6-7-11-sinflarning Adabiyot fani darsliklari yondashuvidagi muhim o'zgarishlar yuzasidan bayonot

6-7-11-sinflarning Adabiyot fani darsliklari yondashuvidagi muhim o'zgarishlar yuzasidan bayonot


Endi Adabiyot uch bosqichli yondashuv asosida o‘qitiladi

Uch bosqichli yondashuv darslikka kiritilgan asarlar mazmunini to‘liqroq tushunish uchun o‘quvchilarga yordam beradi. Bu yondashuvda bolalar asarni o‘qishdan oldin, o‘qish davomida, o‘qib bo‘lgandan keyin topshiriqlar bajarishadi. Har bir bosqichning o‘z maqsadi mavjud.

Mutolaadan oldingi topshiriqlarda bolalarga asar sarlavhasiga e’tibor berish, asarda nimalar haqida gap ketgan bo’lishi mumkinligini o’ylab ko’rishga undovchi topshiriqlar beriladi. Masalan 6-sinf Adabiyot darsligidagi “O‘g‘ri” hikoyasidan oldin “Biror qadrli narsangizni yo‘qotib qo‘yganingizda qanday holatga tushgansiz” tarzida savol berilgan. Bu savolga javob topish o‘quvchilarga asarni o‘qishdan oldin asar kayfiyatiga tushishlariga, asarni o‘qish uchun ruhan tayyorlanishlariga yordam beradi. Asarni o‘qishdan oldin beriladigan topshiriqlardan yana biri, asar nega “O‘g‘ri” deb nomlangani, o‘g‘ri kim bo‘lishi mumkinligi haqidagi savol.

Mutolaa davomida esa “nima uchun” degan savolga javob berishga majbur qiluvchi, obrazlarga, asarning muhim o’rinlariga e’tibor berib, yozuvchi nima demoqchi bo’lganini tushunib olishga undovchi savollar, topshiriqlar beriladi.  Masalan, “O‘g‘ri” hikoyasiga qaytadigan bo’lsak, nega dehqon uchun ho‘kiz muhim hayvon bo‘lgani haqida savol berilgan. Bu esa asarni o‘qish davomida detallarga e’tibor qaratishga va shu detallar orqali mazmunni chuqurroq tushunishga undaydi.

Mutolaadan keyin esa, o‘quvchilarga asarni o‘qishdan avvalgi va keyingi javoblarini taqqoslash, asar haqidagi fikrlarni umumlashtirishni talab qiluvchi, qahramonlar va voqealarga baho berishga yo’naltirilgan savollar, topshiriqlar beriladi.     


Adabiyot darslarida bolalar endi badiiy tahlil asoslarini o‘rganishadi

O’quvchilarga adabiyotni o’qitishdan maqsad ularni mustaqil ravishda badiiy asarlarni tushunib tahlil qilishga o’rgatishdir. Shu maqsadda bolalarga dastlabki adabiyot darslaridanoq asarlarni nimalarga ko’ra tahlil qilish kerakligi ma’lumot va topshiriqlar asosida o’rgatib boriladi.

Darslikdan berilgan har bir asardan keyin badiiy asar tahlili qonuniyatlaridan biri haqida ma’lumot berilgan. Masalan, “O‘g‘ri” hikoyasidan keyin yozuvchining asosiy ish quroli so’z ekanligi, asarda ishlatilgan so’zlar, ifodalar, maqol va iboralar orqali yozuvchi o’z g’oyalarini qanday ifodalashi haqida aytib o’tilgan va shunga mos topshiriqlar berilgan. Odil Yoqubovning “Yaxshilik” hikoyasidan keyin esa muallif o’z asaridafoydalanadigan o’xshatishlar haqida ma’lumot va misollar keltirilgan. Bu esa o’quvchiga mutolaa davomida ishlatilgan ifoda, ibora, maqollarga e’tiborli bo’lish, o’xshatish orqali ifodalangan o’rinlarni tushunishga turtki bo’ladi.

 

Yangi Adabiyot darsligida asar mazmunini ochib beruvchi savol va topshiriqlardan tashqari turli ko’nikmalarni shakllantirish uchun deyarli har bir darsda jadval bilan ishlashga ham murojaat qilinadi.

6-sinf Adabiyot darsligidagi Lengston Hyuz qalamiga mansub “Rahmat sizga xonim” asaridan so’ng berilgan jadvalda qahramonlar xarakterini ko’rsatishda muallif qanday vositalardan foydalanganini jadvalni to’ldirish orqali o’rganib mustahkamlab oladi. Yoki Hojiakbar Shayxovning “birinchi sinov”fantastic hikoyasidan keyin o’quvchilar Ilmiy-fantastik asarlarga xos jihatlarni sanashlari va bu jihatlarga hikoyadan misollar keltirishlari kerak bo’ladi.

 

Har bir mutolaadan keyin loyiha ishlari berilgan

Adabiyot darsligida har bir darsdan keyin o’quvchilarga mustaqil ishlashlari uchun loyiha ishlari kiritilgan. Misol uchun 6-sinf Adabiyot darsligida Rey Bredberining “Bir kunlik yoz” hikoyasidan keyin “men qanday inson bo’lishni istayman” piramidasini to’ldirish loyiha ishi sifatida berilgan. Bu piramidani o’quvchilar ular o’zlarini qanday inson sifatida ko’rishni xohlashlari, Atrofidagilar ularni qanday inson sifatida ko’rishni istashlari va buning uchun nimalar qilishlari kerakligi asosida to’ldiradilar. Bunday topshiriqlar o’quvchilarning shaxsiyati shakllanishiga, o’z-o’zini baholash ko’nikmasi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Darslikka mustaqil o’qish uchun badiiy asarlar kiritilgan

Yangi Adabiyot darsliklariga har bir darsdan keyin mustaqil o’qish uchun biror badiiy asardan parcha keltirilgan va o’quvchilar bu asarni to’liq o’qib chiqishlari uchun asarning to’liq shakli QR kod orqali kitobga joylashtirilgan. Bu o’quvchilarda mustaqil ravishda badiiy asar o’qish ko’nikmasini shakllantiradi.

 

O’quvchilarda badiiy asarlar asosida ishlangan kino va ushbu asarni taqqoslash ko’nikmasi shakllantiriladi

Darslikka kiritilgan asarlar asosida kinolar ishlangan yoki Spektakllar sahnalashtirilgan bo’lsa darslikka ushbu film yoki spektakldan rasmlar, ma’lumotlar ham berib o’tilgan. Asarni o’qigan o’quvchi albatta u asosida ishlangan filmga ham qiziqib, tomosha qiladi. Va o’quvchida badiiy asar va u asosida ishlangan filmni taqqoslash, kin ova asar o’rtasidagi farqlarni aniqlash ko’nikmasi shakllanadi.


 Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram



Report Page