№4 HTML dars — Namoyon qilish teglari: sub, sup, b, i, em, strong, small, big, s, strike, del, ins
www.dasturim.uzMaqola bir necha kichik teglarga bag‘ishlanadi, bu teglarning attributlari ham manimcha yo‘q.
Bu teglarni umumiy qilib, namoyon qilish teglari(taqdim etish) deyiladi, chunki biz kiritayotgan matnda har xil yozuvlar(katta, kichik, qiyshiq) bo‘lishi mumkin, bu yozuvlarni har xil ko‘rinishda ekranga chiqarish lozim bo‘ladi.
Bulardan asosan katta hajmdagi matnlarni, veb sahifaga kiritganimizda foydalanamiz. Demak, dastlab misol keltiraman, keyin har birini ko‘rib chiqamiz.
<html>
<head> <title>ManchesterUnited</title><head>
<body text="black" bgcolor="pink">
<b>Wikipedia</b> sayti foydalanuvchilar tomonidan yuboriladigan maqolalarni toplab,<br>
birlashtirib, ommaga taqdim etadigan <strong>saytdir</strong>. Agar siz qidiruv saytlari <br>
orqali biror nima qidirsangiz, albatta <big> wikipedia</big> saytiga duch kelasiz <br>
va eng <small>toliq</small> malumotni shu yerdan qidirib topasiz.<br><br>
Bu yozuv <sub>sub</sub> tegi bilan yozilgan, bunisi esa <sup>sup</sup> tegi bilan.<br><br>
Endi yozuvlarni <u>tegiga</u> <ins>chizamiz</ins> va <i>qiyshiq</i> <em>yozamiz</em>.<br>
<h4>1.Yozuvlarni <s>ustiga</s> chizish <br></h4>
<h4>2.Yozuvlarni <strike>ustiga</strike> chizish <br></h4>
<h4>3.Yozuvlarni <del>ustiga</del> chizish </h4>
</body>
</html>
O‘rganilmagan teglar quyidagilar:
1. <b>…</b> — teg ichidagi yozuv qalin shrifda yoziladi.
1. <strong>…</strong> — matndagi yozuvlarni to‘q qilib yozishda ishlatiladi(<b> tegiga yordamchi).
2. <big>…</big> — odatdagi yozuvga nisbatan kattaroq yozish uchun ishlatiladi.
4. <small>…</small> — yozuvlar odatdagi ko‘rinishdan sal kichikroq bo‘ladi.
5. <sub>…</sub> — indekslar yozish uchun ishlatiladi. Bu teg ichidagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan kichikroq va pastroqda joylashadi.
6. <sup>…</sup> — asosan biror sonning darajasini yozishda foydalaniladi. Teg ichidagi yozuvlar kichikroq va yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi.
7. <u>…</u>, <ins>…</ins> — bu teglar yozuvni tagiga chizadi.
8. <i>…</i>, <em>…</em> — teg ichidagi yozuv qiyshiqroq yoziladi(курсивный).
9. <s>…</s>, <strike>…</strike>, <del>…</del> — barchasi yozuvni ustiga chizish uchun ishlatiladi.
Teglar bilan tanishib chiqdingiz, endi yuqoridagi kodni brauzerda ochilgan natijasini ko‘ramiz.

Hamma teglar o‘z vazifasini bajarmoqda, mening fikrimcha savollarga o‘rin yo‘q.