54 nafar xodimlar huquqlari tiklandi.
Kosonsoy tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi A.SaidahmadxonovKosonsoy tuman adliya bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-sonli qarori ijrosi bo`yicha o`tkazilgan monitoring natijalariga ko`ra, tumandagi umumta`lim maktablarida ishlab kelayotgan 54 nafar kadrlar bo`yicha menejerlarning 2020-2021 yillarda shtatlar jadvaliga muvofiq 5-razryad bo‘yicha, oylik ish haqlari hisoblanib to‘lab kelinganligi aniqlandi.
Vaholanki, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryad”ga ko‘ra oliy ma’lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlarga 7-razryad, oliy ma’lumotli bo‘lmagan mutaxassislar va inspektorlarga esa 6-razryad bo‘yicha ish haqi to‘lanishi lozimligi belgilangan.
Tuman xalq ta’limi bo‘limi va umumta’lim maktablarining mansabdor shaxslari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-sonli qarori talablari qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida, 54 nafar xodimlarga 111 mln. so`m oylik maosh kam to‘lab berilgan.
Mazkur holat yuzasidan 54 nafar xodimlarning manfaatini ko`zlab fuqarolik sudiga ariza kiritilib xodimlarning 111 mln. so`m ish haqlarini undirish yuzasidan sud buyrug'i qabul qilinishiga erishildi.
Kosonsoy tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi A.Saidahmadxonov