiyoj sezadigan saytlar uchun ajoyib resurs bo’lib xizmat qilishi mumkin. 

7. Statuslar sayti. Ijtimoiy tarmoqlardagi profil statuslariga turli hikmatli gaplar, fikrlar yozish urf bo’lgan. Faqat statuslar yozish va ularga klass bosish uchun mo’ljallangan sayt hozircha o’zbek saytlarida ichida yo’q. Osonlik bilan tayyorlanishi mumkin bo’lgan bu turdagi sayt o’zbekisonlik foydalanuvchilar orasida juda mashxur bo’lib ketishi mumkin. 

Report Page