4-SHO‘BA: “KUTUBXONA MENEJMENTI UCHUN KADRLAR TAYYORLASHNING DOLZARB VAZIFALARI”

4-SHO‘BA: “KUTUBXONA MENEJMENTI UCHUN KADRLAR TAYYORLASHNING DOLZARB VAZIFALARI”

https://t.me/natlibuz

2024-yil 17-may kuni Jizzax viloyati Sambhram Universiteti majlislar zalida 4-sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. “Kutubxona menejmenti uchun kadrlar tayyorlashning dolzarb vazifalari” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur yig‘ilishda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sherbek Normatov va Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi bo‘lim boshlig‘i Zulfiya Zaxidovalar raislik qildilar.

Sho‘ba yig‘ilishida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti axborot-resurs markazi direktori Mavjuda Husenovaning “Kutubxonalarda tezkor axborot almashinuvining korporativ tizimlari”, O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti, pedagogika fanlari nomzodi G‘ulom Narzullayevning (onlayn) “Axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini masofadan turib malakasini oshirish, kasbga qayta tayyorlashning dolzarb masalalari”,  Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi direktori o‘rinbosari Lola Ergashevaning “Kelajakka nazar. Tibbiy qidiruv tizimini yaratish TESSERACT GNMB”, O‘zDSMI “Kutubxonashunoslik” kafedrasining dotsenti, falsafa fanlari nomzodi O‘ktam Nosirovning (onlayn) “Yangi O‘zbekistonda kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiy vazifalari”, Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi Ilmiy tibbiy axborot bo‘limi bosh kutubxonachisi Yekaterina Ergashevaning “Elektron ma’lumotlar bazalari bilan ishlash. Kutubxonalarda sun’iy intellekt”, O‘zbekiston Milliy kutubxonasining Qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari Abodboy Qilichboyevning “Axborot-kutubxona muassasalaridagi muammolar va ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning tahlili”, Namangan muhandislik-qurilish instituti ARM direktori Ozoda Mamadaliyeva va Namangan muhandislik-qurilish instituti ARM 1-toifali kutubxonachisi Muyassarxon Madraximovalarning “Zamonaviy elektron kutubxonalar tashkil etishning ahamiyati”, Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi ilmiy bibliografiya bo‘limi mudiri Liana Aflyatunovaning “Tibbiy elektron katalogdan tibbiy elektron kutubxonaga: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy kutubxonasining yangi imkoniyatlari”, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Axborot va kutubxona tizimlari” kafedrasi ilmiy xodimi Nodira Usmanovaning (onlayn) “Sun’iy intellekt davrida mediasavodxonlik: axborot navigatsiyasi kaliti “, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati yetakchi mutaxassisi Iskandar Rahmatullayevning “Bibliometrik havolalar tizimi. Ilmiy ishlardagi o‘rni va ahamiyati”, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kutubxonashunoslik” kafedrasi mudiri Muborak Hakimovaning (onlayn) “Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxona-axborot muassasasi xodimlarining roli”, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati bosh mutaxassisi Husniya Boysunovaning “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktaranti Diyora Talipovaning “Axborot-kutubxona markazlari vebsaytlarini baholashning vebometrik koʻrsatkichlari”, Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi ilmiy bibliografiya bo‘limi mudiri Liana Aflyatunovaning “Tibbiy elektron katalogdan tibbiy elektron kutubxonaga: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat ilmiy kutubxonasining yangi imkoniyatlari “, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti “Kutubxonashunoslik” kafedrasi oʻqituvchisi Zebiniso Abduganiyeva va Oʻzbekiston davlat sanʻ at va madaniyat instituti kutubxona-resurs markazi direktori Raʻno Tajibayevalarning “Zamonaviy va malakali kutubxonachilar tayyorlash tizimining asoslari” mavzusida ma'ruzalari tinglandi.

Ma'ruzalar so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, sho‘ba moderatorlarining xulosasi tinglandi va eng yaxshi ma’ruzachi aniqlandi.



Report Page