3x3x3 Kubik rubik terishni o'rganamiz.

3x3x3 Kubik rubik terishni o'rganamiz.

Kamol To'xtayev

Ko`pchilik uchun butunlay ilojsiz ko`rinadigan kubik-rubikni yig`ish unchalik mushkul vazifa emas aslida. Bir necha marta terib ko`rilgach, uni sexrliligi ham yo`qolib, oddiy o`yinchoqqa aylana boshlaydi, biroq qiziqarli bo`lib qolaveradi.

Ommabopligi bo`yicha hamon dunyo mahsulotlari ichida iPhone va Harry Potter kitoblar seriyasini ortda qoldirib, best-seller bo`lib kelayotgan ushbu o`yinchoq vengriyalik arxitektor Ernő Rubik tomonidan kashf etilgan. Kashf etilgan deyish ham biroz noto`g`ri. Sababi kubik-rubik aslida “kubik-rubik” yasash maqsadida emas, balki Rubik o`z studentlariga 3D jismlarni tushuntirishda qulaylik yaratuvchi asbob sifatida tuzib chiqilgandi dastlab. Keyinchalik, 1975-yilda Rubik kubigi patentga ega bo`ladi va asboblikdan o`yinchoqlikka aylanadi.

Kubikni yig`ish uchun ko`p narsa talab etilmaydi. Bitta kubik-rubik va mustahkam asabni o`zi yetadi boshlanishiga.

Hozirga qadar uni yig`ish borasida 20 dan ortiq qo`llanmalar yaratilgan. Boshlanishiga shu kabi qo`llanmalardan yoki videolardan foydalanib o`rganilsa, keyinchalik qaysi vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini miyani o`zi bajara oladigan bo`lib ketadi. Yoki mana bu  shaxsan o'zim tuzib chiqqan algoritmni tafsiya etaman.

2003-yildan boshlab Jahon kubok assotsatsiyasi tomonidan har ikki yilda jahonning eng kuchli rubikerlari ishtirokida kubik-rubik bo`yicha Jahon chempionati o`tkazib kelinadi. Va aynan ana shu yildan boshlab bu borada ham jahon rekordlari alohida qayd etib kelinmoqda. 

Amaldagi jahon rekordi 5.55(!) soniyaga teng. (Shaxsiy rekordimdan 25 soniya yaxshiroq ko`rsatkich :)) Rekord qayd etilganiga ham ko`p bo`lgani yo`q – avvalgi rekord (6.24 soniya) shu yilning mart oyida Belgiyadadagi turnirda gollandiyalik Mats Valk tomonidan yangilandi.

Chempionatlar odatda juda qisqa vaqt oralig`ida bo`lib o`tadi. Ko`pincha 2 kundan oshmaydi. Chempionatda istagan ko`ngilli (siz ham) hech qanday to`lovlarsiz ishtirok etishi(ngiz) mumkin. 

Xullas, qiziqing, qiziqishga arziydigan narsa. Yaqinlaringizga ham ulashing, kitobdan keyin eng ommabop sovg`a bo`lib qolaveradigan narsa. Bejizga "Magic cube" deyilmaydi. Haqiqatdan shunaqa narsa. 

Agarda sizda qandaydur taklif, kamchiliklar yoki qiyinchiliklar yuzaga kelsa bemalol menga murojaat qilishingiz mumkin.

Qo'llanmani yuklash uchun manzil: http://iff.uz/Cube-Rube-Ins-by-CON.docx

Report Page