5-SHO‘BA: “YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI KUTUBXONALARI: MAHALLA VA XUSUSIY KUTUBXONALAR FAOLIYATINING YO‘LGA QO‘YILISHI”

5-SHO‘BA: “YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI KUTUBXONALARI: MAHALLA VA XUSUSIY KUTUBXONALAR FAOLIYATINING YO‘LGA QO‘YILISHI”

https://t.me/natlibuz

2024-yil 17-may kuni Jizzax viloyati axborot-kutubxona markazi ma’naviy-ma’rifiy oʻquv zalida “Yangi O‘zbekistonning yangi kutubxonalari: mahalla va xususiy kutubxonalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi” mavzusiga bag‘ishlangan sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 5-sho‘ba yig‘ilishini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Alimardon Raxmonov va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Ilmiy kotibi Qobiljon Tursunovlar olib bordilar.

Sho‘ba yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Nashriyot-matbaa va kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Alimardon Raxmonovning “Mahallalarda kutubxonalarni tashkil etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari“, Xorazm viloyati Urganch shahar Yoshlar kutubxonasi rahbari Quvondiq Abdullayevning “Zamonaviy yoshlar kutubxonasi”, Rossiya davlat kutubxonasi Axborot jamiyatida kutubxonalar rivojlanishi muammolarini o‘rganish markazining bosh kutubxonachisi Mariya Neryuevaning (onlayn) “Kutubxonalar faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash: Rossiya davlat kutubxonasi tajribasida”, Xorazm viloyati Xiva tuman axborot- kutubxona markazi direktori Malohat Ro‘zmetovaning “Mahalla kutubxonalarining rivojlanish istiqbollari: Xorazm viloyati tajribasidan”, Namangan viloyati Norin tumani Marg‘izor MFY muazzini, temirchi tadbirkor  Madaminbek Abdullayevning “Kutubxona – ziyo maskani (Namangan viloyati Norin tumani Xalq kutubxonasi faoliyatidan)”,      Andijon viloyati AKM direktori Gulnora Ismailova  ning “Ma’rifatga baxshida umr (Shaxsiy kutubxona tashabbuskori Nabijon Uraimov faoliyatidan)”,  Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori  Hafiza Karimovaning “Mahalla kutubxonasi maʼnaviyat va maʼrifat oʻchogʻi (Toshkent shahar Olmazor tumani Quyosh mahallasi kutubxonasi faoliyatidan)” mavzusida ma'ruzalari tinglandi.

Ma'ruzalar so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, sho‘ba moderatorlarining xulosasi tinglandi va eng yaxshi ma’ruzachi aniqlandi. 

  





Report Page