4-sektor tashabbusi bilan chekka hududlarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda

4-sektor tashabbusi bilan chekka hududlarda tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda


Aholini sifatli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida chekka-chekka hududlarda viloyat 4-sektor tashabbusi bilan sifatli tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib kelinmoqda.

Qorako‘l tumani sektor hududiga qarashli “Shakarbek” mahalla fuqarolari yig‘inidagi 36-maktabda tashkil etilgan tibbiy ko‘rikda 150 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan fuqarolar, kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar sifatli ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikka tashrif buyuruvchilar shu yerning o‘zida UZD va EKG hamda qon analiz tekshiruvlardan o‘tkazildi.

Bunda malakali endokrinolog, nevropatolog, xirurg, revmatologlar va boshqa tibbiyot mutaxassislari fuqarolarni birma-bir tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Shu kuni 50 nafardan ortiq fuqarolarga ambulator ko‘rsatmalar berildi hamda 8 nafar fuqarolarga tuman tibbiyot birlashmasida davolanish uchun yo‘llanma hamda 1 nafar fuqaroga respublika shifoxonasida davolanish uchun tavsiya berildi.

Uyda shifokor tavsiyasi bilan davollanayotgan bemorlar holidan xabar olinib ularga tibbiy maslahatlar berildi.

 

Buxoro viloyati DSB

Matbuot xizmati.


Report Page