300 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini muomalaga kiritmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

300 kgdan ortiq giyohvandlik vositalarini muomalaga kiritmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyati hududida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida viloyat IIBB tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan “Zarbdor” maxsus tezkor-profilaktika oyligi oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Jumladan, tadbirning oʻtgan davri mobaynida, giyohvandlik yoʻnalishi boʻyicha jami 135 ta jinoyat fosh etilib, natijada 100 ga yaqin shaxs ushlangan va ulardan 70 kg 551 gr giyohvandlik vositasi olingan. 

IIBB Axborot xizmati

Yil boshidan esa giyohvandlikka chek qoʻyish borasida 1 186 holat fosh etilib, 1 000 dan ortiq shaxslar javobgarlikka tortildi. Ular va ularning yashash xonadonlaridan jami 310 kg turli xil va koʻrinishdagi giyohvandlik vositalari aniqlanib, muomalaga kiritilishining oldi olingan.

IIBB Axborot xizmati

Xususan, “Zarbdor”oyligi doirasida kecha 14 noyabr kuni Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan “Bahor” bogʻdorchilik-uzumchilik shirkati 6-koʻchasida yashovchi fuqaro (1979 y.t. N.B.)ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan. 

IIBB Axborot xizmati

Tadbirda xonadonga quritish maqsadida saqlanayorgan, vazni 17 kg 250 gr boʻlgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Hozirda mazkur holat va boshqalari yuzasidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati




Report Page