30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlar

Kamol To'xtayev

So’z qudrati cheksiz. Shunday so’zlar borki, kishi qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ba’zilari bizni hafa qiladi, hayotdan ko’nglimizni qoldiradi. Shunday kuchga ega so’zlar ham borki, ular insonlarni kurashga, rivojlanishga undaydi. Quyida turli internet saytlaridan o’qigan, o’zimga juda yoqqan 30 ta eng ruhlantiruvchi hikmatli so’zlarni Siz bilan baham ko’rmoqchiman. 

1. «Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan». — Andrew Hendrixson 

2. «Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang». — Coco Chanel 

3. «Yaratuvchanlik – bu aqlning vaqtichog’lik qilishidir». — Albert Einstein 

4. «Optimizm muvaffaqiyat va baxtga boshqa har qanday sifatdan yaqinroq turadi». — Brian Tracy 

5. «Har doim ko’zingizni ochib yuring. Kuzating. Chunki Siz ko’radigan har qanday narsa Sizni ruhlantirishi mumkin». — Grace Coddington 

6. «Maqsadga erishib oladigan narsangizdan maqsadga erishib yetishadigan darajangiz muhimroqdir». — Henry David Thoreau 

7. «Agar reja ish bermasa, rejani o’zgartiring. Ammo maqsadni o’zgartirmang». — Muallifi Noma’lum 

8. «Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman». — Abraham Lincoln 

9. «Bir xil yilni 75 marta yashab qo’yib uni umr deb atamang». — Robin Sharma 

10. «Siz odamlarni qutqara olmaysiz. Siz ularni faqat sevishingiz mumkin». — Anaïs Nin 

11. «Nuh kema qurayotganda yomg’ir yog’mayotgan edi». — Howard Ruff 

12. «Orzularingizga jiddiy qarang». — Muallifi Noma’lum 

13. «Baxt sari yo’l yo’q. Baxtni o’zi yo’ldir». — Thich Nhat Hanh 

14. «Jahlni ichga yutish zahar ichib olib boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir». — Budda 

15. «Chempionlar g’olib bo’lishmagunicha o’ynashni davom ettirishadi». — Billie Jean King 

16. «Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz». — Shahir Zag 

17. «Donishmandlik 1% ilhomlanish va 99% harakatga bog’liq». — Thomas Edison 

18. «Qulay hududingiz juda yaxshi, ammo u yerdan hech qanday hosil ola olmaysiz». — Muallifi Noma’lum 

19. «Siz o’zingiz dunyoda ko’rishni istagan o’zgarish bo’la olishingiz kerak». — Mahatma Gandhi 

20. «Og’riqni vaqtincha karaxt qilib qo’yish oxirida baribir his qiladigan haqiqiy og’rig’ingizni kuchaytiradi». — Albus Dumbledore 

21. «Ishni jo’shqinlik bilan bajaring, yoki umuman bajarmang». — Rosa Nouchette Carey 

22. «Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas». — Albert Einstein 

23. «Siz ko’proq suv quyadigan joyda maysa yashilroq bo’lib o’sadi». — Neil Barringham 

24. «Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi». — Earl Nightingale 

25. «Balki keyingi boradigan joyingiz qayerligi haqida o’ylashdan ko’ra o’zingiz ketishni istamaydigan joyni yaratarsiz». — Seth Godin 

26. «Agar bajarishdan qo’rqsangiz, demak bu ishni bajarishga albatta urinib ko’rishingiz kerak!» — Seth Godin 

27. «Ba’zan g’alaba qozonasiz, ba’zan esa saboq olasiz». — John Maxwell 

28. «Talablaringiz juda yuqori ekanligidan afsuslanman. Siz bilan bo’lishni chindan xohlagan kishilar albatta bu talablarni qanoatlantirishadi». — Ziad K. Abdelnour 

29. «Men hech qachon muvaffaqiyatni orzu qilmadim. Men unga erishish uchun mehnat qildim». — Estee Lauder 

30. «Xatoliklardan qo’rqish rivojlanishdan qo’rqish demakdir». — Estee Lauder 

Endi esa mening eng sevimli ruhlantiruvchi hikmatli so’zimni o’qiysiz. Aslida bu so’zlar Rocky VI filmidan olingan. Ularni o’qishdan avval filmning shu so’zlar aytilgan parchasini ko’ring: 

Nihoyat, Rocky filmidan olingan so’zlar: 

«Kel, men senga o’zing bilgan bitta narsani aytay. Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas, u juda yomon va rasvo joy. Qanchalik kuchli ekanligingning ahamiyati yo’q, u seni urib tiz cho’ktiradi va qarshilik qilmasang abadiy tiz cho’kkan holingda saqlab turadi. Sen, men yoki boshqa hech kim hayot urganchalik qattiq urolmaydi! Gap sening qanchalik qattiq ura olishingda emas, qanchalik qattiq urishganda harakatni davom ettira olishingda, qanchalik zarbalarni olib… yo’lingda davom eta olishingda. G’alabaga mana shu yo’l bilan erishiladi! Agar o’zing nimaga arzishingni bilsang bor va o’zing arziydigan narsani qo’lga kirit! Ammo sen zarbalarni olishga tayyor bo’lishing kerak va zarba yeganda u tufayli shunday bo’ldi, bu tufayli shunday bo’ldi deb boshqalarga barmoq o’qtalmasliging kerak. Qo’rqoqlar shunday qiladi va sen qo’rqoq emassan! Sen ulardan yaxshiroqsan!» 

MANBA: AZAMAT.UZ

Report Page