3D Olamiga Kirish
Azizbek FayzullaevAssalamu alaykum!
Quyida sizning 3D olamiga eng yengil, eng arzon va iloji boricha tekin yoʻl bilan kirishingiz uchun shaxsiy tajribamdan kelib chiqib tuzilgan qoʻllanma bilan boʻlishaman.
ChatGPT – eng kuchli yordamchi
Bugungi kunda yangi kasb egallashda eng qulay instrument — bu, albatta, ChatGPT. Hozircha eng optimal tarif sifatida ChatGPT Go (oyiga 6$) ni tavsiya qilaman. Imkoniyatlari keng, cheklovlari deyarli yoʻq.
1. Avvalo, o'zingizga savol bering: “Nega 3D?”
3D modellingga kirishda eng katta xato — kimningdir muvaffaqiyatidan ruhlanib, shoshma-shosharlikda qaror qabul qilish. Sizda haqiqiy qiziqish bormi, yo'qmi — avval shuni aniqlab olish kerak.
Buni qanday bilasiz?
- YouTube’da 3D modeling jarayonlarini tomosha qiling.
- Jarayon sizni o‘ziga tortayaptimi? Yo'qmi — mana shu eng asosiy signal.
- Agar yoqsa — programmani biror tanishingizning kompyuteriga oʻrnatib, 2–3 kun sinab koʻring.
- ❗️ Kompyuteringiz bo'lmasa, shoshilib yangi kompyuter sotib olmang.
- Avval sinab koʻring — balki sizda bu sohaga sabr yetmasligi ham mumkin.
8 yillik tajribam va 20 dan ortiq shogirdimdan kelib chiqib aytaman:
Ko‘pchilikning sabri yetmaydi. Shu sabab avval pul tikish emas, sinov bo‘lishi shart.
2. Xo‘sh, hammasi yoqdi. Endi nima qilamiz?
Kompyuter masalasi
Endi sizda birinchi savol paydo bo‘ladi:
“Qanaqa kompyuter olish kerak?”
Bu yerda sizga yana ChatGPT eng yaxshi yordamchi bo‘ladi. Yo‘nalishingiz va budjetingizni aytasiz — u sizga optimal konfiguratsiyani yig‘ib beradi.
3. Programma o‘rnatish
Kompyuter masalasi hal bo‘lgach, navbat dasturlarga keladi.
Buning uchun telegramdagi @soft_cloud3d kanali juda qo‘l keladi — kerakli programmalarni o‘rnatib olasiz.
4. Qayerdan bepul o‘rganaman?
Endi asosiy qism — fundamental bilim olish. Quyida siz uchun eng yaxshi bepul manbalarni jamladim. Ularni birma-bir ko‘rib, o‘zingizga yoqqan uslubda o‘rganishingiz mumkin.
O‘zbek tilida:
- Rustam Pulatov — boshlang‘ichdan mutaxassis darajasigacha o‘rganish mumkin
- https://www.youtube.com/@Pulatov3D/videos
- Abdulloh Inagamov — juda sodda va tushunarli darslar
- https://www.youtube.com/@Inagamov3D/videos
- Kamoliddin Sharipov — amaliy va foydali kontent
- https://www.youtube.com/@KamoliddinSharipov_cg/videos
Rus tilida:
- Alex Happy — qisqa, ketma-ket va juda tushunarli darslar. Boshlang‘ich darslari bepul.
- https://happy3d.ru
- Ilya Izotov — interyer vizualizatsiya yo‘nalishiga kirayotganlar uchun eng yaxshi online maktab boshlang'ich darslar bepul
- https://vk.com/club150709842
Xulosa
Agar yuqoridagi bepul manbalarni o‘rganishga sabringiz yetib, bu sohani haqiqatan yoqtirib qolsangiz — demak 3D sizniki. Keyinchalik deyarli barcha ustozlarning pullik kurslari ham bor, o‘zingizga yoqqanini tanlab davom ettirishingiz mumkin.
Sizni 3D olamida omad va kuchli motivatsiya tark etmasin!
Savollaringiz bo‘lsa, bemalol yozing @Azizbekcgbot — albatta yordam beraman. 😊
3d modelling va 3d model savdosi bo'yicha ko'proq ma'lumot olsh uchun obuna bo'ling: T.me/Azizbekcgblog